Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
41.Diafragma.
Diafragma (anatomiyada) — koʻkrak qafasi bilan qorin boʻshligʻi oʻrtasidagi muskul-paydan iborat toʻsiq; odam va hayvonlarning koʻkrak qafasini qorin boʻshligʻidan ajratib turadi. D. qisqarib-kengayadi. Qisqarganida koʻkrak qafasining kengayishiga, nafas olishni yengillashtirishga imkon beradi. Koʻkrak qafasi qisqarganda D. yuqoriga koʻtarilib, koʻkrak qafasini toraytirishda qatnashib, nafas chiqarishga yordam beradi. Bulardan tashqari, yurak faoliyati, qon aylanishida ham D.ning ahamiyati bor. D. jarohatlanganda yoki unda biror kamchilik yoki nuqson boʻlganda hayot uchun muhim funksiyalar (nafas olish, yurak faoliyati, qon aylanishi va h.k.) izdan chiqishi mumkin. Diafragma (yunoncha: diaphragma — toʻsiq) — 1) biror fizik sistemaning qismlarini ajratib turuvchi toʻsiq; 2) optikada — optik sistemalar (teleskop, mikroskop, spektroskop, kino va fotoapparatlar va b.) da yorugʻlik nuri dastasining koʻndalang kesimini cheklovchi noshaffof toʻsiq. Shaffof ekrandagi kichik teshik ham D. boʻladi. Linza va koʻzgu gardishi, koʻz qorachigʻi va b. optik buyumlar D. vazifasini bajaradi. Optik sistemaning yorugʻlik kuchi va tasvir sifati D.ning katta-kichikligi va vaziyatiga bogʻliq boʻladi. Foto- va kinoapparatlarda D. obyektiv ichida linzalar orasiga joylashtiriladi. Hozirgi zamon foto- va kinoobʼyektivlari iris D. bilan taʼminlanadi. Iris D. halqaga oʻrnatilgan bir nechta oʻroqsimon yaproqchalardan iborat. Halqani burib, obʼyektivdagi teshik kattaligini oʻzgartirish mumkin. Yorugʻlik nurlari optik sistemadan chiqayotganda ular maydonini gʻoyatda toraytiradigan D. apertura D.si deyiladi; 3) elektron optikada — zaryadlangan zarralar dastasi kesimini cheklovchi elektr oʻtkazuvchi plastin-kadagi tirqish; 4)oʻlchash texnikasida — quvurlardan oqayotgan bugʻ, gaz va suyukliklar sarfini oʻlchashda qoʻllaniladigan teshikli disk; 5) turbinalarda — yoʻnaltiruvchi apparat kurakchalari oʻrnatiladigan halqasimon toʻsiq; 6) gidrotexnika inshootlarida — gidravlik zulfin elementi; beton, temirbeton, metall, baʼzida yogʻochdan qilingan vertikal devor koʻrinishidagi qurilma. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling