Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Ko’krak mushaklari.Ko’krak fatsiyalari


Download 96.41 Kb.
bet24/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

40.Ko’krak mushaklari.Ko’krak fatsiyalari.
Ko’krak mushaklari va fastsiyalariKo’krak mushaklari birnecha qavat bo’lib joylashadi. Yuza qavatda qo’l bilan bog’langan mushaklar joylashsa, chuqur qavatda ko’krakning xususiy (autoxton) mushaklari joylashadi.
Ko’krak mushaklari (56-rasm) kelib chiqishi va faoliyatiga asosan ikki guruhga: 1) ko’krak qafasidan boshlanib, yelka kamari va yelka suyagiga birikuvchi mushaklar 2) ko’krak qafasining o’ziga xos (autoxton) mushaklariga bo’linadi. Birinchi guruhga to’rtta: katta va kichik ko’krak, o’mrov osti, oldingi tishli va qovurgalarni ko’taruvchi mushaklar kiradi.
1.Katta ko’krak mushagi (m. pectoralis major) katta, yelpug’ichsimon shaklda bo’lib, ko’krak qafasi oldingi devorini yuqori qismini egallaydi. U o’mrov suyagining ichki yarmidan (pars clavicularis), to’sh suyagining oldingi yuzasi va II-VII qovurg’alar tog’ayidan (pars sternocostalis), qorin to’g’ri mushagi qinining oldingi devoridan (pars abdominalis) boshlanadi. Mushak tolalari tashqi tomonga yo’nalib, yelka suyagi katta bo’rtig’i qirrasiga birikadi.
Mushaklarni suyaklarga bog'lab turuvchi paylar ulkan cho'ziluvchan kuchning kollagen tolalarining bog'lamidan tuzilgan. Mushaklarning qisilishi mobaynida ular mushaklardan gavda suyaklariga kuch o'tkazadi. Paylarning suyakga yaqinligi muhim ahamiyatli funksional mazmun kasb etadi, chunki paylarning elastikligi suyaklarnikiga moslashishi kerak. Paylar shakliga qarab tasniflanadi. Paylar judayam kalta va ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan bo'lsa , unda mushak to'la mushakli yaqinlikka ega hisoblanadi, misol tariqasida ko'krak mushaklarini olsa bo'ladi. Aksincha, oyoq va qo'l mushaklarining paylari judayam uzun va ingichka bo'ladi.
Qiyali qorin mushaklariga oxshash bo'lgan yassi pay qoplamasi aponevroz deb ataladi. Paylar mushaklarga o'xshab bir xil yo'nalishda yurib, to'g'ri suyaklarda harakatlana oladi , boshqalar esa o'zining yo'nalishini o'zgartirib suyak atrofida harakatlanadi va bosim berib o'tadi. Chunki suyak paylarga nisbatan shkiv singari harakat qiladi. Ular ba'zida shkiv paylari deb ataladi va suyak tayanch nuqtasi bo'lib hisoblanadi. Bunga misol tariqasida , peroneus longus mushak payining ishga solinishini olsak bo'ladi. Ular kuboid suyagining atrofidan harakatlanib to'g'ri uning oyoqdagi yagona ulashishiga boradi.
Faoliyati: Ko’tarilgan qo’lni tushirib tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi (pronatio). Agar qo’l qimirlamay tursa, qovurg’alarni ko’tarib nafas olishda ishtirok etadi./2.Kichik ko’krak mushagi (m. pectoralis minor) uchburchak shaklidagi yassi mushak. Katta ko’krak mushagini orqasida yotadi. II-V qovurg’alarning oldingi uchiga yaqin joydan boshlanadi. Yuqoriga va lateral yo’nalib qisqa pay bilan kurakning tumshuqsimon o’simtasiga birikadi.


Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling