29-BILET
1. “Orzular qanotida” matnini o’qing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
Orzular qanotida
Orzu-havas hosildor tuproqqa o‘xshaydi. Yer bag‘riga qadalgan cho‘p niholga aylangani, o‘sgani kabi orzu ham inson qalbini gullatadi. Unga mehrdan, muhabbatdan sayqal berilsa, ezgu niyatlar tomon yetaklaydi. Astoydil qilingan orzu, intilgan maqsad muvaffaqiyat kalitidir. Orzuga
yetkazadigan kalit qanday qo‘lga kiritiladi?
Bolalikdagi hayrat, ajoyibot, yengilgina urinishlar orqasidanmi yoki yaqinlaringning senga bildirgan ishonchlaridanmi? Har holda orzu maqsadlar ortida ko‘z ilg‘amas olis manzillar, mashaqqatli mehnat, bedor tunlar bor!
Inson hayotda yashar ekan, nimanidir orzu qiladi, kimgadir suyanadi, uni umrining mazmuni deb biladi. Bolalikda har bir o‘g‘il-qizning orzusi osmon qadar bo‘ladi. Harbiy akalariga havas qilib, ulg‘ayganda askar bo‘lishni orzu qilgan bolakayning intilishlariga olam havas qilsa arziydi.
Bu hayot juda tez, boshdagi do‘ppini bir aylantirguncha, o‘tadi ketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatan uchun, o‘z farzandlari va nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak. Oliyjanob xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko‘ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi lozim.
Birinchisi, sog‘lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga yetkazish.
Ikkinchisi, o‘z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish. Uchinchisi, kelajakni o‘ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o‘tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o‘z aksini topgan.
1. Matn tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni aniqlang va yozing.
2. Matnning tayanch so‘zlarini aniqlang va lug‘at tuzing.
Orzu-havas, mehr-muhabbat, ezgu-niyat, kelajak poydevori, yaxshi niyat, orzu-umid;
3. Matn mazmunini so‘zlab bering.
2. Nuqtalar o’rniga mazmuniga mos kirish so’zlarni qo’ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |