Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qissai Rabg`o`ziy» asarining tili, xususiyati.
- «Qissai Yusuf» dostonining til xususiyatlari.
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev.
- 4. G`.Abduraxmanov., Shukurov Sh.
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aliev A., Sadiqov Q.
- -43- XIV asr oxiri va XVII asr o`zbek adabiy tili REJA
-38- Teyu-deb, sayrayu shaxdin shaxg`a qoiar, Dostlar, istayu boldы, aning sadыqlarы. Eski uyg`ur tili va XIV asr yodgorliklarida keng tarqalgan sifatdosh yasovchi shakl –yur «Devoni hikmat»da juda oz ishlatiladi. Masalan: Sayrayur bechora bulbul. Sharqiy adabiy tilda qo`llanuvchi hozirgi kelasi zamon fe`l shakli –g`u. Yassaviy hikmatlarida ko`p ishlatiladi: Zari qilsang banda devan surg`um mano, Shafi olub shafaatnы qыlg`um ozum. Hikmatlar tilida sifatdoshlarning –mish affiksi bilan yasalgan turlari ham uchraydi: bilmishlar, olmishlar, kyarmisham, yurmishlar kabilar. Bu shakl eski uyg`ur an`anasi asosida yoki keyinchalik janubiy-g`arbiy tillarning ta`sirida hikmatlar tiliga kirib qolgan taxmin bor. Hikmatlar tiliga leksik nuqtai nazardan yondoshilganda ham arxaik so`zlar unchalik kyap emas. Masalan: qayu-qaysi, qamug-hamma, ilik-ilk, ay-aytmoq, arыg`-toza, uchmaq-jannat, idi- xudo, yazuq-gunoq, nuchuk-qanday. Devonda qayta-qayta takrorlanib kelgan arsh, vahdaniyat, gunah, dozah, yazuq, zikir, maxshar, axirat, ayat, pir, sirat, subhan, fana, xalik, qiyamat, g`ayb, xadis, haq kabi bevosita dinga va tasavvufga doir so`z qanday va atamalarning juda ko`p ishlatilishi «Devoni hikmat» tili uchun xos bo`lgan xususiyatdir. «Qissai Rabg`o`ziy» asarining tili, xususiyati. Rabg`o`ziy XIII asrning oxiri va XIV asrning boshlarida yashagan. Uning bizgacha etib kelgan asari «Qissai Rabg`o`ziy»dir. Bu asar o`sha davr tilini o`rganish uchun muhimi manbalaridan biri hisoblanadi. Asardagi 72 qissani muallif «Qur`on» va boshqa diniy kitobdagi syujetlar asosida yaratgan. «Qissai Rabg`o`ziy» asari fonetik jihatdan o`z dialektining kamayib, y dialektning ustunlashgan davriga to`g`ri keladi. Umuman, har ikkalasi birga qo`llanadi. Masalan, idim-izim (janob, xudo) shaklida kelishini uchratamiz. Morfologik jihatdan «Qissai Rabg`o`ziy» asarida qaratqich kelishigi -nыng, -nung, yoki – ыng, -ung shakllariga egadir. Masalan: Arabnung adati bar. Ul eling evlani. Tushum kelishigi –ni, -n affikslaridir. Masalan: Qo`lin uzatdi. Jo`nalish kelishigi –ga, -g`a, -qa, -ka, -a kabi affikslarga ega: yaziqa-dalaga, vazыrina, iligina qo`liga, eviqa-uyiga, qavmuqa-xalkiga, ag`zыg`a-og`ziga kabi. Chiqish kelishigi affiksi –dыn, -din tarzida ishlatiladi. Lekin uning fonetik variantlari ham mavjud. Masalan: Men sendыn narsa tilamasman. «Qissai Rabg`o`ziy» da kishilik olmoshlariga chikish kelishigi qo`shimchasi qo`shilishidan oldin qaratqich kelishigi qo`shimchasi qo`shiladi: Bizingdin qachtыng. Sizingdin keding. Jo`nalish kelishigining –g`aru, -garu shakllari uchraydi: tashqaru, qayg`aru (qaerga), engaru (ilgaru) kabi –gacha ma`nosini ifodolovchi tegru, tegi, tegin, teginch, tekmun kabi so`ng ko`makchilar ishlatiladi: Erning ostiga teginch, (erning ostiga), ko`kka tegincha (osmongacha). So`ng ko`makchilardan uchun, beru, kedzu, qatinda so`zlari ham uchraydi: o`n yil beru. Anda kedzin. Asarda ushul, mundog`, andag` kabi ko`rsatish olmoshlari: qayu, qach ayu ersa, kanda, neluk (necha) kabi so`roq olmoshlari: o`z, qandu kabi o`zlik olmoshlari uchraydi. Jamlovchi sonlar –agu affiksi bilan (sifatdosh: -duk, -g`, -g`an, -mish) tartib sonlar –inch affiksi bilan yasalgan: ikagu, uchagu, birinch, ikinch kabi. Ravishdosh –ibin affiksi bilan, sifatdosh: -duk, -g`an, -g`, -mish affikslari bilan hosil etilgan. «Turur» gapning kesimi vazifasida kelgan: Bo`lgulik ish tururyu –g`ay, -gay affikslari yordamida kelasi zamon fe`llari yasalgan: olg`ay, bo`lg`ay kabi. Kelasi zamon aniq fe`li yasash uchun –gusi, -g`usi va –asi affikslari qo`llangan: mana na jazo bergusidir. -39- Hozirgi kelasi zamon fe`lining birinchi shaxs ko`plik affiksi –miz orqali tuslanish bilan birga, o`g`uz tilining unsuri hisoblangan –uz (-iz) affiksi bilan ham tuslanadi. Masalan: Bu uch nasina ana arg`uman apparsauz gerek erdi. O`tgan zamon fe`lining shakllari juda kam qo`llangan. Bu fe`lning birinchi shaxs ko`pligi bir necha o`rindagina mavjud. Masalan: turduk, kelduk, barduq. «Qissai Yusuf» dostonining til xususiyatlari. Yusuf va Zulayxo haqidagi diniy-afsonaviy syujetin Ali ijodiy qayta ishlagan. Dostonni o`g`uz dialekti xususiyatlari ustun bo`lgan adabiy tilda yozgan. Professor M.Brokell`man dostonning til xususiyatlari haqida gapirib, undan 198 ta so`z oladi va shundan 73 tasi turkcha, 63 tasi turkistoncha va uyg`urcha, 10 tasi tatarcha ekanligini ko`rsatadi. Brokkel`man «Qissai Yusuf» leksikasini quyidagicha guruhlaydi: 5. Sharqiy Turkiston va uyg`urcha so`zlar. 6. Turkcha va tatarcha so`zlar. 7. Turkcha, tatarcha va qrm-tatarcha so`zlar. 8. Sof turkcha so`zlar. «Qissai Yusuf»da sof turkcha hisoblangan alqыshla so`zini keltiradi. Bu so`z boshqa turkiy tillarda ham bor: turkmancha alqыshlamoq, ozaboyjoncha al chayalыb-alqыshlamoq, o`zbekcha olqыshlamoq, uyg`urcha alqыs kabi. «Qissai Yusuf» tilidagi uchrovchi so`zlarni qiyoslash asosida, «Qissai Yusuf» usmonli turk tilining yodgorligi emas, balki uning kelib chiqish tarixi ildizlarini O`rta Osiyodan axtarish kerak degan xulosaga olib keladi. Doston tilidagi Sharqiy Turkiston tiliga xos morfologik unsurlar ham bu fikrni isbotlaydi. «Qissai Yusuf» da qurol-vosita kelishigi qo`shimchasi –n (alыn-qo`lini) jo`nalish kelishigi qo`shimchasi –ga, -a: qaratqыch kelishigi qo`shimchasi –ning (-ning, -ing), -in tarzida uchraydi. Ravishdosh –a, -u, -o`, -i affikslari orqali yasaladi: sevə vergil, achə vergil, yashnayu kabi. –u affiksi bilan yasalgan ravishdoshdan inkor shaklini hosil qilish mumkin: kelumadi (kela olmadi). «Qissai Yusuf»da harakat nomlari –g`u, -qu affikslari orqali hosil qilingan: qachquchы. Qissa tilida birla, ila, bikin, taba, qat kabi so`ng ko`makchilar ham uchraydi. Umuman XII-XIII asr yozma yodgorliklari hisoblangan yuqoridagi devon, qissa va dostonlar o`z davridagi eski o`zbek tilining taraqqiyini o`rganishimizda muhim manbalar hisoblanadi. A.Yassaviyning «Devoni hikmat»ning tili qarluq-xorazm adabiy an`anasiga borib taqaladi. «Qissai Yusuf» afsonasi tilida mavjud bo`lgan janubiy-g`arbiy yoki o`g`uz-turkman tili unsurlari uniO`rta Osiyo xalklarining yodgorligi deyishgna imkon beradi.
3. Kollektiv XIII-XIV asrlar turkiy adabiy yodgorliklar tili. Toshkent, 1986. 4. G`.Abduraxmanov., Shukurov Sh. O`zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 1973.
XI-XIV asrlardagi rasmiy hujjatlar tili va uslubi REJA: 1. XI-XIV asrlardagi yozma yodgorliklar. 2. Rasmiy hujjatlarning til xususiyatlari. A. fonetik B. Leksik V. morfologik xususiyatlari. O`rta Osiyo xalqlarining XIII asrdagi ijtimoiy-madaniy hayoti bevosita mo`g`ullar istilosi va uning oqibatlari bilan bog`liq bo`lgan. Tarixdan ma`lumki, 1218 yilda O`tror shahrida Chingizxonning 450 kishidan iborat 500 tuyalik savdo karvonining talanishi, Chingizxon elchisi va savdogarlarining o`ldirilishi 1219 yilda Chingizxonning O`rta Osiyoga, Xorazmshohlar
-40- davlatiga tobe shaharlarini birin-ketin bosib olinishini tezlashtirgan edi. Bu bosqinchilik urushlari natijasida gullab turgan shaharlar qarobaga aylandi, boy madaniyat va san`at yo`q qilindi, mamlakat xalq xo`jaligi, iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti juda katta talofat ko`rdi, adabiyotning rivojlanishiga ulkan putur etdi. Mahalliy olimlar, yozuvchilar boshpona izlab, boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo`ldilar. Bu voqealar o`sha davr eski o`zbek adabiy tilida yozilgan asarlarda ham o`z izlarini qoldirdi. Mo`g`ul istilosi til taraqqiyotiga salbiy ta`sir qilgan bo`lsa-da, ammo uning rivojlanishini, qo`llanish doirasi kengayishini to`xtata olmadi. Umuman, turkiy xalqlar va turkiy tillar tarixida XIII-XIV asrlar alohida murakkab bir davrni tashkil qiladi. Bu davrda Movarunnaxr, Xorazm va Oltin O`rdada maydonga kelgan asarlar o`zining til xususiyatlari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Bu hodisaga ularning ikki madaniy markazda-sharqiy turkiy va g`arbiy turkiy davlatlar xududida yaratilganligi sabab bo`lgan. Ammo shunga qaramay bu asarlarning hammasida qarluq-chigil-uyg`ur va o`g`uz- qipchoq til birliklarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari o`z ifodasini topgan. Bu esa o`sha davrda juda katta xududda yashagan turkiy qabila va elatlarning bir-biri bilan yaqin munosabatda bo`lganligini, iqtisodiy-madaniy aloqalari rivojlanganligini ko`rsatadi. Eski o`zbek adabiy tili tashkil topgan dastlabki davrlardan boshlab, fonetik, leksik va grammatik jihatdan Qoraxoniylar davrida qarluq-chigil-uyg`ur dialekt guruhi asosida shakllangan sharqiy turkiy adabiy tilga xos barcha asosiy xususiyatlarni o`ziga singdirib olgan edi. Ayni vaqtda bu xususiyatlar esa o`zbek tilida takomilga erishgan, bir qator o`zgarishlarga ham uchragan. Bu o`zgarishlar avvalo adabiy tilda so`z qo`llash jarayonida ochiq ko`rindi. Jonli xalq tiliga xos juda ko`p so`z va iboralar adabiy tilga kirib qoldi, ular asosida ko`plab yangi so`z va yangi tasviriy vositalar yaratildi. Adabiy-badiiy asarlarda tilning soddaligiga, uning ixcham va ravonligiga katta e`tibor berish bilan birga xalq tiliga xos quyma iboralar maqol va hikmatli so`zlardan keng foydalanish asosida obrazlikka, badiiy pishiqlikka erishildi. O`zbek tilining fors- tojik adabiy tili bilan o`zaro munosabati yana ham rivojlandi. Shu asosda o`zbek adabiy tilining umumxalq xususiyati kuchayib bordi. Bu davrda eski o`zbek adabiy tilida yaratilgan eng muhim yodgorliklarga «O`g`uznoma», «Qissai Rabg`o`ziy», «Tafsir», «Yusuf va Zulayxo», «Muxabbatnoma» ta`sirida yaratilgan «Latofatnoma» kabi asarlarini kiritish mumkin. Asarlar tilida o`zbek adabiy tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasiga xos xususiyatlar ochiq ko`zga tashlanadi. Ular o`zbek adabiy tili taraqkiyotining ilk davrlariga tegishli yodgorlik hisoblanadi. Ma`lumki, o`zbek tili uzoq yozuv traditsiyasiga va boy yozma yodgorliklarga ega bo`lgan tillardan biri sanaladi. Uning fonetik va leksik sistemasi hamda grammatik qurilishida yuz bergan o`zgarishlarni aniqlash uchun har bir davrga oid yozma manbalar tilini sinchiklab o`rganish, so`ngra ularning eng muhim xususiyatlarini bir-biriga qiyoslash zarur. Ana shunday tadqiqotlar orqaligina o`zbek tilining ko`p asrlik taraqqiyot tarixini to`g`ri va aniq yoritish mumkin bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda O`zFA til va adabiyot instititutining bir guruh olimlari tomonidan yaratilgan yirik monografiya muhim ahamiyatga egadir. Monografiyada XIII-XIV asrlar davomida O`rta Osiyo va Oltin O`rda xududida yaratilgan yirik asarlar tekshirish ob`ekti qilib olingan. Olimlar to`g`ri ta`kidlaganlaridek, bu yodgorliklar, birinchi navbatda, o`zbek tiliga aloqador bo`lsa ham, lekin ularning til jihatdan faqat o`zbek xalqigagina yozilgan, deb aytilishi bir tomonlama hukm chiqarish bo`ladi, albatta. Shuni hisobga olgan holda ular mazkur asarlarni «turkiy adabiy yodgorliklar»dan degan nom bilan ataydilar hamda «turkiy» so`zini o`sha davrda O`rta Osiyo va Oltin O`rda xududida ish ko`rgan va keyinchalik, birinchi navbatda, o`zbek adabiy tilining shakllanishiga asos bo`lgan adabiy til tushunchasi o`rnida qo`llanganliklarini qayd qilib o`tadilar. XI-XIV asrlarda tuzilgan rasmiy hujjatlar uslubida o`sha davr tiliga xos xususiyatlar o`z ifodasini topgan. X-XIV asrlarga oid rasmiy hujjatlar tilini bayon etishda prof. S.E.Malov nashr qilgan va X-XIII asrlarga tegishli yuridik hujjatlar, O.D.Chexovich nashr etgan XIV asrga oid Buxoro hujjatlari hamda E.R.Tenishev nashr etgan XIII-XIV asrlarga oid xo`jalik yozuvlari yordam beradi.
-41- X-XIII asrlarga tegishli yuridik hujjatlar Turfon vodiysidan topilgan bo`lib, ularda qadimgi uyg`urlarning xo`jalik hayoti yoritilgan. «Uyg`urlarning yuridik hujjatlari»da davlat yuridik atamalarini, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir atamalarni uchratamiz. Masalan: alыm-birim (soliq, to`lov), aramay (gullagan, oy), akip (ekin), alchi (elchi), aniz (haydalgan er), ark-erk arklik (to`la xo`jayinlik) kabilar. «Uyg`urlarning yuridik hujjatlari» deb atalgan yodnomalarda til tuzilishi nuqtai nazardan X-XIII asrlarga oid dalillar, ya`ni qadimgi turkiy til unsurlari mavjud. Lekin o`zbek tili uchun xos bo`lgan bir kancha so`zlarni ham uchratamiz. Masalan: akin (ekin), ilchi (elchi), ark (erk), ish (ish) kabilar. «Yuridik hujjatlar» tili umuman xalq adabiy tiliga yaqin turadi. Bu fikrni faqat leksik faktlargina emas, balki undagi fonetitk, morfologik va sintaktik materiallar ham tasdiqlaydi. «Yuridik hujjatlar» tilida o`sha davrdagi Sharqiy Turkiston tili xususiyatlari o`z ifodasini topgan. Bu tilning leksik va grammatik vositalaridan yuridik ifodalarni aks ettirishda foydalanilgan. «Hujjatlar»da obrazli uslubiy vositalar uchramaydi. Quyidagi parchaga e`tibor bering: Kuksu yыl altunis ay on yanguka mana-kavsuduqa tushqə ko`njit kərgək bo`lup, Il- Təmirtin bir kuni kunjit altum (Sichqon yilining oltinchi oyi o`ninchi yangi kunida menga, ya`ni kavsudga foiz hisobida kunjit kerak bo`lib, el Temirdan bir kuri kunjit, oldim, kuzda ikki kuri kunjit beraman). Keltirilgan parchadan ko`rinib turibdiki, «Hujjatlar» tili bir xil sintaktik qurilmalarga egaligi bilan ham ajralib turadi. XIII-XIV asrlarga oid «xo`jalik yozuvlari» o`zining leksik, morfologik xususiyatlari bilan «Yuridik hujjatlar»dan qisman farq qiladi. Bu narsa ularning uslubiga ham ta`sir qilgan. «Xo`jalik yozuvlari» xalq tiliga yaqin savdo-sotiq, kundalik turmushiga tegishli to`lgan: eyish, ichish, kiyim kiyish bilan bog`liq so`z atamalar ko`p uchraydi: al-olmoq, altun-oltin, altunlug`-zahal mato, asug`-foyda, foiz, aduq-etik kabilar. O`zFA Til va adabiyot institutining bir qator olimlari tomnidan yaratilgan yirik monografiyada XIII-XIV asrlar yozma yodgorliklarining morfologik xususiyatlari keng va atrovlicha yoritilgan. Bunda shu davr ochib berilishi bilan birga, har qaysi manba tiliga xos o`zgachaliklar ham alohida qayd qilib o`tilgan. So`ngra tavsif qilingan faktlar Urxun-Enisey, qadimgi uyg`ur hamda XI-XII asrlar yodgorliklari faktlariga ham qiyoslab o`tilgan. Shunday qilib, ishda sinxronik tadqiqot metodi bilan dioxronik va qiyosiy metodlar bilan birgalikda qo`llanganki, bu tadkiqotning ilmiy qiymatini yanada oshirgan. Eng katta so`z turkumlari bo`lgan «Ot» va «Fe`l» filologiya fanlari doktori Sh.Shukurov tomonidan yozilgan. Avtor otlarga ko`plik, egalik va kelishik formalarini keng tahlil qilish bilan birga, otlarning tuslanishi, predikativ affikslari va bo`lishsizlik formalariga ham alohida to`xtalib o`tgan. Ayniqsa, kelishik formalari, ularning ma`no va funktsiyalari juda yaxshi yoritilgan. Ma`lum bo`ladiki, qadimgi vosita kelishigi (-ыn/-in) bu davrda ham ancha faol bo`lgan va XV asrdan keyingina iste`moldan chiqqan. «Ot yasalishi» bobida ismdan ot yasovchi va fe`ldan ot yasovchi affikslar aloxida keltirilib har bir yasovchi affiksning ma`no xussuitlari ochib berilgan. Biroq sintaktik usul bilan ot yasalishi tekshirilmagan. Fe`lning grammatik funktsional shakllari, har qaysi shaklni hosil qiluvchi affikslar va ularning semantik, funktsional xususiyatlari chuqur va sistemali yoritilgan. Muallifning yozishicha, o`sha davr tilida harakat nomining –maq/-mək affiksli shakli faol qo`llangan bo`lib, - sh affiksli shakli asosan «Xusrav va Shirin»da uchraydi, xolos. Aksincha, hozirgi zamon o`zbek adabiy tilida keyingi shaklning qo`llanish doirasi ancha kengaygan. Tadqiqotdan ma`lum bo`lishicha, XIII-XIV asrlarda sifatdosh yasovchi affikslar nisbatan ko`p va xilma xil bo`lgan. Ulardan –duk/-duk, -mish/-mыsh, -g`u/-gu, -dachы/-dəchi, -g`lы/-gli kabi affikslarning ko`pi hozirgi o`zbek adabiy tilida qo`llanilmaydi, ayrimlarining iste`mol doirasi ancha toraygan. Shu narsa diqqatga sazovarki, sifatdoshlarning otlashuvi o`sha davrdayoq ko`p uchraydigan hodisa bo`lgan. Aniklanishiga aloqador bo`lgan egalik affiksining sifatdoshga qo`shilib kelishi ham o`sha davr tiliga xos xarakterli xususiyatlardan biridir. -42- Yodnomalar tilida qo`llangan ravishdoshlar ham xilma xil shakllarga ega bo`lgan. Ishda ularning ma`no va funktsiyalari atroflicha bayon qilingan. Muallif –g`alы/-gəli haqida to`xtalib, «bu shaklning asosiy funktsiyasi maqsad ma`nosini ifodalashdan iborat» deydi. Monografiyada fe`l tuslanish masalasi mayl, zamon va shaxs-son kategoriyalari bilan o`zaro aloqadorlikda tekshirilgan. Shu narsa ma`lum bo`ladiki, XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilidagi shaxs-son formalari hozirgi o`zbek tilidan deyarli farq qilmasa ham, mayl va zamon formalarining qo`llanishida anchagina o`zgachaliklar ko`rinadi. Avvalo, mazkur kategoriyalarga xos affikslar va ularning fonetik variantlari ko`p va xilma-xil bo`lgan. Masalan, buyruq-istak maylining birinchi shaxs formalarining o`zi 14 xildir. Ikkinchidan, ularning manbalar tilida qo`llanishi ham bir xil emas. Bu bobda fe`lning to`liqsiz fe`l, fe`l darajalari ham alohida tahlil qilingan. Muallifning tekshirishlaridan shu narsa ma`lum bo`ladiki, yodnomalar tilida qayd qilingan fe`l darajalarining turlari va ularning ko`rsatkichlari hozirgi-o`zbek tilidan deyarli farqlanmaydi. Son bobida (f.f.n. Q.Mahmudov) uning barcha ma`no turlari qisqacha bayon qilingan. Ma`lum bo`lishicha, o`sha davr tilida hozirgi sanoq birliklarining deyarli barchasi iste`molda bo`lgan. Buni sodda sanoq sonlarga oid jadvaldan ochiq ko`rish mumkin. Biroq negadir unda 60 soni berilmagan. Sanoq sonlarning qo`llanishiga xos bir qator xarakterli xususiyatlar qayd qilib o`tilgan. Masalan, o`g`uz tillariga oid manbalarda uch otuz on, on otiz on (310) kabi qirrali sanoq sistemasi qo`llangan. Shuningdek, «Qissai Rabg`o`ziy» tilida yuz mың yigirma tөrt mың kabi sanoq sonlarni ham uchrashi ta`kidlangan. Ayrim adabiyotlarda ko`p, oz kabi miqdor ma`nosini ifodolovchi so`zlar «noaniq son» deb beriladi. Barcha, bari, hamma, behad, kechagicha kabi yuzlab so`zlarni ham son deyishga to`g`ri keladi, chunki bunday so`zlar ham noaniq miqdor tushunchasini anglatadi. «Olmosh» bobini Q.Mahmudov va Sh.Shukurovlar hamkorlikda yozganlar. Unda manbalar tilida qo`llangan barcha olmoshlar semantik va grammatik jihatdan qisqacha taxlil qilingan. Kishilik va o`zlik olmoshlarining turlanishiga doir jadvallar juda o`rinli. Manbalarda uchraydigan etoz, kəndu o`zlik olmoshlari, qamug` birgalik olmoshi, təxmə belgilash olmoshi o`sha davr tiliga xos leksemalar bo`lib, keyingi davrlarda ularning qo`llanish doirasi torayib borgan va asta sekin iste`moldan chiqqan. Aksincha, mualliflar kuzatishidan ma`lum bo`ladiki, manbalar tilida alla –va-dir elementlari yordamida hosil bo`ladigan gumon olmoshlari uchramaydi. Ko`makchilar (f.f.n. T.Rustamov) dastlab ikki katta guruhga ajratilgan: sof ko`makchilar va funktsional ko`makchilar. Keyingilari, o`z navbatida, yana ot ko`makchilar, fe`l ko`makchilar kabi turlarga bo`lingan. Bog`lovchilar teng va ergashtiruvchi kabi ikki turga ajratilgan. Teng bog`lovchilar traditsion klassifikatsiyasiga asosan yana to`rt gruppaga bo`lingan: biriktiruvchi, ayiruvыchi, zidlovchi, inkor bog`lovchilari. Buxoro hujjatlarida xo`jalik, dehqonchilik va irrigatsiyaga tegishli atamalarni uchratamiz. Bu hujjatlar til xususiyatlari nuqtai nazaridan kitobiy adabiy tilda yozilgan. Turkiy so`zlarga nisbatan arabcha, forscha so`zlar ko`pchilikni tashkil qiladi. Masalan: amiri ob, sadri jahon, rud, mulki xos, afdaq kabi. Ba`zan ayrim narsalar nomi arabcha, forscha va turkcha beriladi. Masalan: pora, kasaba, ko`shk kabi so`zlar qishloq, joy ma`nosida ishlatiladi. Yuqorida aytilganlar asosida XI-XIV asrlardagi hujjatlar tilining o`zbek tili taraqqiyotiga ma`lum darajada ta`siri bo`lgan.
-43- XIV asr oxiri va XVII asr o`zbek adabiy tili REJA: 1. XIV-XVII asrlardagi o`zbek adabiy tili. 2. Atoiy, Sakkokiy, Durbek, Navoiy kabi allamalarning til taraqqiyotidagi roli. 3. O`sha davr tilining fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari. O`rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotida, jumladan, o`zbek xalqi madaniyati, adabiyoti va adabiy tilining rivojlanishida XIV-XVII asrlar alohida bir bosqich bo`lib kiradi. Bu davrda xalq ommasining mo`g`ullar istibdodiga qarshi ozodlik kurashi-sarbadorlar harakati kuchayib ketdi. Shahar hunarmandlari kosiblar va dehqonlardan tashkil topgan sarbodorlar harakatining kengayishi natijasida mo`g`illar hukmronligi kuchsizlanadi. Movorounnahr mahalliy feodal arestokratlar orasida xokimiyat uchun qizg`in kurash boshlanib ketdi. O`sha davrda Chig`atoy ulusiga qarashli Movorounnahr mayda feodal davlatlarga bo`lingan bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz urush janjallar davom etardi. Uzoq davom etgan qattiq kurashlardan so`ng Amir Temur ibn Tarag`ay Bahodir xokimiyatni qo`lga oldi. Amir Temur dastlab Movorounnahrni birlashtirish, Chig`atoy ulusi o`rniga mustaqil kuchli davlat tuzish, mamlakatni tushkunlik va xarakatdan qutqarish yo`lida kurash olib bordi. Natijada shaharlar obod bo`ldi, yangi-yangi bog`lar, karvonsaroylar, irrigatsiya inshootlari qadabiy ko`tardi. Bu davrda me`morchilik, nasviriy- naqkoshlik san`ati, fan va madaniyat taraqqiyo qildi. Adabiyot va o`zbek adabiy tili rivojlandi. Umumxalq o`zbek adabiy tilining tashkil topishi jarayonining tugallanishi XIV-XVII asrlarga to`g`ri keladi. Xuddi mana shu davrlarda adabiy yodgorliklar tiliga oid grammatik xususiyatlar o`zaro farklar bilan bir qatorda, adabiy tilda va badiiy adabiyot tilida nutq birliklarining hozirgi o`zbek adabiy tiliga xos yagona morfologik qurilishi, zamonaviy grammatik shakllar tizimi tarkib topdi. Shu davrda doston, g`azal, noma, munozara, muammo kabi janr va uslublarda yaratilgan asarlarning tili bunga aniq guvoxlik beradi. Bor edi ko`ngulda burundin bu azm, Turki tili birlamu qilsam nazm. Kabi misralar hozirgi zason o`zbek adabiy tilining rivojlanishida badiiy adabiyot tili etakchi o`rinni egallaydi. Adabiy-badiiy asarlarning matnlarida umumxalqning ikki ko`rinishi- adabiy til va jonli so`zlashuv tili xususiyatlari ochiq namoyon bo`ladi, uning barcha imkoniyatlari yuzaga chikadi. Bu davrda o`zbek badiiy adabiyot tilining shakllanishida, so`zlashuv adabiy tili me`yorlarini ishlab chikish hamda adabiy tilni jonli xalq tiliga yaqinlashtirishda Durbek, Xo`jandiy, Yusuf Amiriy, Yaqiniy va ayniqsa, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari so`z san`atkorlarining o`zbek shoir va yozuvchilarining asarlarida jonli xalk tili vositalarining adabiy til unsurlari bilan qo`shilib borganligini ochiq ko`rish mumkin. Bu esa ular yaratgan asarlarning til va uslub jihatidan sodda, ravon bo`lishiga, ancha oson tushunilishiga olib keldi.
Bu davr o`zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostonidir. Durbek sharq xalqlari orasida keng tarqalgan Yusuf va Zulayho haqidagi qissa asosida mustaqil badiiy asar yaratdi hamda o`zbek adabiyoti, o`zbek adabiy tilining rivojiga katta hissa qo`shdi. «Yusuf va Zulayho» dostoni eski o`zbek adabiy tilida yaratilgan mukammal yirik badiiy asarlardan hisoblanadi. Asar bevosita eski o`zbek tilining sharqiy guruh dialektlari asosida yozilgan. Uninng leksik, fonetik va morfologik qarluq-chigil va uyg`ur tili xususiyatlari o`z ifodasini topgan. Shu bilan birga g`arbiy o`g`uz va kipchoq tiliga xos shakllar ham uchraydi: jo`nalishkelishigi affiksining –arab, -na ko`rinishi (Band ila zindon ichina soldilar. Urdi oyog`ini ham teshasi) buyruq istak mayli birinchi shaxs ko`pligining –li, -ling affikslari bilan berilishi. (Joni aziz aylali senga nisor. Suxbatli xosi tutaling ushbu ro`z). Hozirgi kelasi zamon fe`li birinchi shaxs birligining qisqargan tarzda -man shaklida kelishi (Oy yuzingni ko`ra olmam, netay) kabilardir. Asar tilida fors-tojik tiliga xos bir kator so`z va birikmalarni ko`rishingiz mumkin. XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi jonli xalq tiliga yaqinligini ko`rsatadi. XIV-XI asrlarda o`zbek adabiy tilining taraqqiyo etishi, uning nakomilga erishuvida o`zbek adabiyotida noma janrida yaratilgan adabiy-badiiy yodgorliklar ham eng
|
ma'muriyatiga murojaat qiling