Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi
Son mushaklari.Medial guruh mushaklar
Download 96.41 Kb.
|
Anatomiya savol va javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 57.Son topografiyasi.Son kanali.Son uchburchagi.
56.Son mushaklari.Medial guruh mushaklar.
1. M.pectineus - taroqsimon mushak. Qov suyagining yuqori ravog'idan boshlanib, son suyagining linea pectinea chizig’iga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtiradi, chanoq-son bo'g'imida bukadi va tashqariga buradi 2. M. adductor longus - uzun yaqinlashtiruvchi mushak. Qov suyagining yuqori ravog'idan boshlanib, son suyagining labium mediale linea aspera chizig'iga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtardi, chanoq-son bo'g'imida biroz bukish va tashqariga burish (supinatsiya) vazifasini bajaradi. 3. M. adductor brevis - kalta yaqinlashtiruvchi mushak. Qov suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, son suyagidagi linea aspera chizig'ining medial qismiga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtiradi, chanoq-son bo'g'imida biroz bukish va tashqariga burish (supinatsiya) vazifasini bajaradi. 4. M. adductor magnus - katta yaqinlashtiruvchi mushak. Qov hamda o'tirg'ich suyagi ravog'idan va o'tirg'ich suyagi bo'rtig'idan boshlanib, son suyagining labium mediale linea aspera chizig'iga birikadi. Vazifasi: sonni yaqinlashtardi, chanoq-son bo'g'imida biroz bukish va tashqariga burish (supinatsiya) vazifasini bajaradi. Taroqsimon va hamma yaqinlashtiruvchi mushaklar umumiy vazifani bajaradi. Ya'ni bu mushaklar sonni o'zaro yaqinlashtiradi. 5. M. gracilus - nozik mushak. Qov suyagining pastki ravog'idan boshlanib, katta boldir suyagining tuberositas tibiae bo'rtig'iga birikadi. Vazifasi: sonni o'zaro yaqinlashtiradi va tizza bo'g'imida bukadi va ichkariga buradi (pronatsiya). 57.Son topografiyasi.Son kanali.Son uchburchagi. Yonbosh suyagining spina iliaca anterior superior o'simtasidan boshlanib tuberculum pubicum do'mbog'iga birikadigan chov boylami lig. inguinale ostida, shu boylam bilan chanoq suyagining orasida bo'shliq hosil bo'ladi. Bu bo'shliq chov boylamidan eminentia iliopectinea do'ngligiga tortilgan lig.iliopectinea boylami vositasida ikkiga ajralib turadi. Medial bo'shliq - lacuna vasorum, lateral bo'shliq - lacuna musculorum deyiladi. Lacuna vasorum dan tashqi yonbosh arteriya va tashqi yonbosh vena v.iliaca externa, lacuna musculorum dan esa bel-yonbosh mushagi m.iliopsoas va son nervi - n. femoralis o'tadi. Son kanali - canalis femoralis Sog'lom odamlarda bu kanal bo'lmaydi, balki biriktiruvchi to'qima, limfa tugunlari, tomirlar bilan to'lgan bo'ladi. Son churrasi paydo bo'lgan taqdirdagina kanal hosil bo'ladi.Kanal hosil bo'lishida quyidagi devorlar bo'ladi. Tashqi - lateral devorni son venasi, oldingi devorni sonning serbar fassiyasining yuza varag'i hosil qiladi. Orqa devorni son serbar fassiyasining chuqur varag'i hosil qiladi, ichki medial devori har ikkala varaqning birikishi natijasida hosil bo'lgan taroqsimon mushak m.pectineus fassiyasi hisobiga hosil bo'ladi. Son kanalining devorlaridan tashqari, kirish va chiqish halqalari bo'ladi. Kirish halqasi yoki son halqasi anulus femoralis tomir lakunasi - lacuna vasorum ning ichki tarafida joylashadi va sog' odamlarda biriktiruvchi to'qima, limfa tomirlari va tugunlar bilan to'lib turadi. Son halqasining lateral qismida son venasi, ichki - medial sohasida lig.lacunare boylami, oldingi devorini esa chov boylam - lig.inguinale hosil qiladi. Orqa devori esa taroqsimon boylam lig.pectineale dan hosil bo'ladi. Son halqasi sohasining ichki yuzaci parietal qorin parda bilan qoplangan bo'lib, bu sohada son chuqurchasi - fossa femoralis hosil bo'ladi. Bu chuqurcha chov boylamining orqasida joylashadi. Son halqasining kengligi erkaklarda 1 sm bo'lsa, ayollarda esa 1,8 sm bo'ladi. Ayollarda halqaning kengroq bo'lishi. Ular chanog'ining kengligi hisobiga bo'ladi. Shu sababdan son churrasi ayollarda ko'proq uchraydi. Son kanalining tashqi teshigi oval chuqurcha - fossa ovalis yoki uzun teri osti venasining (v. saphena magna) quyilish sohasiga to'g'ri keladi va hiatus saphenus deyiladi. Bu soha chov kanali ostida joylashadi. Son uchburchagi - trigonum femorale Sonning oldingi yuzasining yuqori sohasida bo'ladi. Bu yuza yuqoridan chov boylami - lig. inguinale, lateral tarafdan tikuvchilar mushagi - m. sartorius, ichki tarafdan esa uzun yaqinlashtiruvchi mushak - m.adductor longus bilan chegaralanadi. Bu uchburchak tubini yonbosh - bel mushagi - m. iliopsoas va taroqsimon mushak - m. pectineus hosil qiladi. Son uchburchagining pastki uchidan yaqinlashtiruvchi kanal - canalis adductorius boshlanadi. Yaqinlashtiruvchi kanal - canalis adductorius sonning pastki yuzasida bo'lib. taqim osti chuqurchasiga ochiladi. Kanalning lateral devorini m.vastus medialis hosil qiladi. Medial devori esa - m. adductor mangus hisobiga hosil bo'ladi. Kanalning oldingi yuzasida ikkala devor orasida tortilgan lamina vastoadductoria Download 96.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling