Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.Muxtorov., U.Sanaqulov.
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 4. Ne`matov.
- XVI asr va XIX asrning birinchi yarmi o`zbek adabiy tili REJA
-57- 3. Navoiy o`zbek tilining so`z yasalishi borasida ustunligini ko`rsatib, «Muhokamatul- lug`atayn»da o`zbek tilidagi so`z yasalishi borasida ustunligini ko`rsatib, «Muhokamatul- lug`atayn»da o`zbek tilidagi so`z yasalishi haqida qimmatli fikrlar bildirdi. Ayniqsa, uning ot yasovchi –chы/-chi, vul affikslari haqida fikrlari diqqatga sazovordir. 4. O`zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir original fikrlar mavjuddir. Navoiy u, v va i, e tovushlarining turlicha talaffuz etilishlari natijasida so`z ma`nolarining o`zgarishini quyidagicha ifodalaydi: «Va ko`k lafzin ham necha ma`ni bilan iste`mol qыlurlar. Biri ko`k-asmannы deyarlar, yana ko`k ahangdur, yana ko`ktegrada ko`klamdur, yana ko`k sabza va alangnы dagы derlar». 5. O`zbek va fors-tojik tillarini chog`ishtirish jarayonida o`zbek tili uslubiyatiga xos xususiyatlarni ham bayon etadi. O`zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, o`zining qaysi janr va uslubda asarlar yozganligini alohida ta`kidlaydi. Navoiy o`zi aytgandek, so`zlarining martabasi yuqorilikdan pastga tushmaydi. Uning asarlari qayta-qayta nashr etilib, xalqimiz tomonidan chuqur o`rganilmoqda. A.Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida yozgandek, so`z bir dur bo`lib, uning daryosi ko`ngildur. Bu shuncha o`xshaydiki, gavhar daryodan g`avvos vositasi bilan chiqazilmadi. Uning qiymati esa toshiga qarab ma`lum bo`ldi. So`z duri ham ko`ngildan so`zga chechan kishi vositasi bilan nutq sharafiga erishadi, uning qiymati ham o`zining shuhrat qozonadi va hamma yoqqa yoyiladi. Buyuk shoir fikridan shu anglashiladiki, so`z qiymati o`zi tashigan ma`nosiga ko`ra baholanadi. Umuman, A.Navoiy tilining tovush tarkibini aniqlashda birdan-bir tarkibini aniqlashda birdan-bir manba uning o`z so`zlaridir. U o`zining «Muhokamatul-lug`atayn» asarida tovushlar tavsifini berishda qiziq bir usulda foydalangan. A.Navoiy unli tovushlarning turlicha talaffuz haqida gapirib, yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo`lgan so`zlardan bir nechtasini misol keltiradi va ularga etarli izoh beradi. Navoiyning ko`rsatishicha, u, v, i, e (ey) harflari fors tilida qofiyadosh so`zlarning faqat ikkitasida kelishi mumkin. Masalan: dud-xud, nur-zo`r, shir-bir kabilar. Turkiy tilda esa bu harflarning har biri uch-to`rttadan qofiyadosh so`zlarda kela oladi. Masalan, u v(vov) harfi to`rtta qofiyadosh omonimda kela oladi: ut (moling tukini olovda kuydirish), ut (yutmoq), ut (olov), ut (o`tmoq). Navoiy yashagan davrda o`zbek adabiyoti, o`zbek adabiy tili yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tariladi. Bu adabiyot va adabiy tilining rivojlanishida Xorazmiy, Gadoiy, Yaqiniy, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy va ayniqsa, Lutfiy o`z asarlari katta hissa qo`shdilar. Bu haqda Navoiy shunday deydi: «… Xuloguxon (Haloku xon) zamonidin, sultani sohibqiron Temur Ko`ragan zamonidin farzandi Xalofi Shohruh Sultanning… Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy, Amiriy va Gadoiydek va Forsiy mazkur bo`lg`on shu aro muqobalasida kishi paydo bo`lmadi, bir Mavlono Lutfiydin o`ga kim bir nechta matla`lari borkim, tab` ahli qoshida o`qusa bo`lur». Shunga qaramay, o`zbek adabiyotida hali badiiy g`oyaviy jihatidan yuksak asarlar juda kam edi. O`zbek adabiy tili va jonli so`zlashuvning, tilining boy imkoniyatlari hali to`laligicha namoyon bo`lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboratda bu nav` daqoyiq ko`p durkim, bu kunga degancha hech kishi haqiqatg`a mulohaza qilmagan jihatdan bu yashirun qolubdir». Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko`p asrlik katta taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan edi, uning lug`at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang barangligi va imkoniyatlari buyuk so`zsan`atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan edi. Fors- tojik tili va adabiyoti haqida, uning imlo-qofiya va lug`ati haqida bir qator kitoblar jazkiralar ham yaratilgan edi. Shu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she`rlar bitish asarlar yozish birmuncha osonroq va engilroq ko`rinar edi. Hatto ko`pgina o`zbek yozuvchi-shoirlari ham o`z
-58- asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy tilida qayd qiladi: «Va hunarsiz turkning sitam zarif yigitlar osonliqqa bo`la forsiy alfoz bila nazm ayturg`a mashg`ul bo`lub turlar». Holbuki, turkiy elatning nufuzi ancha ko`paygan, mavkei kengaygan bir davrda mamlakatda ko`proq xalq bilan xalq tilida so`zlashishi lozim edi. Buning ustiga, o`zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini tashqari, xalqining asosiy ko`pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi. Buni yaxshi tushungan Navoiy «Arbani» asarida bunday deydi: Forsiydur aylabon idroq, Oriy erdi bu naf`din atrok. Istadimki, bu xalq ham bori`, Bo`lmag`aylar bu naf`din oriy. Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo`lgan ikki tilni bir- biriga qiyoslab o`rganish orqali o`zbek tilining ham boy tillardan bo`lib, g`oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlaydi. «Muhokamatul-lug`atayn» da muallif tilning lug`at boyligi, fonetik, tuzilishi va grammatik shakllari bilan birga so`z va iboralarning uslub xususiyatlarini, predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham, qisqa va aniqroq ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi.
REJA: 1. XVI asrda o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti. 2. M.Boburning «Boburnoma» asarining tili va uslubi. 3. M.Soliqning «Shayboniynoma» asarining tili va uslubi.
XVI asr o`zbek adabiy tili taraqqiyotinin o`rnashishda Zaxriddin Muxammad Bobur Muxammad Soliq asarlari tilining ahamiyati kattadir. Zaxriddin Muxammad Bobur dunyoviy adabiyotning go`zal immunalarini yaratgan lirik shoir va zo`r ilmiy-tarixiy qimmatga ega bo`lgan memuar asar «Boburnoma»ning muallifidir. Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri-tilining soddaligidir. U o`z asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarni ham shunday yozishga chaqirdi. Bu haqida Boburning o`z o`g`li Xumoyunga yozga xati ajralib turadi. O`g`lining dabdabali uslubda yozgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: «Mundыn narы betakalluf va ravshan va pak alfaz bila biti, qam sanga tashvish azraq bolur ham oңug`uchыg`a». Boburning sodda uslub va til bilan yozishni talab etishi va shunga o`zining amal qilishi ijobiy xodisadir. Bobur parallelizm, tazod, laf va nashr, o`xshatish, mubolag`a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni yaxshiroq yoritishga erishdi. U xalq boyliklarini, xalq og`zaki ijodidagi askiyachilik maxoratini yaxshi o`rgandi. Natijada u omonim va polisemantik so`zlardan hamda so`z o`yinlaridan ustalik bilan foydalanib, o`zbek tilida tuyuqning ajoyib namunalarini yaratdi. Qadыmnы firaq mexnati ya qыldы (eydek egdi). Kunglum g`amu anduq otыg`a yiqыldыyu (kuydi). Halыmnы sabag`a aytыb erdim, ey gul. Bilmam, senga sharq qыlmadы ya qыldы (eki qildi). Badiiy asar namunasi bo`lgan «Boburnoma» ham o`z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozgandir. Boburning bu asari juda qimmatli tarixiy-badiiy asar bo`lib, unda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi ahvoli, -59- jo`g`rofiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti o`z aksini topgan. Bu asar XV asr oxiri XVI asr boshlaridan tarixiy voqealarni to`g`ri aks ettirishi jihatidan qimmatli bo`lib qolmay, u o`sha davrdagi o`zbek tili ahvolini o`rganish uchun ham muhim manba hisoblanadi. Muallif «Boburnoma» asari orqali xalq jonli tilining boyliklarini chuqur o`rganib va egallab olganligini, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun harakat qilganligin ko`ramiz. Bobur tilo boyligining oshishiga va tilning sodda bo`lishiga, barqaror qo`llanilmagan ko`p ishlatishga harakat qiladi va ulardan o`rinli foydalanadi. «Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollariga hamda ta`birlarga katta e`tibor beradi. Unda faqat o`zbek maqollarigina emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham uchratamiz.Ular asar tilining shirali, ommaga tushunarli bo`lishi uchun xizmat qilgan.
«Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi, soddaligi va ravonligidir. Buning uchun shoir so`zlarni tanlab ishlatishga, oz so`z bilan ko`proq fikrni bayon etishga xarakat qiladi. O`zbek tilining so`z boyligidan samarali foydalanib, undagi sinonim, omonim va antonim so`zlarni keng va o`rinli ishlatadi. Asarning tili o`zining quyidagi xususiyatlari bilan ham ajralib turadi: 1. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –dыn/-din, -tыn/-tin affikslari orqali yasaladi. Qolgan kelishiklar hozirgi o`zbek tilidagi kelishik qo`shimchalariga o`xshashdir. 2. «Boburnoma»da sifat yasovchi –li otlar yasash uchun –lыg`/-lig, -luq/-luk affikslari ishlatiladi. Masalan: Bu ataluq, og`ulluq Tambalg`a arqalanыb, bunday harakatlar bunyad qыldыlar. 3. «Boburnoma» tilida hozirgi o`zbek tiliga xos bo`lgan –ta bilan yasalgan donalik sonlar, - tadan bilan yasalgan ulush sonlar –tacha bilan yasalgan chama sonlar –lab bilan yasalgan chama –ulushi sonlar uchramaydi. 4. Uchinchi shaxs kishilik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi shakli namoyon bo`ladi: ul-anы, anыng, anga, andыn. Hozirgi o`zbek tilidagi so`roq olmoshlaridan tashqari, ne, nechuk qatu olmoshlari mavjud. 5. Hozirgi o`zbek tilida ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda hozirgi tilimizda bo`lmagan arsu, orti ravishlari juda ko`p ishlatiladi. 6. «Boburnoma»da qo`llangan so`ng ko`makchilar hozirgi o`zbek tilidagiga o`xshaydi. Lekin unda sayыn ko`makchisi bilan bir qatorda sayы ko`makchisi «bilan» ko`makchisining bila, birla, ila, la muqobillari mavjud. Old va yan ko`makchilar o`rnida ko`proq qash ko`makchisi ishlatiladi. Masalan: Sangralar Sulton Maqmudxan qashыg`a bardы. 7. «Boburnoma» tilida o`timli fe`llarning majxul darajadagi shakli tushum kelishigidagi otlarni boshqarish xususiyatiga egadir. Bu shakl o`zbek tilida uchramaydi. Masalan: Urdunыng va urdu otrusыn mazbud va mustaxkam qыlыldы. Hozirgi –kelasi zamon fe`li –dur affiksini qo`shish bilan yasaladi: keladurman, keladursan kabi.
8. «Boburnoma»dagi bog`lovchilar hozirgi bog`lovchilarga qisman to`g`ri keladi. Unda kyapincha dag`ы, vale, vaya bog`lovchilari ko`proq ishlatiladi. «Shayboniynoma» dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uning Qosim nomli kotib tomonidan ko`chirilgan nusqasi Venada saqlanmoqda. Dostonni shu nusqa asosida G.Vamberi 1885 yilda nemis tilida nashr etadi. 1904 yilda turkolog olim P.M.Melioranskiy chop ettiradi. Faqat 1961 yilga kelib «Shayboniynoma»ning o`zbekcha tanqidiy matni tayyorlanib, nashr etiladi. «Shayboniynoma» tarixiy dostonchilikning to`ng`ich asari bo`lib, unda muayyan tarixiy voqealar hikoya qilinadi. Dostonda realizm badiiy eng muhim xususiyatlaridan biriga aylangandir. Bu holat dalillarning mazmunidagina emas, balki ularni bayon etish va ifodalashning badiiy usullarida, badiiy til vositalarida, xullas, mazmun bilan shakl birligida ko`rinadi. Muhammad Soliq adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, bu til xazinasidan foydalanib, adabiy tilni boyitishga, adabiy asarni tushunarli qilishga intildi.
-60- Badiiy til vositalarini yaratish uchun shoir o`zbek tilining so`z boyligidan va grammatik xususiyatlaridan unumli foydalandi. Unda quyidagi grammatik xususiyatlarni ko`rish mumkin: 1. «Shayboniynoma» tilida tushum kelishigi –ni, -i affiksi bilan kelgan: ar`:g``:n`:, el qach`:sh`:n, shahar hal`:n, so`zumni kabilar. Jo`nalish kelishigi uchun –g`a, -a affikslari ishlatilgan: yaxshiraq sen menga o`z o`g`l`:md`:n, ko`zuma kabi. Chiqish kelishigi –din, -tin affikslari bilan yasalgan. Qush ucha almas edi jarlar`:din Xan an`: quchd`: vav opti yuziddin. 2. «Shayboniynoma»da sonlar hozirgi o`zbek tilidagi kabi shakllarga ega. Faqat tartib sonlar –inch affiksi bilan yasaladi: to`rtinchi kabi. «O`n ming» ma`nosida tuman, «Yuz ming» ma`nosida esa lak, million ma`nosida yuz lak so`zlari ishlatiladi. 3. Asar tilidagi kishilik olmoshlari hozirgi kishilik olmoshlariga to`g`ri keladi. Faqat uchinchi shaxs «ul» olmoshi bilan birga «ani, anы» shakllari ham uchraydi. Gumon olmoshi sifatida hozirgi olmoshlardan tashqari kimsa, kimarsa, falon so`zlari ham keladi. Masalan: kelfalan kecha, falan kocha sarы. Hozirgi so`roq olmoshlaridan tashqari asar tilida ne, nelar olmoshlari ham bor. 4. Fe`l, uning grammatik kategoriyalari, ma`nolari asar tili bilan hozirgi o`zbek adabiy tilida bir xillikka ega bo`lsa ham, ba`zi farkli tomonlari ham bor. Buyruq fe`lining ikkinchi shaxs birligi –g`ыl/-gil affikslari orqali yasaladi: dergil, o`turg`ыl, qopg`ыl, -g`il/-gil affikslari o`rnida -gin/-g`in affikslari ham qo`llangan, bu ko`chmanchi o`zbeklarda kuchli bo`lgan. Ko`chmanchi o`zbeklar bilan o`troq o`zbeklar tilining chatishish jarayoni asar tiliga bu shaklning kirishiga sababchi bo`lgan. 5. «Shayboniynoma» tilidagi ravishlar hozirgi ravishlarga o`xshaydi ammo hozirgi tilda uchramaydigan anda, asru, g`aliyba, filxal ravishlari ham bor. Masalan: bar emish anda qamish asru qalыn. Anda ravishi ba`zan ko`plik qo`shimchasini ham oladi: andalar. 6. Hozirgi o`zbek tilidagi ko`makchilardan tashqari asarda qatыda, qashыda, uza, bikin, tegru, degin, tegi, burna kabi ko`makchilar ham uchraydi: xan qatыda, ulus qashыg`a, taxtы uza, shaharning tegrasiga xan kelishidan burna kabilar. 7. Asar tilida hozirgi bog`lovchilardan farqli vale, lek, yo`q ersa, yo`q esa, gar, chu, chun bog`lovchilari bor. Masalan: O`fkalarman yoq esa banda senga. Lek el andin emasdur xushnud. Chun bu so`zlarni eshitti sulton… Muhammad Soliq ushbu asarida forscha, arabcha so`zlarni kam ishlatishga, mumkin qadar jonli tildagi so`zlarni ko`proq ishlatishga harakat qiladi. «Shayboniynoma»da bir kancha zoonim, oronim va o`zbekcha toponimlarni uchratamiz. Unda Adaq, Alvand, Andaxud, Ashkamish, Varzob, Qavirxon, Qo`xaq, Taysun, Tashqon kabi jo`g`rofiy nomlar ham uchraydi. Bobur o`zining asarlari bilan til donishmandi bo`lganligining va til boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan foydalanganligini ko`rsatadi. Natijada o`zbek badiiy nasri etarli tajribaga ega bo`lmagan bir davrda bu sohada katta muvaffaxiyatni qo`lga kiritdi. Zahariddin Muhammad Bobur tilida bo`lgan soddalik, ravonlik va ixchamlik XVII asrda Ablug`ozi Bahodirxon tomonidan yozilgan «Shajariy turk» va «Shajariy tarokima» asarlarida davom ettiriladi. Muhammad oliq Alisher Navoiyning adabiy til taraqqiyoti uchun kurash yo`lini davom ettirgan shoirlardan biridir. U «Shayboniynoma» dostonida o`zbek adabiy tilining so`z boyligi va jonli tildan foydalanib, grammatik shakllarning barqarorligi uchun intildi. Doston xalqimizning sevimli asarlaridan biri bo`lib qolishiga sabab ham ana shunda.
-61- 2. Abduraxmanov G`., Mamajanov S. O`zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995. 3. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali. 1992 yil, 8-son. 4. Ne`matov. O`zbek tilining tarixiy fonetikasi. Toshkent, 1996. 5. Irisqulov K. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1985. 6. Aliev A., Sodiqov Q. O`zbek tilshunosligi tarixidan. Toshkent, 1998.
REJA: 1.
XVI asr o`zbek adabiy tili taraqqiyotini o`rganishda Bobur asarlari tilining ahamiyati. 2. Abdulg`ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarining fonetik, leksik va morfologik xususiyatlari. 3.
Muhammad Hoksorning «Muntahabul lug`at» asarining o`zbek adabiy tili ilmiy atamashunosligidagi roli. 4. Gulxaniy asarlarining tili va uslubi. O`rta Osiyoning siyosiy, madaniy hayotida ro`y bergan tushkunlik XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida yana chuqurlashdi. Feodal jamiyatning iqtisodiy-siyosiy hayotida kuchli tanglik holati vujudga keldi. Shayboniylardan keyingi hukmronlik qilgan ashtarxoniylar ham bu o`lkada umumiy osoyishtalik, obodonlik va madaniy taraqqiyotning garovi bo`lishi markazlashgan hukumat tuza olmadilar. O`rta Osiyo uch xonlik va bir necha mayda beklarga bo`lingan edi. Bu xonliklar o`rtasida qonli kurashlar davom etdi. Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalariga tayangan holda rivojlandi. XVII-XIX asrlardagi o`zbek adabiy tilini o`rganishda o`sha davrdagi yaratilgan tarix asarlari, tazkirlar, shoirlarning ijodlari asosiy manbai bo`ldi. XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo tarixchilari tarix va jo`g`rofiyaga doir bir qancha asarlar yaratdilar. Said Muhammadtoo`ir bin Abuqosimning «Ajoyibut-taboqat», Abulqosim bin Shohmirzo ibn Sa`dulla ar Xusayniy al-Kosbaviyning «Natoyijul fikr», Abulg`ozi Bohodirxonning «Shajarai-turk», «Shajari-tarokima», Muhammad Amin Yaroqchining «Muhituttovarrih», Mullo Sharofiddin A`lam ibn Nuriddin Oxund Mullo Farhod Samarqandiyning «Tavorixi-kasira», «Tarixi Roqimiy», Mahmud ibn Valining «Bahrul-asror fi monoqibul aher», Suxayloning «Imomqulinoma», Muhammad Xoksorning «Muntaxabatul- lug`at» kabi tarixiy, jo`g`rofiy, ilmiy asarlari shu davrning mahsulidir. Bu asarlar XVII-XVIII asrlarga doir siyosiy leksika va ilmiy atamashunoslik bilan tanishishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. O`sha asrlar adabiy tilini o`rganishda mazkur davrda yashab ijod etgan shoirlar ijodi ham etarli manba bo`ldi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Turli Farog`iy, Boborahim Mashrab, Mavloni Vafo, G`oziy, Shavqiy, Mujrim Obidlar munosib hissa qo`shdilar. Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an`anasi bilan birga, g`arbiy adabiy til shakllari ham uchraydi. Bu narsa Fizuliy she`riyati tilining ta`siri natijasida paydo bo`lgan. Zohriddin Muhammad Bobur dunyoviy adabiyotining go`zal namunalarini yaratgan lirik shoir va zo`r ilmiy-tarixiy qimmatga ega bo`lgan memuar asar «Boburnoma»ning muallifidir. -62- Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri-tilining soddaligidir. U o`z asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarini ham shunday yozishga chaqirdi. Bu haqda Boburning o`g`li Xumoncha yozgan xati ajralib turadi. O`g`lining dabdabali uslubda yozilgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: «Mundыn narы betokalluf va ravshan pak alfaz bila biti ham sanga tashvish azroq bolur, ham oqug`ыchыg`a». Bobur xalq tili boyliklarini, xalq og`zaki ijodidagi askiyachilik mahoratini yaxshi o`rgandi. Natijada u omonim, polisemantik so`zlardan hamda so`z o`yinlaridan ustalik bilan foydalandi. O`zbek tilida tuyuqning ajoyib namunalarini yaratdi: Qadыmnы firoq mehnati ya qыldы, Qo`nglim g`amu anduh otыg`a yaqыldы. Xalыmnы sabag`a aytib erdim, ey gul, Bilman, senga sharh qыlmadы, ya qыldы. «Boburnoma» asarning mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari hamda ta`birlariga katta e`tibor beradi. Unda faqat o`zbek maqollari emas, balki fors-tojik tili maqolalarini emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham uchratamiz. Ular asar tilining shirali, hammaga tushunarli bo`lishi uchun xizmat qilgan: Masalan: Kapdug`anыnы qapmasa, qarыguncha qayg`ur. Ko`zlarini to`z tuttы. Dushman ne demas, tunka ne kirmas. Asar tili o`zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –dыn/-din, -tыn/-tin affikslari orqali yasaladi. Qolgan kelishiklar hozirgi o`zbek tilidagi kelishik qo`shimchalariga o`xshashdir. Masalan: Andijon suyы Oshtыn kelur. Aksi suyы Qasandin kelur. Lekin «Boburnoma»da qaratqich bilan tushum, o`rin-payt bilan jo`nalish o`rin-payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o`rnida qo`llanaveradi: Xojondda kelib edi. Jahongir Mirzaqa, Tanbal taqasiga kelib edi. Mavhum egalik ma`nosini ifodolovchi –niki affiksining vazifasini qaratqich kelishigining qo`shimchasi –ning orqali ifodalagan: har viloyatkim musahhir bolsa, chahar lang mirzaning bolg`ay, du dang aning. 2. «Boburnoma»da sifat yasovchi –li affiksi uchramaydi. Nisbiy sifat va mavhum otlar yasash uchun -lыg`/--lig, -luq/-luk affiksi ishlatiladi. Masalan: Bu ataluq, o`g`umluq Tambalg`a arqalanib, bunday harakatlar bugiyad qыldыlar. Asarda –lar affiksi olgan «yaxshi» sifati ma`lum darajada ishlatiladi. O`zga tufang andazlar atmaqqa korsatib yaxshilar atdilar. «Boburnoma» tilida hozirgi o`zbek tiliga xos bo`lgan –ta bilan yasalgan donolik sonlar, - tadan bilan yasalgan ulush sonlar, -tacha bilan yasalgan chama sonlar, -lab bilan yasalgan chama-ulush sonlar uchramaydi. Uninchi shaxs kelishik olmosh son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi shakli namoyon bo`ladi: Ul-anы, anыng, anga, andыn. Hozirgi o`zbek tilidagi ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda hozirgi tilimizda bo`lmagan asru (ko`p), otro` (ro`baro`) ravishlari ko`p ishlatiladi. Hozirgi kelasi-zamon fe`li –dur affiksini qo`shish bilan yasaladi. Keladurman, keladurgan. Buyruq-istak maylining I shaxs shakli-aling bilan yasalgan fe`llar keng tarqalgan. Masalan: Xon qashыg`a Tashkentga baraling. «Boburnoma»dagi bog`lovchilar hozirgi bog`lovchilarga qisman to`g`ri keladi. Unda ko`pincha dag`ы, vale (lekin), vaya (yoki) bog`lovchilari ko`proq ishlatiladi. Abulg`ozi Bohodirxonning «Shajarai turk» asari o`zining grammatik qurilishi, lug`at tarkibi bilan so`zlashuv tiliga yaqin turadi. Hatto Abulg`ozi asarlarini muallif tomonidan mohirlik bilan badiiy qayta ishlagan xalq so`zlashuv tili namunasi desa bo`ladi. Abulg`ozi o`z asarlarida xalq maqollaridan ham o`rinli foydalanganligini ko`ramiz. Masalan: o`z kindigini o`zi kesir tegan, atang evi yav chapsa, birga chap tegan turur qara so`zi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling