Bibliografiya lat p65


Download 371.14 Kb.
bet13/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Bog'liq
s

Savol va topshiriqlar


  1. Bibliografik axborot tarkibi nimalardan tashkil topgan?

  2. Bibliografik kirish nima?

  3. Axborot nimani anglatadi?

  4. Bibliografik xabar nima?

  5. Bibliografik yozuv va uning vazifasini tushuntirib bering.

  6. Bibliografik yozuv qanday elementlardan tashkil topadi?

  7. Monografik bibliografik tavsif nima?

  8. Analitik bibliografik tavsifni tushuntiring.

  9. Annotatsiya va uning turlarini ayting.

  10. Referat nima va uning turlari?

Òalabalarga amaliy mashg‘ulot sifatida turli xil tiðdagi nashrlarga, elektron hujjatlarga turli xil ko‘rinishda bibliografik tavsif berishni, har bir hujjatga annotatsiya va referat yozishni mashq qilish tavsiya etiladi.

Mavzuning maqsadibibliografik faoliyatning natijasi sifatida hujjatlar haqida bibliografik axborot berishning mohiyati, hujjatlar va ularning turlari, davomli va vaqtli matbuot nashrlari, mamlakatimizdagi yirik nashriyotlar haqida axborot berish.
Asosiy tushunchalar hujjat, axborot iste’molchisi, bosma mahsulot, vaqtli matbuot nashri, davomli nashr, rasmiy nashr, ilmiyommabop nashr, o‘quv nashri, ma’lumotnoma nashrlari.

Umumiy tushuncha


Bibliografik faoliyatning natijasi—hujjatlar haqidagi ma’lumotlar yig‘indisi — bibliografik axborot deyiladi. Bibliografiyaning asosiy obyekti hujjatdir.
Hujjatlardagi asosiy xususiyat unda berilayotgan axborotning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligida, bu uning yaratilayotgan tarixiy davr, shart-sharoit bilan uzviy bog‘liqligida ko‘rinadi.
1964- yil „hujjat“ so‘zi axborotning moddiy tashuvchisi sifatida belgilab berildi. Hozirgi paytda „hujjat“ deganda axborot bilan bog‘liq, kishilar tomonidan ularni to‘plash, foydalanish, uzatish, saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq moddiy obyekt tushuniladi. „Hujjat“ so‘zi ahamiyatiga ko‘ra keng tushuncha. Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar o‘z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma’lum bir qirrasi haqidagi axborot to‘planadi.
„Hujjat“ termini qog‘oz, kinolenta, turli xil ko‘rinishdagi tasmalar, elektron disklar ko‘rinishidagi axborot tashuvchi materialni anglatadi. Davr o‘tishi bilan, taraqqiyot natijasida yangi-yangi axborot eltuvchilar qo‘shilib boraveradi. Har bir axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o‘ziga xos xarakterga va xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi. Shunga ko‘ra belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga ko‘ra turlanadi.
Axborot iste’molchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil bilim olish, o‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish malakasini oshirish va boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning professional ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, ma’lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, o‘qish madaniyati darajasi, bibliografik qo‘llanmalardan foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson— kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot iste’molchisi mazmun mohiyatiga ko‘ra matbuot asari (kitob, nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushunchalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot asari bilan emas, balki barcha ko‘rinishdagi axborot resurslari (elektron resurslar) bilan bog‘liq. Bibliografiya esa, matbuot asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilimlarini aks ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan. Kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliografiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’molchisi tizimi bilan boyidi.

Download 371.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling