Abdurauf Fitrat
(1886 – 1938)
Abdurauf Fitrat – XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy olim, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jurnalist, davlat va jamoat arbobi.
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Aytishlaricha, uning otasi Abdurahimboy o‘z davrining ziyoli kishilaridan bo‘lgan. U savdo bilan shug‘ullanganligi bois chet ellarga ko‘p chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, o‘qimishli va taniqli odam edi. Onasi Mustafbibi ham badiiy zavqi baland, zukko, o‘qimishli ayol bo‘lgan.
Abdurauf ilk tahsilni Buxoro maktablarida olganidan so‘ng, mashhur
Mir Arab madrasasida o‘qigan. Talabalik yillarida, taxminan 18–19 yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga borgan, qariyb bir yilga yaqin davom etgan bu ziyorat safarida Eron, Turkiya, Suriya va Saudiya Arabistonida bo‘lgan. Avvalo, safar chog‘ida ular shu davlatlarda istiqomat qiluvchi xalqlarning turmush tarzi va madaniyati bilan tanishganlar.
Demak, Fitrat fors va o‘zbek tillarini mukammal bilib olgan edi. Ayniqsa, u arab tilini qunt bilan chuqur o‘rgandi. Mustaqillik yillarida Fitratga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni berilgan.
2. Berilgan gaplarga mos savollar yozing.
- Maktabingizda qanday to’garaklar bor?
- Maktabimizda shaxmat, basketbol, boleybol, futbol to’garaklari bor.
- Bu to’garaklar siz ucun kelajakda qanday imkoniyatlar beradi?
- Sport sog’lom va baquvvat bo’lishga yordam beradi.
3. Do’stingiz bormi? Nima uchun u bilan do‘stsiz?
(o’quvchining shaxsiy fikri)
28-BILET
1. “Me’moriy obidalar” matnini o’qing, mazmunini so’zlab bering
Me’moriy obidalar
Biz yashayotgan ikki daryo oralig‘ida joylashgan zamin O‘zbekistondir. Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko‘p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o‘zining me’moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal’asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko‘hna Xivaning Ichan qal’asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal’a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir.
Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib, tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko‘rib hayratga tushadilar.
2. Gaplarning ajratilgan bo‘laklarini misollar bilan tushuntiring
Gapning ajratilgan bo‘laklari o‘zidan avval kelgan bo‘laklar ma’nosini to‘ldirish, aniqlash, oydinlashtirish uchun xizmat qiladi. Gapda, odatda, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol ajratiladi.
Ajratilgan to‘ldiruvchi o‘zidan avval kelgan to‘ldiruvchining ma’nosini to‘ldiradi. Masalan: Bu katta anjumanga, bayramga shoir va yozuvchilar ham taklif etildi. Ajratilgan aniqlovchi o‘zidan avval kelgan aniqlovchining ma’nosini to‘ldiradi. Masalan: U muloyim tabiati, soddaligi,
shirin so‘zi bilan hammani o‘ziga qaratdi. Ajratilgan hol o‘zidan oldin kelgan holning ma’nosini to‘ldiradi. Masalan: Yozda, qovun pishig‘ida, dalaga chiqib ketamiz.
3. Hozirgi texnologik rivojlanish haqida fikrlaringiz.
(o’quvchining shaxsiy fikri)
Do'stlaringiz bilan baham: |