Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish


Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn: Matn terminiga ta’rif


Download 468.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana13.11.2023
Hajmi468.72 Kb.
#1769473
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.

Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn: Matn terminiga ta’rif, 
matn va uning turlari, mikromatn va makromatn, matn, matn turlari, hajm, tip. 
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning o’zi 
yo’q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, 
- bu fan sohasi o’zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas 
va bu yo’nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan 
ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi 
mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga 
to’хtalishini maqsadga muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn 
tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o’rtasida yagona 
fikr yo’q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim 


tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb 
hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda 
barcha matnlar uchun хos bo’lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu 
belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo’lishini alohida qayd etadi.2 
Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o’laroq batafsil 
o’rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va funktsional belgilarini 
namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan 
tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan 
nutqiy asardir. 3 Ammo matnning yozma yoki og’zakiligi uning ontologiyasi va 
funktsiyasiga nechog’lik bog’liq yoki bog’liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq 
ko’rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan 
vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo’lsa, bu yirik kommunikativ birlikning 
tildagi o’rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. 
Matn tiplarini ajratish, belgilash masalasi ham matn lingvistikasining markaziy 
muammolaridan hisoblanadi. Quyida buni alohida ko’rib chiqamiz. Matn hajm va 
mazmun belgisiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1.Hajm belgisiga ko’ra matn tiplari. 2.Ifoda 
maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn tiplari.

Download 468.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling