Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giponimiya.
- Graduonimiya.
2. So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida.
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat. Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi. Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-boʻlak munosabatlarining ifodalanishi. Jargon va argolar. Atamalar. Atamalar. Fan-texnika, xalq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo‘llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llanadi va ular bir ma’noli bo‘ladi. Ba’zi atamalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo‘llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so‘ziga aylanadi. Masalan, o‘qituvchi, kitob, daftar, dars kabi. Jargon va argolar. O‘tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o‘g‘ rilar, firibgarlar o‘z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o‘zlariga tushunarli so‘z va iboralardan foydalanganlar. Tilda sinfiy ayirmalikni ko‘rsatib turadigan bunday so‘zllar «sinfiy dialektning so‘zlari» - jargonlar deb yuritiladi. huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda). O‘g‘ rilar, qimorbozlar orasida qo‘llanadigan so‘zlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (to‘pponcha), xitola (o‘g‘irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi. Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo‘lgan: yakan (pul), joyi (yo‘q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so‘m), saru nimsar (bir ming besh yuz so‘m), kapara (olti ming so‘m). Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling