Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Boldir mushaklari.Yuza va chuqur mushaklar


Download 96.41 Kb.
bet35/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

58.Boldir mushaklari.Yuza va chuqur mushaklar.
Boldir mushaklari uch guruhga bo'linadi: oldingi, orqa va lateral guruh mushaklari
Yuza joylashgan mushaklar
1. M. triceps surae - boldirning uch boshli mushagi alohida ikki mushakdan: m. gastrocnemius va m. soleus kambalasimon mushaklardan tashkil topgan. Boldirning uch boshli mushak payi tovon suyagining bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: boldirning uch boshli mushagi oyoqni boldir-oshiq bo'g'imida bukadi. Bu mushak son suyagidan boshlanganligi uchun tizza bo'g'imida ham bukish vazifasini bajaradi.
__M. gastrocnemius - son suyagining taqim yuzasidan, son suyagi pastki uchining bo'rtiqlaridan boshlanib, pasti uchi umumiy payga davom etadi. Mushakda caput laterale va caput mediale boshchalari bo'ladi. Birikish sohasi: tovon suyagining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: oyoq panjasini bukadi hamda tashqariga buradi (supinatsiya) va tizza bo'g'imida bukadi.
__M. soleus - kichik boldir suyagining boshchasidan, yuqori uchining orqa yuzasidan boshlanib, pastki sohada uch boshli mushak payiga davom etadi. Birikish sohasi - tovon suyagining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: oyoq panjasini bukadi, tashqariga buradi (supinatsiya).
2. M. plantaris - kaft mushagi. Son suyagining condylus lateralis bo'rtig'idan boshlanib, tovon suyagining bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: boldirning uch boshli mushagi bilan bir xil vazifani bajaradi
3. M. popliteus - taqim mushagi. Son suyagining lateral do'ngligidan boshlanadi. Katta boldir suyagining taqim osti yuzasiga birikadi. Tizza bo'g'imi xaltasining orqa yuzasida joylashib, bukishda qatnashadi.
Chuqur joylashgan mushaklar

  1. M. flexor digitorum longus - barmoqlarni bukuvchi uzun mushak. Katta boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanadi. Mushak paylari medial to'piqni aylanib o'tib II-V barmoqlaming tirnoq falangalariga birikadi. Vazifasi: barmoqlarni va oyoq kaftini bukadi hamda tashqariga buradi

  2. M. tibialis posterior - katta boldirning orqa mushagi. Katta va kichik boldir suyaklarining orqa yuzasidan boshlanib, ichki to'piqni aylanib o'tadi va oyoqning kaft sohasida qayiqsimon suyak do'mbog'iga - tuberositas ossis navicularis, uchta ponasimon suyakka va II-V kaft suyaklari asosiga birikadi. Vazifasi: oyoq kaftini boldir-oshiq bo'g'imida bukadi.

  3. M. flexor hallucis longus - bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak. Kichik boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanadi. Mushak paylari bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni va oyoq kaftini bukadi hamda tashqariga buradi



Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling