19. Kimlarning istilosi oqibatida butun Sharqda shuhrat topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to’qish, naqshli shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi?
A) Forslar. B) Yunonlar. C) Arablar. D) Mo’g’ullar.
20. Mo’g’ullar istilosi natijasida qayerning aholisi o’z shaharlarini tark etib chiqib ketdilar?
A) Samarqand B) Buxoro C) Qarshi D) Termiz .
24-§. CHIG‘ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI
1. Chingizxon Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrni kimga topshiradi?
A) Tulu. B) O’qtoy. C) Jo’ji. D) Chig’atoy.
2. Chingizxon vafotidan so’ng (1227) kim mo’g’ullar davlatining ulug’ xoqoni qilib tayinlandi?
A) Tulu. B) O’qtoy. C) Jo’ji. D) Chig’atoy.
3. Chig’atoyxonning ulusni boshqaradigan o’rdasi qayerda edi?
A) Elsuvi (Ili) daryosi bo’yida.
B) Sind (Hind) daryosi bo’yida.
C) Itil (Volga) daryosi bo’yida.
D) Yoyiq (Ural) daryosi bo’yida.
4. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig’atoy kimlar xizmatidan foydalanadi?
A) Ko’chmanchi qabila boshliqlaridan
B) Mo’g’ul zadoganlardan
C) Musulmon savdogarlardan
D) O’ziga bo’ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan
5. Chingizxon Movarounnahrni idora etish ishlarini kimga topshiradi?
A) Mahmud Tavg’ach B) Mahmud Torobiy.
C) Mahmud Yalavoch. D) Mahmud Yazdiy.
6. Mahmud Yalavoch qaysi shaharni o’ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerda turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi?
A) Termiz. B) O’tror. C) Xo’jand. D) Nasaf.
7. Mahmud Yalavoch kimlarga suyanib mo’g’ul xoqonlari talabini ijro qilar va o’zining cheksiz hukmronligini amalga oshirar edi?
A) Mo’g’ul bosqoqlari ixtiyoridagi ko’p sonli askarlarga
B) O’troq aholi ixtiyoridagi ko’p sonli askarlarga
C) Mahalliy zadogonlarga D) Mahalliy chokarlarga
8. Movarounnahrda harbiy hokimiyat, aholini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari qaysi mo’g’ul amaldorlari qo’lida bo’lardi?
A) Qo’shbegi va muhtasib. B) Bosqoq
C) Dorug’achi va tavg’ach. D) Devonbegi va mustovfiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |