Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish
Download 468.72 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.
bo’yi shamol. Qaldirg’ochlar uchun l a r z a k o r (A.Oripov. Shovilladi tun.), Lekin
faqirga eng ulug’ tuyulgan fazilatlari - Hazrat Mirning i s t ye ‘ d o d sh u n o s l i k l a r i - yu, z a k o v a t p a r v a r l i k l a r i edi (P.Qodirov. Yulduzli tunlar), Ammo samo o’g’li ya sh i n v o r, Tashlanmasdan ohuga yovqur, Changalidan ketgandi mador, Ko’zlarida so’ngan edi nur (O. Matjon. Aks-sado) kabi. Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta ekanligi shubhasiz. O’zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o’rni, egallagan mavqyei haqida so’z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, yunon, karoshta, sug’d, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg’ur, arab, lotin, rus (kirillisa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o’zbek adabiy tilining shakllanishi , o’zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir. Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan va rivojlangan bo’lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan. Darhaqiqat, davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va me’yorlashuviga ta’siri sezilarli bo’lishi mumkin. Buni sobiq Ittifoq hududida yashovchi xalqlar tillariga bo’lgan munosabatdan ham anglasak bo’ladi. «Rus tili – ikkinchi ona tilimiz» degan sun’iy shior bir asrga yaqin vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan tilimizga rus yoki u orqali boshqa tillardan so’z qabul qilish va ularning me’yorlashib borishini ta’minladi. Biz hyech ikkilanmasdan, xuddi shunday bo’lishi kerakdek, absolyut, avangard, avantyura, avariya, avtobiografiya, avtonom, avtor, agitator, agressiv, agressor, aktiv, aktual, alfavit, alyans, amnistiya, anonim, arbitr, aristokrat, aristokratiya, arsenal, arxaik, ataka, attestat, auditoriya, aforizm singari so’zlarni qo’llayverdik va shunday qo’llashga ko’nikdik. Ularning tilimizda muqobillari yo’qmikan deb o’ylab ko’rmadik. To’g’risi, bunga imkon ham , umumiy oqimdan chetga chiqishning iloji ham yo’q edi. Loqaydligimiz esa bunga ko’maklashdi. Rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o’zimiz sezmagan holda o’z so’zlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik. O’nta sigir, o’nta qo’y deyish mumkin bo’lgani holda o’n bosh qo’y, o’n bosh sigir, o’n bosh qoramol deb ishlata boshladik. Bu ruscha matnlardagi «desyat golov oves», «desyat golov korova» degan birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi oddiy sovliq, qora mol, uloq so’zlarini unuta boshladik. Ularni rus tilidan kalkalab, ona qo’y (ovsematok), ona tovuq, ona cho’chqa, ona quyon, ona biya, yirik shoxli qoramol (krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy skot) tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo’ldiki, oddiy o’zbek chorvadorlarimizning, cho’ponu molboqarlarimizning o’zlari ham gazeta yoki radiodan muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan bo’ldilar. O’zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me’yorlashish sabablarini shu tarzda anglaydigan bo’lsak, uning lug’at tarkibidagi grekcha- yunoncha, mo’g’ulcha, ayniqsa, arabcha so’zlarining paydo bo’lish omillarini ham to’g’ri tushunamiz. Xayriyatki, mustaqilligimizni qo’lga kiritib, biz bu kamchiliklardan qutuldik. Hyech bo’lmaganda, asta-sekinlik bilan qutulib borayapmiz. Buni yuqorida tanqid qilganimiz chorvachilik sohasida atamalar ishlatishdagi o’zgarishlarda ham kuzatamiz. Masalan, Samarqand qishloq xo’jalik institutining 70 yilligiga bag’ishlab nashr etilgan «Qishloq xo’jalik korxonalari rahbarlari va fermerlar uchun amaliy qo’llanma va tavsiyalar» (Samarqand, 1999) kitobining «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limida yuqorida keltirilgan atamalar o’rnida qoramol, sigir, buzoq, tana, g’unajin, buqa, qo’y, qo’chqor, sovliq, qo’zi, echki, uloq so’zlari qo’llanganini kuzatamiz 7 . Har qanday til me’yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi: Me’yorga nisbatan qo’llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o’zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin. Shunday qilib, bir tomondan, o’zbek tiliga tegishli bo’lgan barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo’llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo’lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushunchasi o’zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko’rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo’lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi» 8 . «O’zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste’moldagi so’zlarning barcha so’z turkumlarida uchrashi qayd qilib o’tilgan. Masalan otlarda – daryo, suv, osmon, yer, tosh, tog’, bog’, daraxt, uy, devor, ko’cha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda – oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda – bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda – u, bu, shu, ana, mana, siz, biz kabi; fe’llarda – bor, kel, ket, yur, tur, o’tir, uxla, yot, ayt, qo’y, o’t kabi; ravishlarda – tez, sekin, oz, kam, ko’p kabi; bog’lovchilarda – va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda – -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda – oh, voh, voy, dod, uh, ura kabi 9 . Keltirilgan so’zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili doirasida qaraladigan lahja va so’zlashuv nutqida ham qo’llanilaveradi. Bu esa ana shu til vositalarini bir tilning umumiy me’yorlari qurshovida qarashga asos bo’ladi. Download 468.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling