Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish


Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi


Download 468.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana13.11.2023
Hajmi468.72 Kb.
#1769473
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.

Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi: 
1) 
sof ilmiy uslub
; 2) ilmiy-ommabop uslub; 


Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo'llaniladi. Shuning 
uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi. 
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. 
Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga 
doir atamalar qo’llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun 
izohlanadi. 
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, 
matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va 
adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon 
qilish uslubida eng yuqori 
darajadagi mavhumlashtirish
, turli xil formulalar, shakliy 
ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi. 
TIL 
VA TERMINOLOGIYA
 
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni 
bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z 
hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui 
degan ma’nolarni anglatadi. 
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan 
tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ 
funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. 
A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” 
deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar 
kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. 
U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, 
termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy 
bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, 
professionalizm esa biror kasb, 
mutaxassislik
, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini 
olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-
deydi. 
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb 
hisoblagan ayrim “olim”larning 
qarashlari davomidir desak
, xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” 
deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha 
yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, 
qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ 
birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, 
kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”. 
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi 
soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining 
semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek 
terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash 
hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini 
belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. 
Terminalogiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, 
umumadabiy tilda 
sinonimiya
, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular 
salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida 
yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz 
navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. 



Download 468.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling