Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana26.06.2017
Hajmi0.7 Mb.
#9903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. A.Muxtorov., U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 

2. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev.  O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982. 

3. A.Aliev., Q.Sadiqov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1992.  

 

Atoiy va Sakkokiy o`zbek tili taraqqiyotida tutgan o`rni 



 

REJA: 

1.  Atoiyning o`zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o`rni. 

2.  Sakkokiyning o`zbek tili taraqqiyotidagi roli. 


-51- 

 

3.  Sakkokiy asarlarining o`ziga xos xususiyatlari. 

4.  Atoiy g`azallarining til xususiyatlari. 

 

O`zbek tili o`tmishi juda katta tarixga ega. Turkiy tilning nufuzi va taraqqiyoti uchun 

A.Navoiy va uning zamondoshlari Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Yaqiniy, Amiriy, Ahmadiy, 

M.Soliqlar munosib hissa qo`shganlar. Ana shularning ichidagi Atoiy va Sakkokiylarning ham 

o`zbek tili taraqqiyoti uchun xizmatlari kattadir. 

Nazm dengizining tubiga shunkib, she`riy durlar yaratishga intilgan Atoiy o`zbek 

dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar etishgan namoyondalaridandir. 

Atoiy adabiy merosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og`zaki ijodini yaxshi bilganligini 

va ulardan ijodiy foydalanganligini sezamiz. 

Atoiy xalq qo`shiqlarining tili soddaligi ravonligi va musiqiyligidan ham ilhomlanadi va 

uni o`rganadi. U o`zining 760 ta g`azalidan 109 tasini xalq qo`shiqlari vaznida yaratgan. Bu 

narsa uning xalq tili boyliklaridan bahramand bo`lib, ijod etkanligini ko`rsatadi. 

Atoiy xalq maqollari va ta`birlariga katta e`tibor bilan o`z g`azallarining mazmunini ham 

boyitdi. Atoiy xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she`riy misralarga 

singdiradi. 

Boldы bag`rыm suv g`amingdin yaxshыmыz sal sug`a, 

Axir, əygul, xirmannы, albatta, zar əkkan orar. 

Bundan tashqari Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzda aytilgan misralardan konkirasi 

usulidan foydalandi. Lekin u engil kulgiga jiddiy tus beradi. 

Yuziga ko`p tika baqsam, manga kulib aytur, 

Atoiy, ne ko`zi toymas gada miljuksen? 

Atoiy xalq tili boyliklaridan ustunlik bilan foydalanib, original o`xshatish kinoya, 

mubolag`a, oirfona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratdi. Shori omonim so`zlar va turli 

birikmalar vositasi bilan chiroyli so`z o`yinlari yasaydi va go`zal mumtoz tuyuqlar namunasini 

yaratadi. 

Desangkim: Jak sinar qыlg`ыl Atoiyыm, 

Turubmen ushmunoq o`ldir, az ayыm. 

Yuzungni, ey malahat xanы, bir ach, 

To`ya ko`rsun səni bu mustahiq ach. 

Atoiy asarlarining tili Oltin O`rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. Chunki Atoyida 

qipchoq tili unsurlari ustun darajada edi. 

A.Navoiy ta`biri bilan aytganda, Movarunnahrda shuhrat topgan shoirlardan biri 

Sakkokiydir. U Ulug`bek xamonidan yashab ijod etgan. Shoir g`azallar va qasidalar bitgan. 

Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasviriy 

vositalar yaratishga intildi. U g`azal, tanosib, jonlantirish, lof va nashr kabi usullardan 

foydalangan, o`xshatish, mubolag`a, majoz va boshqa turdagi tasviriy vositalarga murojaat 

qiladi. Natijada xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan xalq qo`shiqlari uslubida g`azallar yaratdi. 

Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo`lsa-da, yozgan g`azallardan uning so`z 

o`yiniga usta shoirligi ko`zga tashlanadi. U xalq maqollari bilan o`z g`azallarining mazmunini 

ham, tilini ham boyitdi. 

Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo`lgan qasida yozish sohasida ham qalam 

tebratdi. Ma`lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy voqealarga bag`ishlab yoziladi. 

Ulug`bekka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. 

Ulug`bekni «Sulaymon zamon», «Musotek», «Shubon» kabi sifatlar bilan ulug`laydi. 

Qasidagi xos bunday uslubni Sakkokiydan keyingi shirlar ham davom ettirdilar. 

Sakkokiy asarlarida qipchoq tili unsurlariga nisbatan o`g`uz tili va g`arbiy adabiy til 

an`anasining ta`siri kuchlidir. 

Sakkokiy g`azallaridainsoniy muhabbat, dunyo lazzatlaridan bahramand bo`lish, tabiat 

go`zalliklaridan xuzurlanish kuylanadi. 


-52- 

 

Shu davr an`anasiga ko`ra Sakkokiyning barcha asarlari xalq tilida sodda, ravon uslub 

bilan bitilgan. U jonli xalq tiliga xos boy lugavay birliklar, shakl va iboralar, xilma-xil tasviriy 

vositalardan keng va mohirofa foydalanadi, zidlash, o`xshatish, mubolag`a singari ajoyib badiiy-

tasviriy usullar yaratadi. 

Atoiy singari Sakkokiy ham xalq maqollari, hikmatli so`z va iboaralarni moxirlik bilan 

qg`llash asosida o`z asarlarining tilini boyita$i, uning badiiyligini, mazmunini kuchaytiradi. 

Uning bir qan#ha g`azallari bevosit! xalq qo`shiqlari uslubida yozilgan. 

Kim ko`rsa aning yuzini aytur, 

Ne turfa erur bu turk balosi 

Turkona ir irlag`ulcha aning 

Kuydiradi meni yalay-bulosi. 

Tillar jihatidan bunday uslubiy ravonlik va soddalik uning qasidalari uchun ham xosdir. 

Sakkokiy asarlari tilida shu davr o`zbek tili uchun xos yangi shakllar bilan birga eski 

adabiy tillar unsurlari ham qo`llangan. Jumladan, affikslarda jarangsizlanish hodisasining 

sezilarli ekanligini fonetik jihatdan unlilar va undoshlar ohongdoshligi saqlangan: tuttuq, 

ezuqqum, jang`a kabi. Jo`nalish kelishigining –a, -na shaklida kelishi kabilar uchraydi. 

Qaratqich kelishigidagi so`z kesimlik qo`shimchasi –bog`lama bilan birga kelib, kesim 

vazifasini bajaradi: Hos davron bizingdur, kechti Majnun navbati. Shuningdek (to`lg`onu, 

to`lg`anib), kabi fe`l shakllari qo`llangan, -gan affiksli sifatdan va uning otlashgan holda kelishi 

ko`p uchraydi, ammo uning tuslangan holatida kelishish ko`rinmaydi. Hozirgi kelasi zamon 

fe`lining bo`lishsiz shakli –man, -mon orqali beriladi: ne qilg`usi, bilmon bu makkora kabi. 

Bu asarlarda ayla, qolma, qilma kabi ko`makchi fe`llar uchraydi. 

Gul yuzingni arzulab yuz ko`zni gulzor ayladi. 

O`tgan zamon sifatdoshi fe`l negiziga –mish affiksini qo`shish orqali yasaladi. Ma`lumki, 

bu qo`shimcha urxun-enasoy yozuvlarida hamn undan keyingi yodnomala tilida ham keng 

qo`llanadi. 

Sakkokiydan keyingi shoirlarda esa bu qo`shimcha siyrak uchraydi. Masalan, Adolat bog`i 

sabz o`ldi, chu No`shiravon keldi. 

Sakkokiy asarlarida keluvchi «bilin», «yangliq» so`zlari kabi, o`xshash degan ma`nolarni 

bildiradi. Bu so`zlar A.Navoiygacha bo`lgan shoirlarning hammasida uchraydi. 

Sakkokiy asarlarining yana o`ziga xos tomoni shundaki, Atoiy tiliga nisbatan unda 

tojikcha, forscha so`z va iboralar ko`p uchraydi. Masalan: qo`xnan-toq qo`poruvchi, g`aram-

barbod kabilar. 

Umuman, Sakkokiy ham o`zbek adabiy tilini rivojlantirishga samarali hissa qo`shgan 

shoirlardan biridir.  

Atoiy g`azallarida quyidagi til xususiyatlarini uchratish mumkin. 

Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi –ga, -qa affikslari bilan birga –a shaklida ham uchraydi: 

ko`ngluma, yo`zima, yo`zina, biza siza kabi. 

Jo`nalish kelishigining –an, -na, -ma kabi qo`shimchasi hozirgi –lovchi o`zbek shevalarida 

ham uchraydi. Lekin bu shakl aslida o`g`uz tiliga xos xususiyatdir. 

O`rin-payt va chiqish kelishigi qo`shimchalaridan oldin bir n tovushi orttiriladi. 

Garchi ohuyi Xo`tandir bexato bilmon nedin, 

Chinu Mochin lolazorinda kilur sayron ko`zing. 

Ul sanamkim suv yaqasinda pari tek o`lturur, 

G`ayati, nozuslukdin suv bila yutsa bo`lur. 

Sifatdosh yasovchi qo`shimcha –gan shaklida ham, -an shaklida ham uchraydi. Masalan: 

qilan-qilg`an, alan-olg`an kabi. 

Buyruq fe`lining birinchi shaxs ko`pligi fe`l negizlariga –aling affiksini qo`shish orqali 

yasaladi: boraling, kelaling, alaling kabi. 

Bu holat «Muxabbatnoma»da ham uchraydi. 

Atoiy g`azallarida leksik jihatdan quyidagi so`zlarni uchratish mumkin: o`qush-ko`p, arы-

toza, baqmaq-qaramoq, pəng-narsa, iydoo`-sayilgoh kabilar. 


-53- 

 

Umuman, Atoiy g`azallari tilida XV asr boshidagi o`zbek adabiy tiliga xos xususiyatlar 

uchraydi. Shoir o`z adabiyotigagina emas, balki o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga ham munosib 

hissa qo`shdi. 

Atoiy va Sakkokiylar ham XV asrda o`zbek tilida original va tarjima asarlarni yaratgan 

salaflarning  ish tajribalarini davom ettirgan. 

A.Navoiy «Majolisun nafis» asarining ikkinchi bobida o`zi so`z yuritgan 90 shoirdan faqat 

16 tasi, «turkgo`y» ekanligini eslatadi. Ana shu 16 ta «turkgo`y» shoir ichidan Atoiy  bilan 

Sakkokiy ham bo`lgan. 

Atoiyning aniq tug`ilgan yili va tug`ilgan joyi haqida ma`lumot etib kelmagan. 

Atoiy haqida biz uning devonidan va A.Navoiyning «Majolisun-nafis» asaridan ba`zi 

ma`lumotlar olishimiz mumkin. A.Navoiy «Majolisun-nafis»: bunday deydi: «Mavlono Atoiy 

Balxda bo`lur erdi. Ismoil ota farzandlaridir, xushxulq, munbasit kishi erdi. O`zbek tili zamonida 

she`ri atrak orasida ko`p mehnat tutdi. Ammo Mavlono ko`p turkona aytur erdi..».  

Bizga Atoiydan yagona devon etib kelgan. Bu qo`lyozma nuxsani azarbayjonlik bir kotib 

tomonidan ko`chirilgan. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. A.Muxtorov., U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 

2. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev.  O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982. 

 

Navoiy nazmiy asarlarining tili va uslubi 

REJA: 

1.  A.Navoiyning she`riyati tilining o`ziga xos xususiyatlari. 

2.  A.Navoiy dostonlarining til xususiyatlari. 

3.  Navoiy g`azallarining tili va uslubi. 

4.  Navoiy nazmiy asarlarida badiiy til vositalarining ishlatilishi. 

 

A.Navoiy yirik olim sifatida o`zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotiga katta hissa 

qo`shdi. Uni yuqori pog`onaga ko`tardi. Uning tilshunos olim sifatida qilgan ko`p qirrali ishlari, 

ilmiy nazariy mulohazalari nodir asarlarida bayon etilgan. Navoiyning lingvistik ilmiy merosi va 

asarlarining ayniqsa, she`riyatining til xususiyati ko`p jihatdan to`la o`rganishni talab etadi. 

Navoiy she`riyati tili XV asr o`zbek pletik adabiy tilining yuksak namunasidir. 

Navoiygacha uzoq davrlar davomida shakllangan va taraqqi etgan o`zbek adabiy tili 

Navoiy ijodi «Xamsa» ning  yaratilishi bilan XV asr o`zbek adabiy tili bekiyos ravnaq topdi va 

o`zining yuqori cho`qqisiga etib oldi. Arabcha, forscha leksik unsurlarining ko`pligi A.Navoiy 

asarlari tili birmuncha murakkablashtirdi. Bundan tashqari o`sha davr taomiliga ko`ra she`riy 

asarlar ko`tarinki, dabdabali uslub bilan bitilishi kerak edi. Shuning uchun u asarlari tiliga va 

uslubiga dabdabali ruh berishga harakat qildi. Navoiy o`z asarlarida albatta «grammatika» yoki 

«fonetika» so`zini qo`llagan emas, lekin tilning grammatik va fonetik qonuniyatlarini yaxshi 

bilsang, ularni bir-biridan yaxshi farqlagan va o`ziga xos arabcha, forscha va turkcha, o`zbekcha 

atamalr bilan nomlangan: amr, harf, harakat, hamza, tajnis va ihom ko`p ma`noli so`z: alam-ism, 

ot; almutakallum-so`zlovchi; lafz, kalom, alfoz kabilar hamda ular haqida o`z davriga nisbatan 

juda muhim fikr va mulohazalar bayon qilingan. U xususan so`z yasash xususida maxsus 

to`xtaydi. O`zbek tilida fe`llardagi birgalik va orttirma darajalarini yasovchi –shoir/-ish, -t, -r  

qo`shimchalari orqali chopishmoq, topishmoq, o`pishmoq kabi so`zlar yasalganligini, sifatlarda 

belgining ortiq kamligini esa p, m vosiyasi orqali op+oq, qop+qora, qip+qizil tarzida ifodalashini 

aytadi. Shuningdek ravishdoshning –g`ach/-gach, -qach/kach affiksi orqali tergach, barg`och, 

erg`och, sotqoch kabi fe`l formalarining yasalishini; harakatning boshqarishga intilish, 

tayyorlanig kabi ma`nolarni ifodalashda esa –g`u/gu affiksi bilan yasalgan sifatdosh formasiga –

dek ravishdosh yasovchi qo`shimchaning qo`shilishi orqali borg`udek, erg`udek, bilgudek, 

surgudek fe`llarining hosil qilinishini misollar bilan ko`rsatadi. 


-54- 

 

A.Navoiy she`riyatining fonetikasiga yondashadigan bo`lsak, quyidagi misollarga murojaat 

qilaylik, hozirgi yozuvimizda qo`llanayotgan u harfi amalda ikki mustaqil tovushni ifodalashga 

xizmat qilib kelmoqda. Aslida tillarning eng kichik bo`lagi bo`lgan tovushlarning eng kichik 

bo`lagi bo`lgan tovushlarning xarakteridan kelib chiqadigan bu holat tilning 3 ta katta sohasini 

birlashtiradi va ularni to`g`ri boshqarishga xizmat qiladi. Bu 3 ta soha: talaffuz, ma`no va 

affikslar, ya`ni grammatik ko`rsatkichlaridir. A.Navoiyning juft unlilar tabiatni yaxshi anglash va 

affikslarni shularga muofiqlashtirib qo`llashi quyidagi misolda ham ko`rinadi: 

Ki bo`lg`ay har uchun oy bir ravzada to`y, 

Ki o`lg`ay har kuni yuz otu ming quy. 

Ulug` shoirimiz birinchi misraning bo`lg`ay so`zidagi qattiq o` unlisining tabiatiga moslab 

–g`ay affiksin qo`llagan bo`lsa, ikkinchi misrda o`lgay so`zidagi yumshoq o` ning ish talabiga 

ko`ra –gay affiksini qo`llagan. Zotan o`lgay so`zida yumshoq o` ning ishlatilganligini tufayli bu 

so`z bo`ldi ma`nosiga emas, balki o`ldi degan ma`noni anglatib kelmoqda. Xuddi shuningdek 

Navoiyning «Layli va Majnun» dostonidagi baytda ham to`lgay va bo`lg`ay so`zlaridagi o` 

unlisining qattiq tillar orqa varianti talabi bilan –g`ay affiksi qo`llanilgan: 

Ki shuhrati uchun jahon to`lgay, 

Turk eliga dog`i bahra bo`lg`ay. 

Navoiy asarlari tilining morfologik xusisiyatlari quyidagilar: Navoiy tilida otlarning 

aniqlik va noaniqlik holatini ifodalashda tojik tilidan olingan eyi ishorat belgisi ishlatadi. Eyi 

imorat grafik nuqtai nazardan noaniqlik belgisi –i bilan beriladi. Navoiy she`riy asarlaridagi 

«Farhod va Shirin» dostonidagi olmoshlar ham hozirgi o`zbek adabiy tilidagi olmoshlardan fakat 

fonetik jihatidan boshqacha shaklidagi bilan farqlanadi. Navoiy tilida ham hozirgi adabiy 

tilimizdagidek olmoshlar galeriyasi. 

1.  kelishik 

2.  ko`rsatish 

3.  so`roq 

4.  o`zlik 

5.  belgilash-jamlash; olmoshlaridan iborat f.sh. da 1 shaxs ma`nosini man, men ifoda 

etadi. 


Ma`lumki, hozirshi o`zbek xalq shevalarida –adabiy tilga tayan bo`lgan shahar shevalarida 

ham, qishloq shevalari da ham sirg`aluvchi F tovushi talaffuz etilmaydi. Navoiy asarlarida fil 

so`zi o`rnida pil so`zi ishlatiladi. Shevalarimizdagi o` va ə tovushlari bilan boshlangan so`zlar 

oldidan talaffuzda v diftongi qo`shiladi. O`sma so`zidagi o` tovushi diftonglashib «Xamsa»da v 

o`sma shaklida yozilganligini ko`ramiz. 

Masalan: «Hayrat ul-abror»da: V o`sma sori topti chu vobastaliq. 

Lojuvardiy v usma birla zeb bergan qoshlaring 

Bersa chu, zohid qoshig`a v usma zeb. 

Hozirgi o`zbek tilidan farqli o`laroq, Navoiy she`riy asarlari tilida sifatdoshning –g`uchы/-

guchы, -quchы, -kuchы affikslari, ravishdoshning ban/iban affikslari mavjuddir. 

Navoiy asrabon tamkin, kishidan istama tahsin, 

Chu shaq ko`rguzdi muhtahson, ko`rub nazmingni. 

Navoiy she`riy asarlarining sintaktik xususiyatlariga kelsak, ularda fors va arabizmlar 

tillariga xos izofa qurilmalari, qo`shma gaplarning hozirgi o`zbek tilida mavjud bo`lmagan 

xususiyatlari uchraydi: naqdi ishqing, jomi zohir, fasli ul kabi: Navoiy she`riy asarlari tilida 

so`zlashuv nutqiga xos sintaktik qo`rilmalarni ham uchratamiz. Ayniqsa u so`zlashuv nutqining 

dialog shaklidan samarali foydalangan. Agar hozirgi o`zbek tilida dialog muallif gapsiz 

qo`llanilsa, Navoiy she`riyatida muallif gapi bilan kelgan: 

Dedi Shayx: -Ey sho`x ne koldi-degil, 

Harna matlub o`lsa mendin istagil! 

Dedi mahvash kufr eli ashrofig`a 

Bori mohir sheva kufr avsofig`a. 



-55- 

 

Navoiy asarlarining leksik xususiyatiga ko`ztashlasak, arabcha, forscha, tojikcha so`zlarni 

uchratamiz. Birgina «quyosh» ma`nosida quyosh, kun, gunash, kunash, qunas, oftob, hur, 

xurshid, shams so`zlari uchraydi. 

Bulardan quyosh va oftob hozirgi o`zbek tili uchun asosdir. Navoiy qo`llagan quyosh 

ma`nosidagi shams so`zi arabcha: xur, xurshid va oftob esa forscha-tojikchadir. 

Masalan: Dema ko`ktin kunash ketmish falakka tiyralik, 

Ul oy hajrida tor etimish falakni dudi afg`ondin. 

Umuman, A.Navoiy asarlari tilida ayrim so`zlarning leksik, fonetik variantlari ikki, uchun 

va undan ham ko`proq shakllarda uchraydi. A.Navoiy asarlarining izohli lug`atida ko`rsatilgan 

ajdar/ajdaho, gavhar/guhar, goh/gohi/goha, emdi/emdo;endi, so`zlari hozirgi adabiy tilda 

qo`llanilmaydi. A.Navoiy asarlarida romantik tasvir o`rinlari ham uchraydi. U bilan bog`liq 

bo`lgan morfologik, romantik leksikaga ham duch kelamiz. Bundan tashqari Navoiy she`riyatida 

ko`tarinki ruh, dabdabali uslub bilan tasvirlash o`rinlari uchraydiki, unday o`rinlarda shoir 

ko`tarinki ohanglarda ifodolovchi leksikaga murojaat etadi. Navoiy asarlarida to`qay, o`mon, 

ahvol/g`ilay, aqron/tengdosh, guft/nutq kabi forscha-tojikcha so`zlar uchraydi. 

She`riy leksikada Navoiydan oldin va undan keyingi shoirlar asarlarida uchrovchi so`zlarni 

ko`rish mumkin: Romantik tasvirni berishda mifologik va qadimgi nomlarni ham uchratish 

mumkin. Masalan: Babr, Baraxmon, Barchin, Bahrom, Bahrun-najot, Zuznoba. Odatda she`riyat 

tili o`zining badiiy bezaganligi bilan, maxsus badiiy buyoqlar va badiiy lug`aviy birliklarning 

keng qo`llanilishi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat Navoiyning lirikasida ham ko`zga tashlanib 

turadi. Navoiy dastlab asosiy diqkatni asarning badiyligiga mazmun bilan shaklning 

mutanosibligiga, ifodaning kuchliligi va tasvirning aniqligiga qaratadi. Buning uchun u tilning 

barcha tasviriy-badiiy vositalaridan keng foydalanadi va shu orqali kuchli ta`sirchanlikka, 

ifodalilikka erishadi. 

Furqat ichra sharbati la`ling violi kam bolur, 

Garcha derlar talh daryoda chuchuk suv ham bolur. 

Navoiy har bir g`azalning, ruboiy, qit`a va tuyuqning yuksak adabiyot asari bo`lishi uchun 

juda katta kuch sarf qiladi, u yuqori badiiy uslub talablariga mos ravishda ajoyib o`xshatish va 

sifatdoshlar, istora va majozlar, mubolag`a va kinoyalar yaratadi. Bunday badiiy tillar vositalari 

esa uning asarlarida yuksak badiiylikni, shaklning mazmunga muvofiqligini ta`minlaydi, badiiy 

tasvirni kuchaytiradi, tillar va uslubning sodda, aniq, ravon bo`lishiga xizmat qiladi. 

Navoiy o`zbek tili lug`atidagi oddiy, betaraf lug`aviy birliklarni va ohang vositalarini shu 

kadar ustalik bilan qo`llaydiki, buning natijasida chiroyli o`xshatish, sifatlash va istilorasiz ham 

nozik hissasi tuyg`ularni, kechinmalarni aniq, ravshan ifodalaydi, so`roq, kinoya, so`roq-taajub, 

so`roq-tasdiq kabi vositalar orqali kuchli, badiiy o`ynoqi misralar, baytlar tuzadi, yangi-yangi 

so`z o`yinlari, badiiy tillar vositalari yaratadi, adabiy-badiiy tilning qudratini namoyish etadi: 

Qoshi esinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin? 

Ko`ngluma har birining dardu balosinmu deyin? 

Ey Navoiy dema qoshu ko`zining vasfini et, 

Qoshu esinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin. 

Navoiy badiiy-leksik vositalardan tashqari, fonetik va grammatik uslubiy vositalardan ham 

keng foydalanadi. Masalan, fe`l shakllaridan keyin birgina –lo yuklamasini keltirish orqali 

so`roq-taajub, ajablanish, afsuslanish kabi his-to`yg`ularni bayon etadi: 

Ko`nglum olg`och ul pari majnunu shaydo qildilo, 

Aqlu hushumni tushun dashtida yag`lo qildilo. 

Ko`plik qo`shimchasi –lar vositasidan noaniq kyaplikdan tashqari, hurmat, kuchaytirish, 

ta`kid, mubolag`a, noaniqlik, hurmatsizlik kabi ma`nolarni ifodalashda ham A.Navoiy asarlarida 

ma`lum grammatik shaklning turlicha uslubiy maqsadlar uchun ishlatilganini ko`rish mumkin: 

Anda Majnun men, buyon Layli sen etkach ijtimo` 

Bir taraf devonlar, bir en pari rux soralar. 

Bu kabi leksik va grammatik uslubiy vositalar Navoiyning «Xamsa», «Lison-uttayr» 

asarlarida ham katta san`atkorlik bilan qo`llangan. Shoir «Farxod va Shirin», «Layla va Majnun» 


-56- 

 

va boshqa dostonlarining har birida o`ziga xos adabiy-badiiy uslublar ishlatadi, bayon 

etilayotgan voqea-hodisalarning xususiyatiga mos ravishda tasviriy shakllarni yuzaga keltirdi. 

Xullas, Navoiy she`riy asarlari asrlar osha bizga etib keldi, zamonaning barcha 

sinovlaridan o`tib, ijodiy mangulik kasb etdi. 

Asarlari tillar va uslub jixatidan ma`lum darajada xalqqa tushunarli bo`lishi uchun harakat 

qildi. Chunki u xalq bilan o`z ona tilida so`zlashishi zarur degan qoidaga amal qilib keldi. 

A.Navoiyning o`zbek adabiy tilining taraqqiyotidagi ahamiyatini va bu sohadagi 

xizmatlarini o`z she`riy parchalari orqali ham ifodalash mumkin: 

Chun forsi erdi nuqta shavvqi, 

Ozroq edi anda turki zavqi.  

Men turkcha bosilaon rivoyat, 

Qildim bu fasonani hikoyat. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  O`zbek adabiyoti. Toshkent, 1959. 

2.  O`TA. 1991. №4. 

3.  O`TA. 1991. №1. 

4.  A.Muxtorov., U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.  



5.  P.Shalkiev., S.Ibrohimov. O`zbek klassik asarlari uchun qisqacha lug`at.Toshkent, 

1953. 

   

«Muhokamatul-lug`atayn» va uning o`zbek tili  

taraqqiyotida tutgan o`rni 

 

REJA: 

1. Navoiy davri adabiy tili. 

2. «Muhokamatul-lug`atayn» asarida Navoiyning ona tiliga bildirgan munosabati 

3. «Muhokamatul-lug`atayn» asarida so`z yasalishi. 



 

Navoiy o`zining «Chor devon», «Xamsa», «Mahbubul qulub» kabi asarlari bilan o`zbek 

adabiy tilini amaliy jihatdan asoslagan bo`lsa, «Muhokamatul-lug`atayn» asarida nazariy 

asosladi. 

Bu asar Navoiy umrining oxirlarida-1499 yilda yozilgan. 

«Muhokamatul-lug`atayn»da eski o`zbek tili bilan fors-tojik tili bir-biriga chog`ishtiriladi. 

Bu bilan A.Navoiy noqardosh tillarni qiyosiy o`rganish usulini boshlab berdi. U o`zbek tilini 

fors-tojik tili bilan chog`ishtirar ekan, o`zbek tilining ham boy imkoniyatlari mavjudligini 

ko`rsatadi. 

Navoiy bu asarida tillarni qiyosiy o`rganish bilan umumiy tilshunoslikka doir fikr va 

mulohazalar bildiradi. «Muhokamatul-lug`atayn»da til til va tafakkur, tillarning kelib chiqishi 

haqida mulohaza yuritadi. 

Navoiy  til va tafakkurning umumiy masalalarini to`g`ri hal qilgani holda, tilning kelib 

chiqishini aziz avliyolarga bog`laydi. Bu undagi sxolostik falsafa va islom aqidalarining 

ta`siridir. 

Navoiyning «Muhokamatul-lug`atayn» asarida olga surilgan va o`zbek tili tarixi uchun 

qimmatli bo`lgan fikrlar quyidagilardan iborat: 

1. O`zbek tilini fors-tojik tili bilan chog`ishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini 

ko`rsatadi va yozuvchilarni o`zbek tilida asarlar yozishga rag`batlantirdi. 

2. Navoiy ikki tilni chog`ishtirish bilan o`zbek tili lug`at boyligining ustunligini ko`rsatadi. 

Asarda 100 fe`lni keltirib, ularni tahlil qildi va o`zbek tilini xazina deb bildi. Lekin u xazinaning 

atrofini, Navoiy ta`biri bilan aytganda, ilonlar va tikanlardan qo`rqmasdan, o`zbek tilidan 

foydalanishga yozuvchilarni da`vat etdi. 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling