Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Bilak mushaklari.Orqa guruh chuqur mushaklar
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52.Qo’l panja mushaklari.Thenar,hypothenar mushaklari.Kaftning o’rta guruh mushaklari.
51.Bilak mushaklari.Orqa guruh chuqur mushaklar.
Bilak orqa guruhining chuqur mushaklari 1.M. supinator bilakni tashqariga buruvchi mushak. Yelka suyagining —epicondylus lateralis o'simtasidan, tirsak suyagining yuqori uchidan boshlanib. bilak suyagining yuqori uchiga birikadi. Vazifasi: bilakni tashqi tarafga buradi (supinatsiya). 2. M. abductor pollicis longus - bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun mushak. Bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, I kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi. 3. M. extensor pollicis brevis bosh barmoqni yozuvchi qisqa mushak. Bilak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoq (I) asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. 4.M. extensor pollicis longus - bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak. Tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoqning timoq falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni yozadi. 5. M. extensor indicis - ko'rsatkich barmoqni yozuvchi mushak. Tirsak suyagi orqa yuzasining pastki qismidan boshlanib, ko'rsatgich barmoqning (II) o'rta falangasiga birikadi. Vazifasi: ko'rsatgich barmoqni yozadi. 52.Qo’l panja mushaklari.Thenar,hypothenar mushaklari.Kaftning o’rta guruh mushaklari. Qo'l panjasining mushaklari qo'l kafti sohasida ikki tepalikni: bosh barmoq asosidagi tepalik - thenar, jimjiloq asosidagi tepalik - hypothenar jami hosil qiladi. Thenar sohasidagi mushaklar 1. M.abductor pollicis brevis - bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta mushak. Qayiqsimon suyak bo'rtig'i - tuberculum ossis scaphoidei dan boshlanib, bosh barmoqning tashqi yuzasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni uzoqlashtiradi. 2. M.flexor pollicis brevis - bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak. Ikkinchi qator kaft usti suyaklaridan (ossa trapezium et trapezoideum, os capitatum) boshlanib, bosh barmoq proksimal falangasining asosiga birikadi. Mushakda caput superficiale va caput profundum boshchalari bo'ladi. Vazifasi: bosh barmoqni bukadi. 3. M. opponens pollicis - bosh barmoqni qarama-qarshi qo'yuvchi mushak. Kaft usti sohasidagi trapetsiya suyagining bo'rtig'idan boshlanib, I kaft suyagiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarama - qarshi qo'yadi. 4. M.adductor pollicis - bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushak. III kaft suyagidan boshlanib, bosh barmoq falangasining asosiga birikadi. Mushakda caput obliquum va caput transversum boshchalari bo'ladi. Vazifasi: bosh barmoqni, boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi. Hypothenar sohasidagi mushaklar M.palmaris brevis - kaftning kalta mushagi. Kaft sohasidagi paydan (aponevrozdan) boshlanib, kaft terisida tugaydi. Vazifasi. kaft aponevrozini taranglaydi. M. abductor digiti minimi - limiiloq barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak. Kaftdagi no'xotsimon suyakdan boshlanib, jimjiloqni proksimal falangasining ichki yuzasiga birikadi. Vazifasi: jimjiloqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi. M. flexor digiti minimi brevis - jimjiloq barmoqni bukuvchi kalta mushak. Ilmoqsimon suyagi os hamatum ning ilmog'idan boshlanib, jimjiloq proksimal falangining asosiga birikadi. Vazifasi: jimjiloqni bukadi. M. opponens digiti minimi - jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarama- qarshi qo'yuvchi mushak. Ilmoqsimon suyak ilmog'idan boshlanib V kaft suyagiga birikadi. Vazifasi: jimjiloqni bosh barmoq tarafiga tortadi. Kaftning o‘rta guruh mushaklari M. lumbricalis - chuvalchangsimon mushak. Barmoqlaming bukuvchi chuqur mushak paylaridan boshlanib, barmoqlarlaming proksimal falangalarining orqa yuzasida va ularning yozuvchi mushak paylarida tugaydi. Vazifasi: barmoqlarning proksimal falangalarini bukadi, distal falangalarini yozadi. 2.M. interossei - suyaklararo mushak. Kaft suyaklari orasini to‘ldirib turadi. Bu mushak kaft sohasida va qo'1 panjasining orqa yuzasida uchraydi. Mushaklar m. interossei dorsales va m. interossei palmares guruhlariga bo'linadi. II-V barmoqlarni o'zaro uzoqlashtirish va yaqinlashtirish vazifasini bajaradi. Shu sababdan III kaft suyagi atrofida joylashadi. Kaft sohasidagi suyaklararo mushaklar - m. interossei palmares suyaklarni yaqinlashtiradi. Kaftning orqa tarafidagi suyaklararo mushaklar - m. interossei dorsales barmoqlarni uzoqlashtiradi. Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling