Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana26.06.2017
Hajmi0.7 Mb.
#9903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

-63- 

 

Abulg`ozi asarlarida morfologik va sintaktik xususiyatlari XV-XVI asrlar adabiy tilidan 

ancha ilgarilab ketganini ko`rsatadi. Ularda xalq so`zlashuv tiliga xos morfologik ko`rsatkichlar 

ko`proq, arabcha-forscha sintaktik qurilmalar kamroq uchraydi. 

Abulg`ozining bu asarda quyidagi fonetik, grammatik, leksik xususiyatlar uchratish 

mumkin. 


Fonetik xususiyatlar: d tovushi bilan boshlanuvchi so`zlarda ko`pincha bu tovush «tili»ga 

o`tadi. Masalan: tegan-degan, deb-teb. Ba`zi o`rinlarda so`z boshida keluvchi «y» tovushi «j» 

tovushiga o`tadi. Masalan: yav-jav, yo`l-jo`l. 

Morfologik xususiyatlari: ot yasovchi qo`shimchalar hozirgi o`zbek tilidagi ot 

yasovchilarga o`xshaydi. Ammo –chi qo`shimchasi kam qo`llaniladi va u bilan paralell holda –ji 

qo`shimchasi ham keladi: elchi, tevaji. 

Hozirgi o`zbek tilidagi kabi Abulg`ozi asarlari tilida oltita kelishik bor. 

Tushum kelishigi qo`shimchasi –ni dan tashqari –n shakli ham ko`p qo`llanadi. Masalan: 

kuchlarin, kelinlarin. 

Sonlar, ularning turlari, yasalishi hozirgi o`zbek tilidagiga o`xshaydi. Ammo tartib sonlar 

hozirgi o`zbek tilidagidan farq qilib –lancha, -lənchы affiksi bilan ham yasaladi: beshlənchi, 

toquzlənchi, yetinlənchi. 

Abulg`ozi asarlaridagi olmoshlar hozirgi olmoshlarga o`xshaydi. Lekin kishilik 

olmoshlarining uchinchi shaxsi, olar tarzida ko`rsatish olmoshlari shul, ul, ushbu tarzida keladi. 

Buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko`pligi –alыng, -alы affiksi bilan yasaladi. 

Masalan: Emdi shoh Malikni aytalыng. Yurtni buzg`alы tesalar sintaktik xususiyatlari. Sodda 

gap kurilmalari ko`proq ishlatiladi. Masalan: Qara xanning Bug`rы atlыq og`lы bar edi. Mir 

Yavi oltirib erdi. 

Qo`shma gaplar ham asar tilida etarli darajada keng qo`llangan. Atasi va anasы yo`q va 

xatыnы yo`q turur. 

Leksik xususiyatlari «Shajarai turk» asarida quyidagi so`zlar uchraydi. Masalan: ko`chlari-

xotinlar, zobit-harbiy boshliq, bozurgan-savdogar, teva-tuya, masnad-taxt. 

Abulg`ozi ham o`z asarlari tilida Boburga nisbatan ham adabiy til bilan so`zlashuv tilini 

bir-biriga yaqinlashtirish uchun harakat qildi va adabiy tilda xalq tili unsurlarining 

mustahkamligi uchun munosib hissa qo`shdi. 

Muhammad Xoksarning «Muntahabutun lug`at» asari XVIII asr ilmiy atamashunosligini 

o`rganishda eng muhim manba hisoblanadi. 

M.Xoksarning bu asarida turli kasb-hunarlarga doir so`z va atamalar, ijtimoiy-iqtisodiy va 

tabiiy fanlarning ayrim sohalari bo`yicha so`zlar beriladi. 

Ularning ma`nosini aniqlashtirish uchun turli uslublarda yozilgan o`zbek tojik, eron, 

ozarbayjon adabiyot namunalaridan, adabiyot yodgorliklaridan misollar keltiriladi. 

Masalan: hoksor hasab so`zining faz va hunar hamda «ulug`lik» ma`nolarida ishlatilishini 

izohlab, Navoiy ham shu ma`noda ishlatilganini aytadi. 

M.Xoksor o`z asarida falsafaga doir baxir, xurafat, bavsarat, besirat so`zlariga ham izoh 

beradi. 

Gulxaniyning asarlari o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti XIX asr boshlaridagi ahvolini 

aniqlashda muhim o`rin tutadi. U iste`dodli shoir sifatida «Zarbulmasal» asarini yozgan. U o`z 

asarlarining tilini sodda va tushunarli qilishga harakat yoqildi. Buning uchun xalk tili boyligidan 

original badiiy vositalar ishlatiladi. 

Unda, uning she`rlarida ozarbayjon tili xususiyatlarini uchratish mumkin: Masalan: dasha 

(toshga), istaram (istayman) kabilar. 

Gulxaniy «Zarbulmasal» ni hikoya ichida hikoya kompozitsiyasidan foydalangan holda 

yozdi. U xalq og`zaki ijodi asarlarini qayta ishlash bilan birga, ularning uslubi, tili va boshqa 

xususiyatlarini saqlashga intildi. 

Bu narsa quyidagi holatlarda ko`rinadi. 

1. «Zarbulmasal»ning ayrim hikoyalari xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan so`zlar bilan 

boshlanadi. «Bar erdi Farg`onada bir sarbon», «Ilgari ayyamda ikki kabutar».. va boshqalar. 


-64- 

 

2. «Zarbulmasal»da fol`klorning ommaviy janrlaridan hisoblangan maqollardan o`rinli 

foydalangan. U maqollarni ikki tilda keltirib, asar va misralar mazmuniga juda ustalik bilan 

singdirilgan. 

Masalan: Ebi bilan so`zlaganning qurboni bo`lyu. Ev kelgan so`ng qilichni (erga) chop. 

«Zarbulmasal» quyidagi til xususiyatlari uchraydi. 

qaratqich va tushum kelishiklari ma`nosi bir shakl orqali foydalanadi. 

Hasili umri edi ul boynы, 

Atы Gulshanbanu bilan aynы. 

K, q tovushlari bilan tugagan so`zlar egalik va kelishik affikslarini qabul qilganda, bu 

tovushlar o`z holicha qoladi. 

Farosat ayaqы aqsaq, Qыznы ashыqыg`a berdi. 

Shuningdek, vosita, kelishik affikslaridan oldin bir n tovushi orttiriladi: Anыng yanыndыn 

bir yag`achliq yerda. 

Ko`rsatkich va syaroq olmoshlariga qo`shimchalar qo`shilganda quyidagi shakllarda 

keladi: ul-ana, oida, alar; bu-bo`yla; munda, bunda, bo`yda. Masalan: Anda Bayog`li aydы. 

Xamush turmaqlik bo`yli bolurmi? 

Demak Gulxaniy jonli tilning leksik va grammatik imkoniyatlaridan keng foydalandi. U 

jonli tilning ta`birlari va iboralarini qo`lladi. 

Saroy adabiyotining murakkab, og`ir til va uslubini davom ettiradi. 

Gulxaniy adabiy tilni xalq ommasiga tushunarli, turmush uchun zarur bo`lgan so`zlar va 

grammatik shakllar bilan boyitishga tirishgan. 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 

 

 

Nishotiy va Munis asarlarining tili va uslubi 

 

REJA: 

1. Nishotiy va Munis asarlari tili Navoiy an`anasining davom ettirilishi. 

2. «Xusnu Dil» dostonining tili. Asarning morfologik, leksik xususiyatlari. 

3. Munis asarlarining tili va uslubi. 

4. Asarlarning morfologik, leksik, fonetik xususiyatlari. 

 

XVII asrda yashagan, o`z zamonasining etishgan iste`dodli shoiri, adabi, tarixchisi, 

ma`rifat kuychilari bo`lmish Nishotiy va Munis o`z ijodiy faoliyati bilan o`zbek adabiyti va 

adabiy tili tarixida salmoqli o`rin egallaydi. Bu har ikkala shoir ham o`z adabiy ijodida, o`z 

asarlarining tili sohasida ham so`z mulkining sultoni bo`lgan Alisher Navoiy an`analarini davom 

ettirib, uni o`zlariga ustoz, murabbiy deb bildilar. Munisning quyidagi misralari buning yaqqol 

ifodasidir: 

So`z ichra Navoiyki jahongir durur, 

Munisga maoni yolida pir durur. 

Demak, u til va uslubida Navoiy an`anasini davom ettirib, ommaga tushunarli tilda 

yozishga harakat qildi. Shoir xalq uchun xizmat qilishda o`z zamoniing Navoiysi bo`lishni istar 

edi. U xuddi shu niyatni ko`zda tutib, Muxammad Raximxonga yozgan bir qasidasida Navoiy 

darajasigacha etish uchun o`ziga xomiylik qilishni so`ragan edi:    

Bas erur, vojib sango aylab xamesha tarbiyat, 

Manki Munisman mani qilmoq Navoiy dastgoh. 

Munisning Navoiy va uning merosiga qanchalik muxabbati borligini «Devon»dagi 

ko`pgina she`rlardan anglab olish mumkin. Bu she`rlardan ma`lum bo`lishicha, Munis fikrni 

ta`sirchan, mukammal ifodalashda, so`z san`atini vazi, qofiya va adabiy usullarni yaxshi bilishda 

Navoiy singari mohir kishi bo`lishni istab, amalda asosan bir-biriga juda yaqin bo`lgan ikki 


-65- 

 

yo`lni Navoiy g`azallariga muxammaslar bog`lash va Navoiy g`azallariga nazirilar aytish 

yo`llarini tutgan. 

Shoir Munis Navoiyning «ko`rding-etkurding», «bo`lg`usi», «mango», «afsonadur-

farmondur», «savdo-g`avg`o», «oromim-jonim» kabi qofiya va radiflar bilan tamomlangan 

ko`pgina g`azallariga muxammaslar bog`langan bo`lib, g`azallariga muxammaslar bog`langan 

bo`lib, ularni «munis-ul ushshoq» devoniga kiritgan. Uning: 

Ruhparvar la`minga ruo`n ravonimdur fido, 

Jonifizo shirin so`zinga xasta jonimdur fido. 

Bayti Navoiyning: 

Gulu gulzor sening bog`i jamolingga fido, 

Sarvu shamshod toza nio`olingga fido. 

Baytiga shakl jihatidan o`xshashdir. 

Demak, Munis taqlidchilik qilmagan va Navoiyning so`zlari yoki misralarini aynan 

ko`chirmagan, u navoiy she`riyatidan o`rganishi natijasida mustaqil fikr yuritishga, she`riyatda 

Navoiy izidan borib, yangiliklar yaratishga muvaffiq bo`lgan. 

Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr va mulohazalari «Xusnu Dil» dostonida o`z ifodasini 

topgan. Bu asar shoir tilini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. «Xusnu Dil» dostoning tili 

asosan mumtoz epik she`riyat uslubi bilan o`zviy bog`langan. «Nahri hayot», «Ayni sadoqat 

chashmasi» kabi ta`birlar Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi o`shanday iboralarga, 

«g`ulg`ula», «valvala» kabi so`zlar esa «Saddi Iskandariy» dostonidagi so`zlarga hamohangdir. 

Chunonchi: 

Chekti kelib na`ri purg`ulg`ula, 

To`ldi falak dashti aro valvala. 

Shuningdek Nishtoniy dostonidagi: 

Har na emen bo esa ondin emen, 

Bor edi holim mening ey nuqtadan 

Kabi misralarning tuzilishi va leksik xususiyatida Navoiyning «Hayratul-ul abror» 

dostonida shayxlar haqida bitilgan: 

Bul el erur barcha emondin emon, 

Har ne yo`q, ondin emon, ondin emon 

Baytning ta`siri yaqqol ko`rinadi. 

Nishtoniy o`z dostonini xalq og`zaki ijodidan ustalik bilan qoliplash usulidan foydalanib

uning ichiga ta`limiy tarzdagi bir qancha masalalarni kiritdi. Ular Nishtoniy tilining sodda xalq 

tiliga yaqinlashishiga olib keldi.  

Dostonning ayrim boblari qofiyalangan nasr uslubida yozilgan. Masalan: «Husni dilnavoz, 

Vafobanum, Sahib e`zaz va Nazi Tannoz, G`amzam, g`ammaz Gesun fusunsaz va Mahliqan 

aynapardaz gudaz. 

Ayrim o`rinlarda xalq ertaklarida uchrovchi mukaddimani ham ko`ramiz: 

Bar edi Yunanda birav padshah, 

Erdi jahon shahi anga haki rah. 

Nishotiy xalq og`zaki ijodi uslubiga erishgan, doston tilini ham ommabop qilishga intildi. 

Shuning uchun xalq maqollari, hikmatli so`zlari va iboralari asar misralari mazmuniga 

ustalik bilan singdirgan. Chunonchi, Fuodning mast bo`lib Forulqaning domiga tushganini 

anglatish uchun «Mast parishoxotir bo`lsa, sitam ko`radi» aforizmi ayniqsa o`rinli ishlatilgan. 

Lek demish kimsaki diqqatlidыr, 

Ash egasi birla yesa tatlыdыr. 

Har kishining bar esa gar aqlы tuz, 

Avval ancha ko`z keragu so`ngra so`z. 

Keltirilgan misralarda «Osh egasi bilan totli», «Avval o`yla, keyin so`yla» maqollari 

keltirilgandir. Nishotiy o`z asarlarida xalq maqollaridan foydalanar ekan, ulardan ilhomlanib, 

o`zi ham xalq maqollari darajasida iboralar ijod qiladi: 

Toyu aza xush turur ahbob ila, 


-66- 

 

Shadiiyu g`am ham yana atrab ila. 

Yoki: 

Suvrat eli naqshga mag`rur erur, 



Ma`ni eli naqshdin ul dur erur. 

Nishotiy o`z asarining mumkin qadar sodda, ma`noli, ravon va obrazli bo`lishi uchun xalq 

tili unsurlaridan ustalik foydalanib, original o`xshatish, istiora, kinoya, mubolag`a, sifatlash, 

majoz va qarama-qarshi qo`yish usullarini qo`lladi. Masalan: 

Boldы ayan turfa kitami kabir, 

Qorqusыdыn tashladы hamlanы sher. 

Shoir bu misrada ishq lashkari bilan aql navkari o`rtasidagi jang tasvirini berar ekan, 

urushning shiddatidan sher ham qo`rqib, o`z qornidagi xomilasini tashlab qo`ydi, deb mubolag`a 

qiladi. Shoir dostonda omonim so`zlardan ham o`rinli foydalanadi. Bir so`z bilan bir necha 

ma`noni ifodalashga xizmat qiladi. 

Yuz uza churuk erdi burun, 

Har yera borsa, barыban ul burun. 

Bu parchada birinchi misradagi «burun» so`zi odam a`zolaridan biri ma`nosida, ikkinchi 

misrada «avval» ilgari ma`nosida. 

XVII-XVIII asrlarning boshqa shoir yozuvchilarida bo`lgani kabi Nishotiiyning «Husnu 

dil» dostonida ham mahalliy shevaga xos xususiyatlar uchraydi. Doston tilida Buxoro va Xorazm 

shevalariga xos so`z va iboralar ham da grammatik unsurlar uchraydi. Masalan, margi nav 

mubarak, himmati eipahdor, husni dilnavoz, Nazi Tannaz kabilar. 

Nishotiy asarlari tilida morfologik jihatdan quyidagi xususiyatlarni uchratish mumkin. 

«Husnu dil» dostonida turlanish kategoriyasi hozirgi o`zbek tilidagidek. Ammo qaratqich 

kelishigining qo`shimchasi –ning, -ing shaklida ishlatiladi.  

Arshnыng astыda erur ganji raz.. 

Qamatыng ag`ushыg`a qыldы nigah. 

Tushum kelishigi qo`shimchasi –ni (-nы, -ы) –i shaklida, chiqish kelishigi qo`shimchasi –

dan, -dыn, -din shaklida keladi: 

Qorqusыdыn tashladы hamlanы sher, 

Kelturung aqli dedi kishvarsitan. 

Navoiy va Fizuliy asarlarida bo`lgani kabi Nishotiy asarida jo`nalish kelishigi 

qo`shimchasi –ga, -a tarzida ishlatiladi: 

Har biriga kam edi bir htirom, 

Har yera borsa, barыban ul burun. 

Inkor ma`nosini ta`kidlovchi –na bog`lovchisi bir necha marta makror qo`llanilgan: 

Onda na zavqu, na huruzu na nur… 

Onda na ilmu na amal, na yaqin… 

Quyidagi misralarda birin-ketin fikrni kuchaytuvchi sifatlashlar berilgan: 

Oti aning vahmi balojo` edi, 

Bad dilu baddin edi, badgo` edi. 

Olmoshlar Nishotiy asarlari tilida hozirgi o`zbek tilidagi olmoshlarga o`xshaydi. Uchinchi 

shaxs kishilik olmoshlari ul, an tarzida, shuningdek, qaysi so`roq olmoshi, nimarsa, kimarsa 

so`roq gumon olmoshlari ishlatiladi. 

Har ne yoq, andыn yaman, andыn yamon, 

Parvarish aylar anы ayvon ara, 

Vah qaysi ayvonki dilu jan ara. 

Nishotiy  tilida ravish –lik affiksi bilan hosil qilinadi. Ravishdosh esa –iban affiksi orqali 

ifodalanadi: 

Talыыnыbanoylaki suvsыz balыq, 

Jan yoq edi anga bugun tanglalыq yordamchi so`zlardan bilan, birla, ila dag`ы 

ko`makchilari: kim, ki, gar, agar, ne, lek kabi bog`lovchilar ishlatiladi. 



-67- 

 

«Husnu dil» dostoni leksikasida uluk, kabir, qapu (eshik), g`ulg`ula, valvala, dag`i, karam 

kabi so`zlar uchraydi. 

Mazkur asar XVII asr o`zbek dostonchiligina emas balki o`sha davr o`zbek adabiy tili 

tarixida ham muhim o`rin egallagan ajoyib she`riy qissa hisoblanadi. 

XVII-XVIII asrlardagi ilg`or adabiyotning o`sib, kmol topishida xalq og`zaki ijodining roli 

katta bo`ldi. Adabiy tilda esa xalq tili unsurlari, sheva xususiyatlari o`z ifodasini topdi. Xalqning 

boy og`zaki adabiy me`rosidan, til boyligidan ta`sirlanish natijasida o`sha davr shoirlari tilida 

frazeologik iboralar, turg`un birikmalar ko`plab ishlatila boshlandi. Bu bilan ularo`z asarlarining 

xalqchinligini, realistik unsurlar bilan sug`orilishini ta`min etganlar. Shoirlar o`z asarlari tilining 

leksik tarkibi, sintaktik qurilishi, umuman uslubini xalq jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirishga 

erishganlar. 

Xorazm adabiy muxiti tarixini ko`zdan kechirsak, badiiy ijod sohasida Abdulg`ozi 

Baxodirxon boshlab bergan ishlar XVII asrdan keyin yanada rivojlandi, keng quloch yoydi, 

an`anaga aylandi. Shu an`anani yuksak pog`onaga ko`targan Munis Xorazmiy katta iste`dod 

egasi buyuk shoir, adolatgo`y tarixchi olim, mohir tarjimon va nozikta`b xatto sifatida el orasida 

shuhrat topdi, e`tibor qozondi. 

U o`z ijodiy faoliyati bilan o`zbek adabiyoti va adabiy tili tarixida salmoqli o`rin tutadi. 

Munis lirik she`rlarini devon sifatida to`shladi. 1815 yilda 16892 misrani o`z ichiga olgan katta 

devonga tartib berdi. Uni «Munisul-ushshoq» deb atadi. Shuningdek, 1804 yili yozuv san`atiga 

bag`ishlangan «Savodi ta`lim» she`riy asarni bitdi. Tarixchi olim sifatida «Firdavsul-iqbol» 

asarini yozdi. XV asr tarixchisi Mirxondning «Ravzatus safo» asarini o`zbek tiliga tarjima 

qilgan. Mnuisning «Firdavsul-iqbol» (Baxt bog`i) asari Xiva xonlari tarixiga bag`ishlangan. 

Unda 1812 yilgacha bo`lgan davr yoritilgan, keyingi voqealar esa Munisning jiyani Ogahiy 

qalamiga mansub. 

Munis o`z adabiy ijodida ham, asarlarining tili va uslubida ham Alisher Navoiyni o`ziga 

pir, ya`ni ustoz sanadi. U til va uslubida Navoiy an`anasini davom ettirgan holda, hammaga 

tushunarli tilda yozishga harakat qilgan. 

Munis o`z asarlari tili ustida qunt bilan ishlab, badiiy vositalarning deyarli hamma 

turlaridan ijodiy foydalangan. Masalan:  

Yыqmasun mazlumlar ashki binoiy davlating, 

Qilma zulm, ey shohki, bordur afati devar suv. 

Shoir bu baytda shohlar saroyining devoriga yozilgan kishilar ko`z yoshini bu devorni 

yiqituvchi suvga o`xshatgan. 

Qaf tag`ы bilan hamsang etmish, 

Har qadamnы necha farsang etmish. 

Kabi mubolag`alardan foydalangan. 

Munis o`z asarlarini sodda, ravon, tushunarli va ta`sirchan bo`lishi uchun kurashib, ularda 

xalq iboralari va maqollarini ko`p qo`llaydi. Masalan: 

Ahbab tapdы vaslingu yad etmadi meni, 

Chindur bu so`zki, yoq xabarы toqnыng achdыn. 

Shoir o`z asarlarida o`sha davr uchun xos bo`lgan badiiy vosita sifatida aqli donish, guli 

gulshan, otashin ishqing, ganju husun, guli latif, mehrobi tarh, motomi oshifta kabi izofali 

qurilmalardan ko`p foydalandi. 

Munis Xorazmiy asarlaridagi o`ziga xos tomonlaridan biri uning xalq so`zlashuv tilida 

mavjud bo`lgan leksik boyliklardan ustalik bilan foydalanishdir. Masalan: umach, atala, tang, 

lang, hamsang, yavg`an, taqir-tuqir, shaqr-shuqur, qabag`, tapuq, qopu, evur, evrulay, evurdi, 

yurusa, yurimoq, batan kabi so`zlar Munis asarlaridan anchagina uchraydi. Bu xil so`zlar 

asarning tanqidiy-satirik kuchini, badiiy qimmatini ancha oshiradi va uni soddalashtiradi.  

Bulardan tashqari Munis asarlarida turli grammatik shakllarini uchratamizki, ularning 

ba`zilari hozirgi adabiy tilimizdagi morfologik belgilardan qisman farq qiladi. 

Munis asarlari tilida qaratqich kelishigi qo`shimchalari –ning, -nыng, -nung, -nun, -nig 

tarzida qo`llaniladi. 


-68- 

 

Munыng birla qыlmayыn zulmu azar, 

Itining julidin kimsaga sajjada bo`lurmi? 

Tushum kelishigi qo`shimchasi –na va –n shaklida uchraydi. 

Kesib boshlarыn mahv etib namыnы

Ayaq astыg`a tashlab ansanmыnы… 

Jo`nalish kelishigi uchun –g`a, -gə, -qa, -kə, -a, -ə affiksli formalar, chiqish kelishigi uchun 

–dыn, -din, -tыn, -tin qo`shimchalari qo`llanadi: 

Behudlыg` alamыng`a tushdim… 

Kimga dod aylayki, bir begi xumayunfal… 

Mamlakat g`ыlmangыz nuqsanima gar bolsangiz vaqif. 

Na qullardыn manga bir itcha ikram 

Xasm atanы og`ыlg`a, og`lыn atadыn bashqalab. 

Munis asarlari tilida o`g`uz tilining ba`zi unsurlari ham uchraydi. 

Alisher Navoiy asarlarida bo`lgani kabi Munis asarlari tilida –mish affiksi va u orqali 

yasalgan sifatdosh va o`tgan zamon fe`l shakllari uchraydi. Masalan: 

Faramush olmыsham ahbob yadыdыn aningdekim… 

Valolar ichki kim salmыsh firoqing. 

Munis asarlari tilida bol fe`li bilan birga xuddi shu man`noda ol fe`li ham ishlatiladi. 

Masalan: Gulshanda gul olsa har ham bolg`usыdыr. 

Navoiy va Bobur asarlarida bo`lgani kabi birinchi shaxs birlikda tuslangan fe`lning 

bo`lishsiz shakli –man affiksi bilan berilgan: Har necha qilsam taammul bilman aning illatin. 

O`tgan zamon ravishlarining –ban affiksi bilan yasalgan shakli ham uchraydi: uop yebon 

hayvan kibi tanni semirturmak iedur. 

Kelasi zamon fe`li –g`ay, -gay affikslari bilan yasaladi: qilmag`ay ul shu`la dudы 

rog`arыng qap-qara. 

Kishilik olmoshining uchinchi shaxs birligi on, an shaklida uchraydi: anыng bedadыn 

boldы ajal tufrog`iga nayab. Munis asarlari tilining o`ziga xos tomoni shundaki, unda qo`shma 

va murakkab so`zlar ishlatiladi: lekin, vagarna, valek, magarki, vagar kabi. Vagar ul nokas 

in`amыn alsa XVII-XVIII asrlardagi o`zbek adabiyoti va adabiy tili rivojlanishida Nishotiy va 

Munisning roli juda katta bo`ldi. Ularning asarlari tilining badiiyligi alohida e`tiborga sazovardir. 

Misralari quruq, ilang`och holda emas, balki mumkin qadar ma`noli va chiroyli so`zlar bilan 

boyitishga intiladi. Nishotiy va Munis o`z asarlari tilining leksik tarkibi, sintaktik qurilishi, 

umuman uslubini xalq jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirishga erishganlar. Xalqning boy og`zaki 

adabiy me`rosidan, til boyligidan ta`sirlanib ular asarlarida frazeologik iboralar, turg`un 

birikmalar, ko`plab ishlatilgan. Ular she`r san`atining etuk vakili sifatida ish olib borgan va 

zamondashlariga hamda o`zidan keyingi shoirlarga o`rnak bo`larli darajada badiiy yutuqlarga 

erishganlar. 

Haqiqatdan ham Munis va Nishotiy o`z zamonasining adabiy doirasida ahli donishlarning 

shohi va o`z ona tilining buyuk himoyachilari edi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Tursunov U., O`rinboev B. Aliev A. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 

2. Tursunov U., O`rinboev B. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982. 

3. O`zbek pedagogikasi antalogiyasi. T`oshkent, O`qituvchi, 1995. 



4. Abdullaev V.A. O`zbek adabiyti tarixi. Toshkent, O`qituvchi, 1967. 

 

XV-XIX asrlardagi lug`at va grammatik asarlarining adabiy tilini 

me`yorlashtirishdagi roli 

REJA: 

1.  Alisher Navoiyning «Muhokamatul lug`atayn» asari haqida. 

2.  «Muhokamatul lug`atayn» asarining til tariqqiyotidagi o`rni. 

3.  XV-XIX asrlarda yaratilgan lug`atlar. 



-69- 

 

4.  Lug`at va grammatik asarlarining taraqqiyotidagi o`rni. 



 

O`zbek adabiyoti tilining lug`at tarkibidagi so`zlar tarixiy shakllanish jihatidan faqat turkiy 

tillarga xos bo`lmay, balki fors-tojik, arab, mo`g`ul, rus, uyg`ur tillari orqali kirib, o`zlashtirilgan 

so`zlardan iboratdir. 

Jahonda hech bir til yo`qki, uning lug`ati o`z so`zlaridan tashkil topgan bo`lsin. O`zbek 

adabiy tili va shevalarida boshqa tillardan kirgan so`zlar ham, og`zaki so`zlashuv orqali, kitobiy 

til orqali o`zlashgan. 

Biror yaxshi lug`atning paydo bo`lishi milliy nutq madaniyatining taraqqiyotida muhim 

rol` o`ynadi. O`zbek tilshunosligida lug`atchilik katta tarixga egadir. 

Arab tilshunosligida va uning an`analari bilan yuzaga kelgan turkiyshunoslikda bir necha 

asrlardan buyon leksemalarni maydon asosida tartiblash odat tusiga kirgan. Jumladan, Mahmud 

Qoshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asari o`ziga xos boy leksikografik manbalar yutuqlaridan 

ijodiy foydalangan holda yaratilgan. Shuningdek, Z.M.Boburning «Voqeonoma» asarida ham 

tematik lug`atlarning ma`lum elementlari mavjud. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy 

o`zining lug`atchilik va grammatika sohasidagi boy tajribasini «Muhokamatul lug`atayn» asarida 

umumlashtirib ko`rsatdi. Unda o`zbek va fors-tojik tillarining lug`atlarini qiyoslab, o`zbek 

tilining ustunliklarini ko`rsatdi. 

Navoiy davrida va undan keyin uning asarlari tili haqida bir qancha lug`atlar va grammatik 

asarlar tuzildi. Ularda Navoiy tilidagi leksik va grammatik materiallar to`plandi. 

«Muhokamatul lug`atayn» asarida o`zbek tili bilan fors-tojik tili bir-biriga chog`ishtiriladi. 

Navoiy o`zbek adabiy tili lug`atini so`z va terminlar bilan boyitar ekan, ularning hamma uchun 

tushunarli bo`lishiga erishish, nutqdagi holatni ko`rsatish maqsadida o`zining va 

zamondoshlarining asarlaridan misollar keltirib izohlaydi. Masalan: turkiycha holning kattasini 

«meng» deb atalishini izohlashda quyidagi baytni keltiradi:  

Anыng kim, engində meng yarattы, 

Boyы birie sochыnы teng yarattы. («Muxabbatnoma»dan). 

Alisher Navoiy tomonidan kiritilgan so`zlarning ko`pchiligi kelib chiqish jihatidan 

o`zbekchadir: sөz, til, qoshыq kabi.  

Navoiy o`zbek tili lug`atidagi oddiy, betakror, lug`aviy birliklarni va ohang vositalarini shu 

qadar ustalik bilan qo`llaydiki, buning natijasida chiroyli o`xshatish, sifatlash va istioralarsiz 

ham nozik his-tuyg`ularni, kechirmalarni aniq, ravshan ifodalaydi. Navoiyning adabiy tili u 

yashagan davrdagi umumxalq o`zbek tilining o`zi edi. Bu adabiy tilining tarkibi uning ulug` 

boyligi, fonetik va grammatik qurilishi ancha ilgariroq shakllangan edi, o`zining leksik, fonetik 

va morfologik xususiyatlari jihatidan hozirgi o`zbek adabiy tiliga yaqin bir shaklda tashkil 

topgan edi. Bu adabiy tilning fonetik tuzilishida ayrim o`zgarishlar yuz beradi: i, m tovushlari 

qat`iylashadi. Singormanizmning tanglay uyg`unligi va lab uyg`unligi hodisalari (borduq, 

kelduk, yo`lg`a, ko`zga, yaxshiroq, kichikroq, ko`zum, tilim kabi) garchi saqlangan bo`lsa ham, 

ammo lab ohangdoshligining buzila boshlaganligi ham kuzatiladi. 

Kunrdungiz-ko`rdingiz, so`zunuz-suzungiz-so`zingiz, ko`zumning-ko`zimning, o`lturmish, 

ko`rmish kabi. 

O`zbek adabiy tilining lug`at tartibi asl turkiy so`zlar bilan birga arab, fors-tojik tillardan 

qabul qilingan juda ko`p yangi o`zlashtirma so`zlar bilan boyitdi, bu so`zlar juda ko`p 

qo`llaniladi. O`zbek adabiy tilining morfologik va sintaktik qurilishi ham hozirgi o`zbek adabiy 

tiliga yaqin tarzda rasmiylashdi, unda yagona umumiy adabiy grammatik shakllar yuzaga kelib, 

takomillasha boshlaydi, bir xillikka tomon taraqqiy etish yo`nalishi tezlashadi. 

Navoiyning lisonis qarashlaridan eng muhimlari tio va tafakkurning umumiy masalalari, 

mazmun bilan shakl birligi kabilardir. 

Navoiyning tilning lug`ati boyligi, lug`aviy birliklarining turlicha uslubiy maqsadlarda 

qo`llash haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. U ikki tilning lug`atini bir-biri bilan qiyosiy 

tarzda o`rganar ekan, fors-tojik tilida muqo`ila bo`lmagan ko`plab o`zbek so`zlarini keltiradi. 

Buning uchun dastlab fe`lning 100 ta harakat nomi shaklini keltiradi: quvormoq, quruqshamoq, 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling