25-§. IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
1. Qachon Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga yaqinlashish jarayoni kuchaydi ?
A) XIII asr o’rtalarida B) XIII asr oxirida
C) XIV asr birinchi yarmida D) XIV asr ikkinchi yarmida
2. Mo’g’ulistonning qaysi xoqoni soliq va hashar ishlarini tartibga solish to’g’risida maxsus farmon - yorliq chiqaradi?
A) Kebek. B) Xuloku. C) Munke. D) Shaybon.
3. Yom - bu ...
A) Mo’g’ullar davrida savdo yo’llarida joylashgan bekat.
B) Oltin, kumush, jez va yog’ochdan yasalgan taxtachalar
C) Soliq turi D) Aholidan turli xil yig’im va to’lovlarni olish huquqini beruvchi yorliq
4. Mo’g’ulistonning qaysi ulug’ xoqoni chiqargan maxsus farmonida yomlar bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi?
A) O’qtoy B) Munke C) Tulu D) Botu
5. Mas’udbek tomonidan qachon pul islohoti amalga oshirilgan?
A) 1269-yil. B) 1270-yil. C) 1271-yil. D) 1272-yil.
6. Mas’udbek Movarounnahrning nechta shahar va viloyatlarida sof kumush tangalar zarb ettiradi?
A) 13. B) 14. C) 15. D) 16.
7. Mog’ullar davrida shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida ...
A) Mas’udbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo’ladi
B) Mo’g’ullarning o’troq hayotga o’tishi ahamiyatga ega bo’ladi
C) Mo’g’ullar tomonidan yagona ichki bozorning yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi
D) Munkexon tomonidan o’tkazilgan davlat boshqaruvi islohoti muhim ahamiyatga ega bo’ldi
8. Movarounnahr madaniy o’lkasi bilan mustahkam aloqa o’rnatishga va o’troq hayot kechirishga intilgan Chig’atoy xonlaridan birini aniqlang.
A) Ma’sudbek B) Chig’atoy C) Kebek D) Jo’ji
9. Qachon Chig’atoy ulusida mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi?
A) XIII asr o’rtalarida B) XIII asr oxirida
C) XIV asr birinchi yarmida D) XIV asr ikkinchi yarmida
Do'stlaringiz bilan baham: |