Biletlar skelet vazifasi. Anatomik sathlar. Suyaklar tasnifi


Bo’yin mushaklari.Yuza,o’rta,chuqur guruh mushaklari


Download 96.41 Kb.
bet36/38
Sana15.02.2023
Hajmi96.41 Kb.
#1202304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Anatomiya savol va javob

59.Bo’yin mushaklari.Yuza,o’rta,chuqur guruh mushaklari.
Bo'yin mushaklari uch guruhga bo'linadi: yuza mushaklar, o'rta qavat mushaklari, chuqur qavat mushaklari
Yuza mushaklar

  1. M. platysma - bo'yinning teri osti serbar mushagi. Ko'krakning katta mushagi hamda yelka kamarining deltasimon mushagi fassiyasidan boshlanib, pastki jag'ning ostki chekkasiga, og'iz tirqishi burchagiga va yuz fassiyasiga birikadi. Vazifasi: og'iz tirqishi burchagini pastga tortadi, bo'yin terisini ko'taradi va taranglashtiradi.

  2. M. sternocleidomastoideus - to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak. To'sh suyagining qo'ndoq qismidan, o'mrov suyagining to'sh suyagiga birikish uchidan boshlanib, uning tutamlari yuqoriga yo'naladi va chakka suyagining so'rg'ichsimon o'simtasiga hamda ensa suyagining linea nuchae superior chiziqlariga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarganda kalla yon tomonga bukiladi, yuz esa qarama-qarshi tarafga buriladi. Ikki tomonlama qisqarganda bosh oldinga bukiladi.

O'rta qavat mushaklari
O'z navbatida bu guruh mushaklar ikki toifaga ajraladi: til osti suyagidan yuqorida joylashgan mushaklar va til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklar.
Til osti suyagidan yuqorida joylashgan mushaklar.

  1. M. digastricus - ikki qorinchali mushak: orqa qorinchasi venter posterior - chakka suyagidagi incesura mastoidea o'ymasidan boshlanadi, oldingi qorinchasi - venter anterior pastki jag' suyagining fossa digastrica chuqurchasidan boshlanadi. Har ikkala qorincha pay vositasida til osti suyagining katta shoxiga birikadi. Vazifasi: oldingi qorinchasi qisqarganda pastki jag'- suyagi pastga tortiladi. Orqa qorinchasi esa til osti suyagini ko'taradi va orqaga tortadi.

  2. M. mylohyoideus - pastki jag' va til osti suyagi orasidagi mushak. Pastki jag1 suyagining ichki yuzasidagi - linea mylohyoidea chizig'idan boshlanib, til osti suyagi tanasiga birikadi. Vazifasi: pastki jag‘ suyagini pastga tortadi va til osti suyagini yuqoriga harakatlantiradi.

  3. M. geniohyoideus engak til osti mushagi. Pastki jag' suyagi engak sohasining ichki yuzasida joylashgan engak o'simtasi - spina mentalis dan boshlanib, til osti suyagi tanasiga birikadi. Vazifasi: pastki jag' suyagini pastga tortadi va til osti suyagini yuqoriga harakatlantiradi.

  4. M. stylohyoideus - bigizsimon til osti mushagi. Chakka suyagi bigizsimon o'simtasi - processus styloideus dan boshlanib, til osti suyagiga birikadi. Vazifasi: til osti suyagini ko'taradi va orqaga tortadi.

Til osti suyagi ostidagi mushaklar.

  1. M. omohyoideus - kurak til osti mushagi. Bu mushak ikki qorinchadan iborat bo'lib, yuqori qorinchasi venter superior til osti suyagidan boshlanadi, pastki qorinchasi - venter inferior kurak suyagining yuqori irrasi va ko'ndalang boylam sohalaridan boshlanadi. Har ikkala qorinchalaming o'zaro birikish sohasida pay hosil bo'ladi. Vazifasi: til osti suyagini mustahkamlaydi va uni pastga tushiradi.

  2. M. sternohyoideus - to'sh-til osti mushagi. Bu mushak to'sh suyagi va o'mrov suyagi orasidagi bo'g'imlar sohasidan boshlanib til osti suyagiga birikadi. Vazifasi: til osti suyagini mustahkamlaydi va tushiradi.

  3. M. sternothyreoideus - to'sh-qalqonsimon mushak. Bu mushak to'sh suyagining qo'ndoq qismidan va I, II qovurg'a tog'ayidan boshlanib, qalqonsimon tog'aydagi linea obliqua sohasiga birikadi. Vazifasi: qalqonsimon tog'ayni tushiradi.

  4. M. thyreohyoideus - qalqonsimon-til osti mushagi. Qalqonsimon tog'aydagi linea obliqua chizig'idan boshlanib, til osti suyagining tanasi va katta shoxiga birikadi.

  5. Vazifasi: til osti suyagini mustahkamlaydi va tushiradi; qalqonsimon tog'ayni ko'taradi. Til osti suyagi ostida joylashgan mushaklar til osti suyagini pastga tushuradi. To'sh-qalqonsimon mushak - qalqonsimon tog'ayni va hiqildoqni pastga tushiradi. Qalqonsimon - til osti mushagi esa qalqonsimon tog‘ayni va hiqildoqni yuqoriga tortadi.

Bo'yinning chuqur guruh mushaklar
Bo'yinning chuqur guruh mushaklari hazm a'zolarining orqasida, bo'yin umurtqalarining oldingi yuzasida joylashib, lateral va medial guruhlarga bo'linadi
Lateral guruh:m. m. scaleni anterior, medius et posterior oldingi, o'rta va orqa narvonsimon mushaklar. Oldingi narvonsimon mushak III-VI bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtasidan, o'rta narvonsimon mushak II-VII bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtasidan, orqa narvonsimon mushak IV-VI bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtasidan boshlanib, oldingi va o'rta narvonsimon mushaklar I qovurg'adagi о'mrov osti arteriyasi egatining oldingi va orqa sohalariga birikadi. Orqa narvonsimon mushak esa II qovurg'aga birikadi. Vazifasi: bo'yinni oldinga, bir tomonlama qisqarsa mushak tarafiga bukadi. Umurtqalar harakatsiz holatida esa, bu mushaklar I va II qovurg'alami ko'taradi va nafas olishda qatnashadi.

Download 96.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling