Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 -MAVZU. ANTIK DAVR PSIXOLOGIYaSI. JON XAQIDAGI PSIXOLOGIK BILIMLARNING VUJUDGA KELIShI
- Ikkinchidan
- Ya’ni inson mavjudligining mazmuni nima Inson bilan koinot o‘rtasida qanday munosabat bor Insonning mohiyati nimadan iborat
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Qadimgi Hinddagi Vedalarning asosiy g‘oyalari nimadan iborat? 2. Jaynizmning psixologiyaga taalluqli asosiy g‘oyalari nimalardan iborat? 3. Buddizmning odam: vujud, ong, sezgi, idrok va aqliy faoliyat bo‘laklari to‘plamidan iborat, - degan tezisiga baho bering. 4. Yogalarning psixologik imkoniyatlari nimadan iborat? 5. Qadimgi Xitoydagi “Ichki a’zolar haqida kitob”ning psixologik g‘oyalari nimalardan iborat? 3 -MAVZU. ANTIK DAVR PSIXOLOGIYaSI. JON XAQIDAGI PSIXOLOGIK BILIMLARNING VUJUDGA KELIShI Ilgari ta’kidlaganimizdek u yoki bu ilmiy g‘oyaning aynan qaysi region yoki xalqqa tegishli ekanligi haqida aniq fikr aytib bo‘lmaydi. Ilmiy g‘oyalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, aynan yoki shunga o‘xshash fikrlar Hindistonda ham, Xitoyda ham, Misrda ham, Gretsiyada ham, Movarounnahrda ham mavjud bo‘lgan. Bunday xodisani bir necha yo‘nalishda izohlashga urinib ko‘rish mumkin. Birinchi va albatta ilmiy isbotlangan sabab, er yuzidagi hamma sivilizatsiyalar doimiy ravishda bir-biri bilan madaniy, savdo, siyosiy munosabatlarga kirishadi va g‘oyalar ayriboshlaydi. Hatto ertaklar, dostonlar va afsonalardagi o‘xshash personajlar, syujetlarni qisman shu bilan izohlash mumkin. Ikkinchidan, bu ham qisman ilmiy isbotlangan izoh, dialektik taraqqiyot, ilmiy g‘oyalar va tasavvurlar evolyutsion taraqqiyoti qonuniyatlari hamma erda bir xil. Bir regionda bir tsivilizatsiya ertaroq, boshqa regionda boshqa xalq kechroq, albatta, bir xil ilmiy echimga kelishi tabiiy. Uchinchidan, bir xalq o‘zining inoqligi, mehnatsevarligi, maqsad sari intilishi bilan bu g‘oyalarni yanada rivojlantiradi va echimga tezroq etadi, boshqa bir xalq yovuzlik, adovat ustunligi tufayli taraqqiyotning quyi pog‘onasida qolib ketadi. Qadimgi Sharq, Misr, Xitoy va Hindistondan keyin falsafiy-psixologik tasavvurlar taraqqiyoti Gretsiyada o‘zining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Afina eramizgacha V asrda falsafiy fikrning intensiv ishlash markaziga aylandi. Shu davrda “donishmandlik o‘qituvchilari” - sofistlarning faoliyati avj oldi. Quldorlik demokratiyasi so‘zamol, bilimdon, rad qilish va isbotlash san’atini yaxshi egallagan odamlarni talab qiladigan turli tashkilotlarni yaratdi. Sofistlar odamlarga shu sifatlarni o‘rgatishar edi. Ijtimoiy talabni yaxshi anglagan holda ular birinchi o‘ringa sof insoniy muammolarni qo‘ydilar. Sofizmning markaziy muammosi boshqalar bilan munosabatga kirishadigan, olamni anglaydigan va harakat qila oladigan individ-inson deb talqin qilindi. Ularning ta’limotida ko‘plab psixologik tizimlar muhokama qilingan. Masalan, bilishning sub’ekt qiziqishlariga bog‘liqligi, nutq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, insonning bilish faoliyatida hissiy va mantiqiylik va x.k. Sofistlarning inson tushunchalarining nisbiyligi va shartliligi haqidagi fikrlariga qadriyat va tushunchalarda umumiylik, qat’iy mazmun bo‘lishi kerak degan g‘oya bilan Sokrat qarshi chiqdi. Eramizgacha IV asrning ikki buyuk mutafakkiri Platon va Aristotel ko‘p asrlar davomida insoniyatning falsafiy psixologik fikriga ta’sir ko‘rsatgan tizimni yaratdilar. Aleksandr Makedonskiy imperiyasining paydo bo‘lishi naturfilosoflar dunyoqarashini kengaytirgan, grek falsafasi va fani yutuqlarini umumlashtirib, qat’iy tizimni yaratgan bo‘lsa, imperiyaning inqirozidan so‘ng - ellinlar davri boshlandi. Bu davrda grek va Sharq xalqlari madaniyatlari o‘rtasidagi aloqalar kuchaydi. Bu davrda asosiy falsafiy maktablar sifatida peripatetiklar va stoiklar maydonga chiqdilar. Ellinlar davri falsafasi uchun harakterli muammo axloqiy masalalar edi. Greklarning jamiyatdagi holati o‘zining mustahkamligini yo‘qotdi, shuning uchun ham individualizm, donishmandlar hayotini ideallashtirish avj oldi. Insonning bilish qobiliyatlariga ishonch susaydi. Skeptitsizm, loqaydlik, Pirron targ‘ib qilgan “ataraksiya”, faoliyatni rad qilish, biron-bir fikr yurgizishdan saqlanish avj oldi. G‘oyaviy jihatdan stoiklar, epikureychilar, skeptiklar ta’limoti individning tom ma’nodagi itoatkorligini targ‘ib qildilar. Donishmandlik atrof-olamni bilish sifatida emas, balki ijtimoiy-siyosiy va harbiy silsilalarda pinagini buzmaydiganlar xulqi qoidalariga ega bo‘lish deb talqin qilindi. Shu bilan birga yangi markazlar paydo bo‘ldi. Ana shulardan biri eramizgacha III asrda Aleksandriyada tashkil qilingan muzey va kutubxona edi. Bu erda fanning ko‘pgina sohalarida falsafiy-psixologik fikrga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan g‘oya va kashfiyotlar yaratildi. Bularga misol qilib matematika (Evklid), geografiya (Eratosfen), mexanika (Arximed), anatomiya va fiziologiya (Gerofil va Erazistrat), grammatika va tarixshunoslik kabi fan sohalaridagi g‘oyalarni ko‘rsatish mumkin. Qadimgi Rimda Lukretsiy (er-gacha 1-asr) va Galen (er-gacha II-asr) kabi buyuk mutafakkirlar ijod qilishdi. Rim imperiyasi qullar inqilobidan inqirozga yuz tutgan davrda tabiatni tajriba yo‘li bilan o‘rganish va materialistik g‘oyalarga muxolif neoplatonizm paydo bo‘ldi. Avgustinning (eramizning IV-Vasrlari) fikrlari introversiya-insonning o‘z-o‘zi bilan yolg‘iz qolish g‘oyasini targ‘ib qildi. Shunday qilib antik davr falsafiy fikri dunyoni mifologik-diniy tushunishni rad qilib, intellektual inqilob bilan, dunyoga buyuk g‘oyaviy boylik berish bilan boshlanib ijtimoiy iqtisodiy barbod bo‘lish davrida inqirozga yuz tutdi. Antik davr psixologik qarashlari falsafiy g‘oyalar kurashi va o‘rin almashishi bilan, insonni tajribaviy o‘rganish va uning ijtimoiy tajribasi bilan, shuningdek biologiya va tibbiyot sohasidagi yutuqlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Psixologik bilimlar taraqqiyoti tarixining turli bosqichlarida inson va uning psixikasi haqidagi bilimlar empirik materialning yangi nazariy sintezi orqali boyitildi. Mifologik tasavvurlardan ilmiy-falsafiy tushunchalarga o‘tish ana shunday sintezning dastlabki ko‘rinishlaridan edi. Albatta, psixologik bilimlar tarixida yangicha fikrlashga turtki beruvchi alohida bir sababni ko‘rsatish qiyin. Qadimgi grek faylasuflari uchun ham, ularning o‘tmishdoshlari uchun qanday faktlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, shu faktlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kelgan. Faqat bu erda faktlarga yondashish uslubi boshqacha bo‘lgan. Shuni unutmaslik kerakki, nazariy tafakkurdagi o‘zgarish o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun alohida xodisa va vaziyatlarni kuzatib tahlil qilish kerak bo‘ladi. Qadimgi Grek faylasuflari odamlarning dunyoni anglash va o‘zgartirish sohasidagi real, amaliy faoliyatlari natijalarini umumlashtira olganliklari uchun ham atrof-olamni yangicha talqin qilish yo‘lini topa oldilar. Biz qaysi bir falsafiy ta’limot, diniy falsafiy oqim va maktablar qarashlarini olib ko‘rmaylik, har doim yagona bir tezisga duch kelamiz. Ya’ni inson mavjudligining mazmuni nima? Inson bilan koinot o‘rtasida qanday munosabat bor? Insonning mohiyati nimadan iborat? Chuqurroq tahlil qilinsa, butun falsafiy psixologik bilimlar taraqqiyoti ana shu savollarga javob qidirish jarayonidan iborat ekanligini payqash mumkin. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling