11
Qattiq yoki yuqori mustahkamlikdagi armatura (A-IV, At-
IV va undan yuqori
klass armaturalar hamda B-II, Bp-II, K-7,
K-19 klass armaturalar) jismoniy oquvchanlik chegarasiga ega
emas (9-b rasm), u proporsionallik chegarasigacha elastik defor-
matsiyalanadi, undan keyin diagramma asta-sekin qiyshayadi.
Xavfsiz ishlash chegarasi sifatida shartli oquvchanlik chegara-
si
02
qabul qilingan, bunda qoldiq, ya’ni plastik uzayish 0,2%
ni tashkil qiladi. Qattiq po‘latlarda
mustahkamlik yumshoq
po‘latlarga qaraganda yuqori, lekin unda uzilishdagi uzayish
kamroq, ya’ni ularda plastik xossalari yomonroq bo‘lganli-
gi uchun mo‘rtroq hisoblanadi. Yumshoq va qattiq deb nomla-
nish shartli bo‘lib, rasmiy hujjatlarda ishlatilmaydi, lekin ushbu
nomlanish qulay bo‘lganligi uchun
ilmiy-texnik adabiyotlarda
keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: