Best scientific research 2022


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/260
Sana28.12.2022
Hajmi1.94 Mb.
#1024418
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   260
Bog'liq
1-1-PB

BEST SCIENTIFIC
RESEARCH - 2022 
282 
Hofiz Xorazmiy “Devon”idagi o‘g‘uz elimentlariga misol qilib o‘g‘uz lahjasida faol 
qo
‘llanilib kelingan isvәnt – isiriq so‘zini ham misol keltirishimiz mumkin: 
Tegmasin nigoh o
‘shal oy yuznga ko‘z tegib, 
Yuzing otashi uzra ko
‘runur xoli ispant. (15-бет) 
Yuzi utsidagi ul dona-yi xolin sevadur
Otashin ishq birla kuygali jonim chu sipand. (15-
бет) 
Ispant 
isiriq “garmala”. Ispant – دنپسا urug‘i va poyasi olovga tutuni ko‘zni 
yoshlatadigan, urug
‘i mayda to‘q jigarrang, isiriqdoshlar oilasiga mansub o‘simlik nomi. 
Shuningdek, eroniy shamsiy oyning o
‘n ikkinchi oyining (20-fevraldan martgacha) nomi. 
Qolaversa, oy ilohasi ham Isfand nomi bilan atalgan. U Avestodagi spenta so
‘zi bilan bog‘liq 
bo
‘lib, muqaddas ma’nosini anglatadi. Bu so‘z tarkibiy espan, giylakiyda span- dâna, 
forsiyda esfand, espand spand, harmala tarzida qo
‘llanadi. Bu giyoh Eronning bir qancha 
hududlarida o
‘zi o‘sadi, shuningdek, markaziy, sharqiy, janubiy-g‘arbiy Osiyoda mo‘tadil 
iqlim sharoyitida ko
‘p uchraydi. Madaniylashmagan holdagi ushbu giyohning ilmiy nomi 
lotinchada Harmala rutadir. Madaniylashtirilgani esa peganum harmala deb nomlanadi. 
Harmala rus tilida bir necha nomlar bilan keladi: 
гармала,
 
могильник, адраспан, рута
сирийская рута, степная рута, турецкая краска; ingiliz tilida ushbu tushunchani 
ifodalash uchun ikki so
‘z iste’foda etiladi: 1) incense –ladan, famimam, ya’ni bu so‘z aynan 
harmalani emas, balki undan tayyorlanadigan hamda ibodatxonalarda, diniy marosimlarda 
tutatiladigan harmalani anglatadi; 2) harmel 
– bu so‘z aynan harmalani anglatadi va  harmel 
field (harmala ekilgan yer), harmel seller, harmel dealer (harmala sotuvchi) kabi birikmalarda 
qo
‘llaniladi. Bu so‘z Alisher Navoiy asarlarida ispand, sipand tarzida qo‘llangan.
Muhabbat tuxmidin o
‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Qayd 
etilgan Hofiz Xorazmiy “Devon”i tilidagi o‘g‘uz elimentlari xususida ilk 
tassavurlarni bera oladi. Tadqiqotlar davomida asar tili eski o
‘zbek tili va lahjalari 
munosabatini o
‘rganishda bebaho manba ekaniga ichonch hosil qilamiz. Yuqorida qayd 
etilgan mulohazalarni Hofiz Xorazmiy “Devon”i misolida ko‘radigan bo‘lsak, asar tili eski 
o‘zbek tilida o‘g‘uz elimentlari salmog‘i bir qadar kattaligini ko‘rsatadigan manba ekanligiga 
guvoh bo‘lamiz. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling