Ildizlarni mavhum sonlar o‘qiga nisbatan joylashishini aniqlaydigan qoidalar barqarorlik kriteriylari deyiladi. Ildizlarni mavhum sonlar o‘qiga nisbatan joylashishini aniqlaydigan qoidalar barqarorlik kriteriylari deyiladi. Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi barqarorlik kriteriysi mavjud: Raus-Gurvitsning algebraik kriteriysi, Mixaylov va Naykvistning chastotali kriteriylari. Barcha kriteriylar matematik jihatdan teng kuchli va xarakteristik tenglama ildizlari chap yarim tekislikda yotadimi yoki yo‘qmi degan savolga javob beradi. Biroq bu kriteriylaming asosiy afzalligi faqat bundagina emas. Ular nobarqarorlikning asosiy sabablarini tushuntirib berish, sistema parametrlarini (yoki xarakteristik tenglama koeffitsiyentlarini) barqarorlikka ta'sirini o'rganish hamda o‘rganilayotgan parametrlar fazosida yoki tekisligida barqarorlik sohalarini aniqlash imkonini beradi. Qishloq va suv xo‘jaligida suyuqliq va maxsulotlar sathini aniqlash maqsadida qalqovichli (po‘kakli), gidrostatik va elektrodli sath datchiklari qo‘llaniladi. Qalqovichli datchiklar suyuqlik sathi o‘zgarishini qabul qiladigan qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o‘zgartiradigan elementdan tashkil topgan bo‘ladi. O‘zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. Quyidagi rasmda potensiometrik o‘zgartirgichli qalqovichli sath datchigining sxemasi ko‘rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3) bog`lanishi blok (4) orqali o‘tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi. Qalqovichning og`irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik sathining xar qanday o‘zgarishi sath o‘lchov birligiga moslangan ikkilamchi o‘lchov asbobidagi kuchlanish o‘zgarishiga proporsional ravishda ta’sir qiladi. Qalqovichli sath datchiklari suyuqlik sathining katta miqdorda o‘zgrishlarini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning xarakatlanib turishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |