Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
Brunevik sxemasi.
Ba’zi psixologik sistemalarda «kontseptsial fokus» degan fikrda Etan Brunevik «organizm va uni muhiti» umumiy sxemasidan chiqib kelib asosiy psixologik kontseptsiyalarni klassifikatsiya qilishni taqlif qildi. Bu sxemani asosiy komponentlari shundan iborat: A- organizmning uzoq o‘tmishi; V- organizm atrofidagi fizik moddalar; S- proksimal stimullar; D- organizm; E- to‘qimalar xarakati; J- organizmning muhitini o‘zgartirishi; Z- faoliyatni uzoq, keyinchalik faoliyati; Bu umumiy sxemani Brunevik alohida tarixiy shaqllangan yo‘nalishlar bilan moslashtiradi, Strukturalizm (psixologiyani vazifasini ongini asosiy elementlarini tanib ularni orasidagi bog‘lanish strukturasini aniqlash kontseptsiyasi) va geshtalptizm (ongni butun «dalalar» o‘zgarishini tushuntiruvchi kontseptsiya) proksimal stimullar - organizm munosabatlari bilan chegaralanib koladilar. Klassik bixeviorizm (psixologiya predmetini stimullarga xarakat reaktsiyasi deb hisoblovchi) «proeksimal stimullar - proksimal reaktsiyalar» bo‘lanish bilan chegaralanadi (a-A). Freydizm organizmni uzoqotmishga bog‘liqligi bilan chegaralanadi. (S-0) funktsionalizm muhit ob’ektlarini ular bilan operatsiya qilish munosabatini nazarga oladi (v-A). Bu sxemani e’tiborga olib Brunevik xar bir sanalgan nazariya butun jarayonni bir fragmenti deb hisoblaydi, ammo psixologiya tarixini anglash uchun Brunevik sxemasi yaramaydi: genetik sababi va teoriyalar bo‘zilishini tushuntirib bermaydi. «Sistematologiya» Daniya olimi K.Madsen fanni o‘zini ilmiy analiz qilish kerakligini gapirib psixologik teoriyalarini solishtirib o‘rganish kerakligini uni «sistematologiya» qilishni taklif qildi. Nazariya deb - u shved filosofi G.Gernebodan sung «ilmiy tekst» yoki fikrlash (yozma, og‘zaki), metoteoriya deb - shu tekstni teoritik analizini tushunamiz. Tekstni yaratiganda bir necha darajani taklif qiladi: diskriptiv (tasvirlovchi); gipotetik (tushuntiruvchi); v) metastrata, bunda tekstni avtori bilim, haqiqat, metod, model to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi. «Sistematologiya» asosiga Madsen «fikrlash ekanomikasini» qo‘ydi. Bu adashtiruvchi ishonch, chunki ko‘z bilan ko‘rilgan xaqiqatni bildiradi, haqiqat ilmiy bilimni mazmunini tashkil qiladi deb adashtiradi. Materialistik dialektikasi pozitsiyasidan psixologik o‘rganishni ilmiy kategorial analiz qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kategoriyalar - fikrni eng umumiy bo‘zilmas, o‘zaro bog‘langan ish tashkilotchilari hisoblanadi. Ular haqiqatni aktiv tasvirlanishidir. Falsafiy kategoriyalar ilmi (forma va mazmun, son, sifat va boshqalar) grammatik kategoriyalarga o‘xshab uzoq tarixga ega. Konkret fanning kategoriyasiga kelganda bir fan sohasida hami yaxshi o‘rganilmagan. Ilmiy kategoriya, usullar xali ishlab chiqilmagan. Kategorial yondoshish, ilmiy g‘oyalarni o‘rganish dinamikasi kelajakda keng imkoniyatlar ochiladi. Fan tarixini muammolarini o‘rganishda kategorial yondoshishni qo‘yidagi antitezalarga to‘ldiruvchi sifatida tushuntiradi. Mazmunan - formal. Olimning o‘z ulushini ilmga qo‘shishi qaytarilmas bo‘lgan ligi uchun tarixchini vazifasi bu ulushni maxsus xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Konkret voqealarni qaytadan o‘zgartirib tarixchi ularni boshqalar bilan solishtirmay, razryadga taqsimlamay baholay olmaydi. Bu ikki bo‘linmas tarixiy fikrni operatsiya qilish teoriyalarda o‘hshashmasliklari bilan aks ettirilgan. Teoriyalarda mazmuniga yoki «formasiga» e’tibor kuchaytirilgan. Individul - sotsial. Ilmiy o‘rganish boshidan sotsialdir. Shu bilan birga xar bir o‘rganuvchi shaxs o‘z dasturiga ega va hech kim etolmagan maqsadga intiladi. Ammo hammani boshqachaligini tan olish ma’nosiz bular edi, agar umumqabul qilingan hisobot sistemasi bo‘lmasa kategoriya sistemasi kollektivni ijodi va boyligidir. Teoriyalarni avtorini sanab borishi mumkin, ammo kategoriyalar «tilga» o‘hshab nomsiz, ular butun olimlar tomonidan qabul qilinib xar birini faoliyatiga rahbarlik qilib turgan printsip tarkibiga va tushuntirshi nuqtasiga kiradi. Fan kategoriyasi (xuddi tilnikidek) tarixiy natijadir. Ularni mazmuni asrdan asrga o‘zgaradi. Kategorial qurilish o‘z rivojlanishida qator davrlarni o‘tadi. Davrlarni o‘zgarishi revolyutsion xarakterga ega. Ammo bu o‘zgarishlar shu vaqtgacha bo‘lgan yutuqlar yo‘qqa chiqarilgan emas. o‘rganishm rivojlanishida har bir davrda kategoriyalar moslashtirilib invariant va variantini birligi deb bilamiz. Ularni munosabati «invariant-variativ» mazmunini oladi. Ilmiy g‘oyalarni rivojlantirishda aktual va tarixiylikni ochib katigorial analiz «antikvarizm - prezentizm» anatomiyasini yangi pozitsiyadan hal qiladi. «Prezentizm» uchun shu narsa xarakterliki, ilm fanning o‘tmishini hozirgi zamon tushunchasi tomonidan o‘rganib hamma noilmiy, ularga tuxri kelmaydigan qismidan voz kechiladi. Antikvarizm esa teskarisiga, butunlay hozirgi dunyoqarashdan oldingi davrni tushunish uchun voz kechish kerak deb biladi. Ikkala tendentsiya ilmiy g‘oyani xarakatini uxshash holatini ko‘rishda tushkinlik qiladi. Antikvarizm davrlarni jonli bo‘lanishini kesib tashlaydi. xar bir asr o‘z qobig‘i ichida qoladi, uni o‘rganish hozirgi zamon fani uchun foydasiz bo‘ladi. Prezentizm ham uni ruxlantirib jonlantira olmaydi. Kategoriyalardagi invariantlik o‘zoq tarixiy davr davomida otmishda, kelajakda va hozirgi zamonda xarakat qilishda sharoit yaratadi. Shunday qilib tarixiy o‘rganishlar «antikvar» urniga aktual ahamiiyatga ega bo‘ladi, bu bilan psixologga o‘z fikrini boshqa davr va kelajakdagi fikrlar bilan ichki bo‘lanish borligini tushunishga yordam beradi. Poixologik o‘rganish tarixiga kategorial yondashish uni muhim savollarini yangicha yoritishga, shu qatori psixologiyaga mustaqil fan statusi berilishiga sharoit yaratib berganini yoritadi. Ularga eksperiment qo‘llanishi, maxsus labaratoriya paydo bo‘lishini, matbuotda yoritilishini va hokazoni kiritish mumkin. Boshqa muhim masala poixologiyani maktablarga va sistemalarga bo‘linishiga qarashlidir. Bunday bulinish shunday sharoitda bo‘ldiki; kategorial apparatni bir bloki kuch bilan eksperimental teoritik ishlarga e’tibor berdi. Kategoriyalar birlashmani emas, balki sistemani tashkil qiladi. Shuning uchun konkret ilmiy ob’ekt haqida «bir kategoriyada» deb fikrlash mumkin emas. Bu sistemani tarixiy darajali tabiatida uni zvenolari xar xil darajada xarakat qilishi mumkin ya’ni xar xil davrni ilmiy o‘rganishni rivojlantirishdir. Kategorial analiz uchun ob’ekt bo‘lib fanni rivojlanishi formalari xizmat qiladi. U jamoat - tarixiy praktikadan kelib chiqdi. Ilmiy o‘rganish tarixini burilish punktlarida psixologik o‘rganishlar sotsial - ideologik stimulyatorlarga bog‘liqligi yanada yaqqol ko‘rinadi. Bu kitob avtoriga junash nuqtasi bo‘lib determinizm g‘oyasi sabab bo‘ldi. Ilmiy o‘rganish deterministikadir. Mazkur kitob psixologiya tarixini deterministik bilimini progressi tomonidan kurib chiqishni xarakat qiladi. Asar psixologik fikr tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning qadim o‘tmishlarga borib taqalishini e’tirof etish mumkin. Chunki odamzot o‘zini o‘zgalardan, atrof-muxitdan ayri anglay boshlagan davrdan boshlab, unda o‘ziga ruhiy holatlar va jarayonlar to‘g‘risida tasavvurlar shaqllana boshlagan. Lekin ana shu tasavvurlar va tushunchalarni yahlit tizimga solib, uning qonuniyatlari to‘g‘risidagi dastlabki urunishlar uning fan sifatida shaqllanishning ibtidosiga to‘g‘ri keladi. Umuman rux haqidagi g‘oyalar qadimdayoq Suqrot, Platon, Arastularning falsafiy qarashlarida shakllangan. Demak, birlamchi psixologik qarashlar falsafa negizida paydo bo‘lgan edi. Buyuk allomalar asarlarida jon va ruh haqidagi qarashlardan ta’sirlangan boshqa olimlar, birinchi navbatda, faylasuf olimlar tabiat jamiyat va inson tafakkuri xususida asarlar yaratganda, inson ruhiyatiga ham e’tibor qaratilishini o‘zlariga odat qilib oladilar. Shu bois hami psixologiyani haqli ravishda falsafa negizida shakllangan fan deyish mumkin. Keyinchalik boshqa fan sohalari, ayniqsa, tibbiy-biologik izlanishlarda inson va uning murakkab tuzilishi, ruxiy xayotga qiziqishi ortib borgan sari sekin- asta psixik jarayonlarning ham yahlit bir tizimi bo‘lishi va uni hami fanning yutuklaridan foydalangan holda o‘rganish mumkinligi g‘oyasi paydo bo‘ladi. qo‘laversa, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, inson ruxiyati to‘g‘risidagi psixologik hamida falsafiy qarashlar bilan tabiiy-ilmiy (anatolik, fiziologik, bioligik, bio‘imik va boshqalar) qarashlar o‘rtasida tafovvutlar chiqqani sari uning alohida fan sifatida shaqllanishi zaruriyati ortib bordi va uni o‘rganishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. XIX asr oxirlarida, aniqrog‘I, 1879 yilda nemis olimi Vilgelpm Vund Leybnits universitetida dunyoda birinchi eksperimental eksperimental psixologik laboratoriyaga asos soldiki, unda o‘tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham alohida fan sifatida o‘zini ko‘rsatishga xaqli ekanligini isbotladi. Chunki Vundt tibbiyot fani bo‘yicha hami mukammal bilimlarga ega bo‘ladi keyin fiziologiya sohasida muvoffakiyatli ishladi, so‘ngra falsafaga berilib ketdi. Balki, aynan bir qator fanlarni hami gumanitar hami tabiiy fanlar asoslarini yaxshi bilaganligi ob’ektiv sabab bo‘lgandirki, olim odam psixologiyasi unda ro‘y bergan jarayonlar oddiy sezishdan tortib, mavxum tafakkurga bo‘lgan jarayonlarni xissiy holatlarni amaliy tarzda eksperimentlarda o‘rgana boshladi. Uning maqsadi - eng avvalo inson ongini tashqil etuvchi sof elementlarni ajratib olishdan iborat edi. Shuning uchun hami psixologiyada u asos solgan yo‘nalish strukturalizm deb nomlanadi. Psixologiya fan sifatida shaqllanib, unda olimlar qarashlari, shaqllanib borgan sari ruxiy kechinmalar tabiatini negizdan, ich-ichidan o‘rganishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Klassik psixoanalizning asoschilaridan bo‘lgan Avstriyalik olim Zigmund Freyd psixologiya nafaqat ong sohasini, ya’ni bevosita ongsizlikka aloqador hodisalarni, ya’ni real etolmaydigan hodisalarga tabiatini hami o‘rganishi lozim degan g‘oyani ilgari so‘rgan Freyd ikkita asosiy narsaga e’tiborini qaratdi. Birinchidan. Har qanday psixik jarayon yoki holat ongli, g‘oyada va ongsiz bosqichlarda yoki holatlarda ro‘y beradi. Shaxs tizimida hami bu uchala bosqichning o‘rni bo‘lib undagi jarayonlar inson tomonidan anglamaydi, lekin ongli hayotga ularning ta’siri katta Ego-tashqi olam bilan bo‘langan, uning ta’sirlariga beriluvchan shaxs xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi va doimo “Id” ni siqib chiqarishga xarakat qiladi. Insonda yuqoridagilarning qay biri kundalik xulq me’yorlarida ustivor bo‘lishga qarab, uning jamiyatdagi o‘rni belgilanadi. Ikkinchi: Inson xulq-atvorini va uning amallarini boshqarib turadigan psixik energiya borki, u shaxsning qiyofasini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, ehtiyojlarni qondirishga undovchi kuchlar libida energiya hamida agressiv energiyalar mavjuddir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling