Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 46.Elka mushaklari.Oldingi guruh mushaklari.
45.Elka kamari mushaklari.
1.M. deltoideus - deltasimon mushak. Boshlanish sohasi - oldingi tutamlari o'mrov suyagining lateral uchidan; orqa tutamlar kurak suyagining qirrasi - spina scapulae va kurak suyagining akromial o'simtasidan boshlanadi. Yelka suyagining — tuberositas deltoideus bo'rtig'iga birikadi. Mushakda - pars clavicularis, pars acromialis, pars spinalis qismlari bo'ladi Vazifasi: oldingi tutamlari yelkani bukadi, orqa tutamlar yelka bo'g'imida yozadi, o'rta guruh tutamlari - qo'lni gorizontal sathgacha gavdadan ko'taradi. 2.M. supraspinatus - kurak qirrasi ustidagi mushak. Kurak suyagining fossa supraspinata chuqurchasidan boshlanadi. Yelka suyagining katta bo'rtiq - tuberositas major sohasiga birikadi. Vazifasi: qo'lni tanadan uzoqlashtiradi va gorizontal sathgacha ko'taradi, hamda tashqi tarafga buradi. M. infraspinatus - kurak qirrasi ostidagi mushak. Kurak suyagidagi fossa infraspinata chuqurchasidan boshlanib, yelka suyagidagi katta bo'rtiq - tuberositas major sohasiga birikadi. Vazifasi: yelkani tashqariga buradi (supinatsiya). M. teres minor - kichik yumaloq mushak kurak suyagining tashqi qirrasi - margo lateralis dan boshlanib, yelka suyagining katta bo'rtig'i - tuberositas major ga birikadi. Vazifasi: yelkani tashqariga buradi (supinatsiya). 5. M. teres major - katta yumaloq mushak. Kurak suyagining pastki burchagi angulus inferior dan boshlanib, yelka suyagining kichik bo'rtiq qirrasi - crista tuberculi minoris ga birikadi. Vazifasi: qorinni orqaga hamda ichkariga tortadi va buradi (pronatsiya). M. subscapularis - kurak osti mushagi. Kurak suyagining shu nomli chuqurchasida joylashadi, qovurg‘a yuzasi - facies costalis ni to'ldirib va yelka suyagining kichik bo'rtig'i - tuberculum minus ga birikadi. Vazifasi: qo‘lni ichkariga buradi (pronatsiya). 46.Elka mushaklari.Oldingi guruh mushaklari. YELKA MUSHAKLARI Yelka mushaklari ikki guruhga bo'linadi: oldingi va orqa guruh mushaklari Oldingi guruh mushaklari 1.M. biceps brachii yelkaning ikki boshli mushagi. Uzun boshcha - caput longum kurak suyagining tuberculum supraglenoidale bo'rtig'idan boshlanadi. Kichik boshcha caput breve kurak suyagining tumshuqsimon o'simtasi - processus coracoideus dan boshlanadi. Bu ikki boshcha qo'shilib, umumiy payni hosil qilib, bilak suyagining bo'rtig'i - tuberositas radii ga birikadi. Mushakning pastki uchida serbar pay - aponeurosis musculi bicipitis hosil bo'ladi. Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi (supinatsiya), tirsak bo'g'imida bukadi. 2. M. brachialis - yelka mushagi. Yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining bo'rtig'i tuberositas ulnae ga birikadi. Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi (supinatsiya), tirsak bo'g'imida bukadi. 3. M. corocobrachialis - tumshuqsimon yelka mushagi kurak suyagining tumshuqsimon o'simtasidan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga birikadi. Vazifasi: yelkani bukadi va yaqinlashtiradi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling