Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet10/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Demokrit Levkippdan keyin sababiylik tamoyilini o‘zida mujassamlashtirgan dunyoning atomistik modelini ishlab chiqdi. Cheksiz fazoda ko‘plab olamlarga birlashgan holda o‘zgarmas qonunlar asosida bo‘linmas va ko‘zga ko‘rinmaydigan zarrachalar uchib yuradi va ularning ichida bir muncha tezroq harakat qiladigan va olovsimon sharsimonlari ham bo‘lib ular ruhni tashkil qiladi, Ruh shunday qilib moddiylikning boshqacha ko‘rinishi, xolos. Fizikaning tarqalish qonuni ruh uchun ham, vujud uchun ham ta’sir qiladi. Shuning uchun Demokrit ruhning o‘lmasligini inkor qiladi.
Qadimgi Grek faylasuflarining ruh haqidagi tushunchalari salmoqli edi. Bu tushunchalar afsonaviy tasavvurlardan ilmiy tafakkurga o‘tishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Geraklitdagi shartlilik, Anaksagordagi tartiblilik va Demokritdagi sababiylik tamoyillari faqat moddiy tabiat uchungina emas, balki psixik faoliyat uchun ham qo‘llanishi mumkin degan g‘oya tasdiqlandi.
Hozirgi zamon materialistik falsafasida Geraklit, Anaksagor, Demokrit va Aristotellarni falsafadagi materialistik yo‘nalish asoschilari deb tan olingan. Shu o‘rinda bir narsani eslatib o‘tish joizki, fanda hech qachon absolyut, rad qilib bo‘lmaydigan haqiqat mavjud bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin emas. Agar fan faqat dogmalar, absolyut xaqiqatdan iborat bo‘lib qolganda, unda hech qachon ilmiy taraqqiyot ham va o‘z-o‘zidan ma’lumki ijtimoiy taraqqiyot ham bo‘lishi mumkin emas edi. Shuning uchun fanda, o‘ylashimizcha, ayrim olimning pozitsiyasi, g‘oyasi to‘la-to‘kis qabul qilinib, boshqa bir olimning, fikri, g‘oyasi to‘la-to‘kis rad qilinishi ham mumkin emas. Dialektika qonuniga ko‘ra olamda hamma narsa o‘zgaradi. Har qanday voqea va xodisa faqat o‘sha voqea, xodisa sodir bo‘lgan davr nuqtai nazaridan, o‘sha davr qonunlari va qarashlari bo‘yicha baholanmog‘i lozim. Shuning uchun ilm tarixi, ilmiy g‘oyalar tarixi tahlil qilinayotganda tadqiqotchi uchun eng muhimi xolis munosabat bo‘lsa, o‘rganuvchi uchun eng muhimi g‘oyalar dialektik taraqqiyoti jarayonini anglashga intilish va mushohada qilishdan iborat bo‘lmog‘i mumkin. Agar tadqiqotchi va o‘rganuvchi tarixiy faktni shundayicha qabul qilsa-yu, munosabat bildirmasa, unda ilmiy taraqqiyot yo‘li to‘silib qolmaydimi? Savolga javob shu erda bor. Ilmiy xodisani o‘sha davr nuqtai-nazaridan baholash bizni xolislikka o‘rgatsa, unga tanqidiy munosabatda bo‘lish shu g‘oyaga shu kunda muqobil bo‘la oladigan g‘oyalarni qidirib topishga, izlanishga, ilmiy mushohadaga o‘rgatadi.
Geraklit, Anaksagor, Demokritlar asos solgan materialistik yo‘nalish konkret psixik xodisalarni tabiiy ilmiy tushuntirishning metodologik asosi bo‘lib xizmat qildi. Bu psixik xodisalar: hissiy idrok, individual farqlar, tush ko‘rish, xotira, affekt va boshqalar bo‘lib ularni tabiiy ilmiy tushuntirish umuman inson psixikasini tushuntirishda katta ahamiyatga ega edi. Bu metodologiyaga ko‘ra inson tabiiy qonunlar asosida yashaydigan, suv, olov yoki havodan, anaksagor gomeomeriylari yoki demokrit atomlaridan tuzilgan moddiy olamning bir zarrasi deb izohlandi.
Fanda har doim bo‘lganidek, falsafiy-psixologik ta’limotdagi bu yo‘nalishga qarama-qarshi fikr yurgizgan ilmiy maktablar ham vujudga keldi. Ulardan biri Pifagor maktabi bo‘lsa, ikkinchisi Platon maktabi edi.
Pifagorchilar fanda sonlarni olamning asosi darajasiga ko‘tarishdi. Ular ta’limotiga ko‘ra koinot moddiy emas, balki arifmetik-geometrik tuzilishga egadir. Butun borliqda, osmon jismlari harakatidan tortib grammatikagacha sonli ifoda bor, garmoniya bor. Jon esa qarama-qarshi jismlar garmoniyasidir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling