Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish
Qadimgi turkiy tildagi ijtimoiy-siyosiy
Download 468.72 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eski turkiy til terminologik tizimidagi arabcha , forscha-tojikcha o‘zlashmalar.
Qadimgi turkiy tildagi ijtimoiy-siyosiy
va sotsial-iqtisodiy terminlar Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi - qagan “Oliy hukmdor, xoqon”’ tegin “taxt vorisi, xonzoda”, sad “Turk va Uyg‘ur xoqonligida oliy harbiy-ma’muriy unvon”, yabgu “G ‘arbiy turk xoqonligi ukmdori”, qatun “ malika”, tudun “nazoratchi”, tutuq “viloyatning harbiy hukmdori ”, tarqan“ hokim, boshliq”, beg “bek, boshliq”, eltabar “azlaming sarkardasi”, sabci “elchi”, yolci “boshliq”, baga fsug‘dj “unvon, lavozim”, 'isbara (sanskrit) “unvon, mansab” va sh.k. Eski turkiy til terminologik tizimidagi arabcha , forscha-tojikcha o‘zlashmalar. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga nisbatan yanada taraqqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha , arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda davom edi. Alim “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig “beklik”, bitigchi “mirza, munshiy, kotib”, yatg‘aq “tungi soqchi”, yarisha “ko‘rshapalak”, yarg‘u “ajrim”, yarg‘uchi “qozi, sudya” kabi turkiycha , rabat “karvonsaroy”, malik “hukmdor”, siyasat “siyosat”, omil “ish yurituvchi”, tib “medisina, tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha , lashkar “qo‘shin”, mayfurush “may ichuvchi; may sotuvchi” singari forscha-tojikcha , darug‘a “qal’a, qo‘rg‘on komendanti”, muranay sotuvchi” singari forscha-tojikcha. 17. “Qutadg‘u bilig”da eski turkiy til terminlari tizimining aks etishi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida canaq so‘zi 1) o ‘yib yasalgan kichik hajmdagi yog‘och idish; 2) kosa, tovoq, lagancha ma’nolarida qo‘llanagan (DTS, 1969; 138). Bu leksema eski o‘zbek adabiy tilida “ hayvonlar suv ichadigan idish”(ANATIL, III, 1984;450) m a’nosini anglatgan. Fanning keyingi rivoji bosqichlari davrida kuzatilayotgan so‘z tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus m a’noni ifodalovchi termin sifatida kirgan hamda “tos suyagi, dumg‘aza suyagi” va “kosasimon o ‘yiqli suyak” m a’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan . Yuqorida qayd etilgan vaziyatda hozirgi o‘zbek adabiy tilida o ‘zining dastlabki m a’nosini yo‘qotgan umumiste’mol so‘z m a’nosidan metaforik ko‘chitn asosida maxsus terminning yasalish jarayoni yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi , chanoq tibbiy termini quyidagi sintagmatik birikmalar tarkibida faol qo‘llanishi bilan diqqatni tortadi: katta chanoq (“taz bolshoy”), bolalar chanog 'i (“taz detskiy”), infantil chanoq (“taz infantilniy”), kichik chanoq (“taz maliy”), karlik chanoq (“taz karlikoviy”), yassi chanoq (“tazploskiy”), yorilgan chanoq (“taz razsheplenniy ”), keng chanoq (“taz shirokiy”), tor chanoq (“taz uzkiy”) va sh.k. (RLO‘TTIL, 1999; 62). Qoraxoniylar davri eski turkiy tilga sof turkcha kuch leksemasining sinonimi sifatida arab tilidan o‘zlashgan quvvat so‘zi rnavhum “kuch, qudrat, mador” m a’nosini ifodalash uchun kirib kelgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ushbu o ‘zlashma umum tomonidan qo‘llanuvchi so‘z sifatida nafaqat o‘z о‘mini mustahkam saqlab qolishga erishgan, balki fizika fani sohasida “energiya, quvvat” ma’nosini anglatuvchi termin tarzida ham keng ishlatiladi. Asl turkiy kuch so‘ziga kelsak, u ko‘lam chegaralari keng ko‘pma’noli so‘z sifatida “kuch-qudrat, quw at”ma’nosida umumadabiy tilda hamon qo‘llanib kelmoqda. Umumilmiy leksika tarzida kuch fizika , texnika, harbiy ish, iqtisodiyot , huquqshunoslik sohalarida “ qudrat”, “kuchlar, qo‘shinlar”, “quvvat, qonuniy huquqqa egalik” kabi ma’nolami ifodalashga xizmat qilmoqda - iroda kuchi; Yerning tortish kuchi ; ish//ishchi kuchi; mamlakatning harbiy kuchlari; yangi qonun kuchga kirdi va sh.k. Umumadabiy leksik birlikning terminlashuv jarayoni natijasida omonimlashish sodir bo‘ladi, ya’ni yangi ifodalanmish uchun ilgaridan m a’Lum bo‘lgan qobiqdan foydalaniladi (Danilenko, 1977; 27). Mana shunday usulda , masalan, burun, qo ‘Itiq, bo‘g‘oz, barmoq kabi terminlar shakllangan. Download 468.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling