Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Son mushaklari.Oldingi guruh mushaklar


Download 96.41 Kb.
bet33/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

54.Son mushaklari.Oldingi guruh mushaklar.
Son mushaklari uch guruhga ajratiladi
__sonning oldingi guruh mushaklari;
I. M. quadriceps femoris - sonning to'rt boshli mushagi. Bu mushakning har bir boshchasi alohida mushakdan tashkil topadi.
1.M. rectus femoris - sonning to'g'ri mushagi chanoq suyagining spina iliaca anterior inferior o'simtasidan boshlanadi. Mushakda caput rectum va caput reflexum boshchalari bo'ladi. Birikish sohasi: lig. patellae payini hosil qilib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: oyoqni chanoq-son bo'g'imida bukib, tizza bo'g'imida yozadi
2. M. vastus lateralis - lateral keng mushak son suyagining linea intertrochanterica sohasidan va son suyagining orqa yuzasidagi linea aspera chizig'ining lateral sohasidan boshlanadi. Birikish sohasida lig. patellaris boylamini hosil qilib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: tizza bo'g'imida boldirni yozadi.
3. M. vastus medialis - medial keng mushak labium mediale lineae aspera femoris chizig'idan boshlanadi. Katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: tizza bo'g'imida boldirni yozadi.
4. M. vastus intermedius - oraliqdagi keng mushak. Son suyagining oldingi yuzasidan boshlanadi. Katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: tizza bo'g'imida boldirni yozadi.
Sonning to'g'ri mushagi va uchta keng mushak paylarining pastki uchlari o'zaro qo'shilib - umumiy to'rt boshli mushak payini hosil qiladi. Bu pay tizza qopqog'ining ustidan o'tib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi.
Vazifasi: to'rt boshli mushak oyoqni tizza bo'g'imida yozadi. Sonning to'g'ri mushagi chanoq-son bo'g'imini bukishda qatnashadi


55.Son mushaklari.Orqa guruh mushaklar.
1. M. semitendinosus - yarim pay mushagi o'tirg'ich suyagining tuberositas ischii bo'rtig'idan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: tizza bo'g'imini bukadi va oyoqni chanoq - son bo'g' imida yozadi.
2. M. semimembranosus - yarim parda mushagi. O'tirg'ich suyagining tuberositas ischia bo‘rtig'idan boshlanib, katta boldir suyagining condylus medialis bo'rtig'iga, tizza bo'g'imining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: tizza bo'g'imida bukadi va chanoq-son bo'g'imida yozadi.
3. M. biceps femoris - sonning ikki boshli mushagi. Bu mushakning uzun boshchasi - caput longum o'tirg'ich suyagining tuberositas ischii bo'rtig'idan boshlanadi. Kichik boshchasi caput breve esa son suyagidagi labium laterale linea aspera chizig'idan boshlanadi. Har ikkala boshcha o'zaro qo'shilib, kichik boldir suyagining boshchasi caput fibulae ga birikadi. Vazifasi: tizza bo‘g‘imida bukadi va chanoq-son bo'g'imida yozadi.
4. M. popliteus - tizza osti yoki taqim mushagi. Son suyagining epicondylus lateralis o'sig'idan boshlanib; katta boldir suyagining ustki uchining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: tizza bo'g'imini bukadi.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling