Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Qadimgi grek falsafiy-psixologik fikrining eng buyuk va mashhur vakillaridan biri shubhasiz Platon hisoblanadi


Download 1.38 Mb.
bet12/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Qadimgi grek falsafiy-psixologik fikrining eng buyuk va mashhur vakillaridan biri shubhasiz Platon hisoblanadi. Platonga nisbat berilayotgan buyuk xizmat uning o‘zidan oldingi falsafiy ta’limotlarni, xususan Geraklit, Anaksagor, Sokrat falsafiy g‘oyalarini yanada boyitganligi, falsafada yangi bir yo‘nalish yaratganligi, fanga ideyalar haqidagi g‘oyani olib kirganligi, axloq, siyosat, psixologiya, pedagogika, olamni bilish darajalarini ishlab chiqqanligi bilan izohlanadi. Arab tili fani vakillarining juda ko‘pchiligi bevosita Platon (Aflotun) falsafiy g‘oyalari ta’sirida shakllanishgan. Aflotunning hikmatli so‘zlari, u haqidagi rivoyatlar deyarli 15 asrdan beri barcha musulmon mamlakatlarida, shu jumladan, o‘zbeklar tomonidan ham har doim axloqiylik, yaxshi xulqlilikka o‘rgatuvchi mezon sifatida sevib o‘rganib kelinadi.
Platon falsafada Sokrat va sofistlardan keyin axloq va siyosatni bir darajada o‘rgangan faylasufdir. Uning axloq va siyosat falsafasining asosiy mazmuni ijtimoiy adolat va individual sahovat tushunchalaridir. U o‘zining "Davlat" va "Siyosat" asarlarida davlat qurilishining etti tipini ishlab chiqdi. Platondan oldingi barcha faylasuflarda insonlardagi yaxshi fazilat, sahovat va ezgu ishlarni siyosat bilan bog‘lash har doim muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Chunki siyosat har doim shaxsdan u yoki bu fazilatidan, axloqiy tamoyillaridan voz kechishni talab qiladi. Platon o‘zi ko‘rsatib o‘tgan davlat tiplaridan birinchisini - umumiy yotoqxonani ideal tip deb ataydi, u davlat va qonunchilikka ehtiyoj sezmaydi, deydi. U monarxiya bilan aristokratiyani davlat qurilishining eng qulay tiplari deb bilib, timokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniyani buzilgan davlat tiplari deb hisoblaydi.
Platonda jon haqidagi falsafiy-psixologik fikrlar uning davlat va siyosat haqidagi qarashlari bilan bevosita bog‘langan. Uning " Protigor" va "Menon" asarlarida jonning boqiyligi, eslash bilimi (anamnesis) va ruhning ko‘chishi (metampsixoz) haqida so‘z yuritiladi. "Fedon" asarida u "jon Aid (ideyalar olami) ga o‘zining tarbiyasi va turmush tarzidan boshqa hech narsani olib ketmaydi" deb yozadi. Bu fikrlarning hammasi Platondagi insonning sahovatga o‘rganishi mumkinligi, jamiyat inson shaxsining shakllanishida katta rol o‘ynashi mumkinligi haqidagi fikrdan kelib chiqadi. "Pira" va "Davlat" asarlarida Platon tarbiya muammosini bevosita sahovat va adolat muammaolari bilan bog‘laydi. Inson jonining uchta asosi: nafs, g‘ayrat va mulohazalilikka davlatdagi uchta sinf: hunarmandlar, jangchilar va qo‘riqchilar mos keladi. Va har bir sinf jon tipi o‘z sahovati (sabr-qanoat, shijoat va donishmandlik) ga ega bo‘ladi.
Har bir ko‘rsatilgan sifatlar tarbiya yo‘li bilan shakllantiriladi va ularning davlat tipiga, adolatga mos kelishi narigi dunyoda mukofotlanadi, adolatsizlik, nomukammal davlat tipi, odamlar sifatlarining nomutanosibligi narigi dunyoda jazolanadi. "Fedra" da jonning uch asosi jonning o‘z-o‘zini harakatga keltirishi haqidagi fikr bilan to‘ldiriladi, har xil jon tiplarining ierarxiyasi haqida fikr yuritiladi. 1. Xudolar joni; 2. Donishmand joni; 3. Shoh joni; 4. Mehnatkash joni; 5. Vujud tabibi, davolovchi joni; 6. Avliyo joni; 7. Shoir yoki rassom joni; 8. Hunarmand joni; 9. Sofist joni; 10. Zolim joni; 11. Hayvonlar joni. "Timeya" asarida aql - demiurg‘ koinot ruhi, barkamol jonli zot sifatida, "Qonunlarda" esa jaholat joni barcha halokatlar va kulfatlarning sababi sifatida tasvirlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Platonning jon haqidagi fikrlari keyinchalik Sharqda arab tili falsafasi vakillarining jon haqidagi ta’limotlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Platonning falsafiy fikrlari, davlat tuzilishi, siyosat, ruhiyat, koinot haqidagi qarashlari uning shogirdi Aristotel tomonidan rivojlantirildi va yangi ilmiy g‘oyalar bilan boyitildi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling