Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet66/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Til va jamiyat.

Jamiyat kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmuidir. Bu hamkorlik kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’daniy sohalarda, moddiy ishlab va mehnat jarayonidagi uzviy birligidan iboratdir. Inson jamiyatdan tashqarida yashayolmaydi, balki jamiyatda tug‘iladi, kamol topadi, yashaydi va rivoj topadi. Umuman inson tushunchasi jamiyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liq dir. Shuning uchun sotsiologiya va iqtisodiyotda insonning ta’riflansa, jamiyat inson orqali ta’rif­lanadi – bu ikki tushuncha bir-biridan ajralmasdir. Inson va jamiyat oʻzaro dialek­­tik bu­­­­­­tun boʻlak munosabatlarida turgan butunliklardir - inson jamiyatning bir boʻlagi, tarkibiy qism boʻlganligi uchun ham insondir. Oʻz navbatida jamiyat insonlarni xilma-xil munosabatlar bilan birlashtirilganligi sababli jamiyatdir: biz turnalar va boʻrilar toʻdasini jamiyat deb ayta olmaymiz.
Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat a’zolarini birlash­tiruvchi eng muhim omillardan biridir. Tilshunoslik boʻyicha fanlardan sizga ma’lumki, tilning oʻzi murakkab hodisa boʻlib, u:
a) ma’lum jamiyat a’zolari uchun tayyor , umumiy va majburiy boʻlgan UMIS tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan lison,
b) bu imkoniyatlarning bevosita voqealanishini tashkil etadigan AHVO tabiatli nutq,
d) shu imkoniyatlarning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va shakllarini belgilovchi me’yor kabi tomonlarning dialektik birligidir. Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishdadir. Tilning davriy va mintaqaviy boʻlinishi va oʻzgarishi sizga dialektologiya, arxeologiya, til tarixi oʻquv fanlaridan ma’lum.Lekin bir jamiyatning oʻzidagi har qanday holat – hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga koʻra boʻlinishlar ham tilda oʻzini namoyon qiladi.
5. Undosh fonemalar tasnifi.
Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal so‘zidagi birinchi tovush), j (joy, jiyda kabi so‘zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l, m, n, ng (tong so‘zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘ , h. Sirg‘aluvchi j, f tojik va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika, tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi:

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling