Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
Geraklit shunday yozadi “Psixeyalar uchun o‘lim - suvga aylanish. Suv tuproqqa aylanadi va o‘ladi. Tuproqdan suv paydo bo‘ladi, suvdan esa-psixeya”. Ya’ni organizm mikrokosmosida makrokosma doirasidagi olovning doimiy shakl o‘zgartirib turishi ritmi takrorlanadi. Organizmdagi olov ruh-bu psixeya. U suv holatidan paydo bo‘ladi va unga qaytadi.
Geraklit fikriga ko‘ra, ruh namlikdan bug‘lanib paydo bo‘ladi. Yana namlikka aylanganda u halok bo‘ladi. Ruhning namlik holati bilan quruqlik holati doimiy bir-biriga o‘tib turuvchi holatdir. Masalan, “mast erkak qayoqqa borayotganligini payqamaydi, chunki uning ruhi rutubatlidir.” Aksincha ruh qancha quruq bo‘lsa shunchalik aqlli va yaxshidir. Geraklit o‘zidan oldingi faylasuflarning ruh va tabiat birligi haqidagi fikrlarini tasdiqlabgina qolmay, psixologiya tarixida birinchi marta psixik jarayonlarning aniq chegarasini belgilab berdi. Masalan: Organizmda psixik va psixikagacha bo‘lgan holat, psixikaning ichida esa hissiy bilish va tafakkur, shuningdek, individning “kosmik olov” bilan muloqoti qay darajada ekanligidan kelib chiqadigan tushunish darajalari. Geraklit falsafasi, uning atrof-olam haqidagi fikrlari keyinchalik Parmenidga mansub bo‘lgan falsafiy fikrlarda yanada rivojlantirildi. Parmenid falsafa tarixida birinchi marta hissiy bilish dunyosi bilan aqliy bilish dunyosi o‘rtasida aniq chegara qo‘ydi. Hissiy bilish dunyosi o‘zining omonatliligi, qo‘nimsizligi, doimiy o‘zgarib turishi bilan harakterlansa, aqliy bilish dunyosi o‘zining turg‘unligi, turdoshligi, tugalligi bilan harakterlanadi. Empedokl falsafiy g‘oyani davom ettirib, borliqning to‘rt asosi (olov, havo, suv, tuproq) haqidagi ta’limotni yaratdi. Uning ta’limotiga ko‘ra bu o‘zgarmas, mangu mavjud va barhayot elementlar muhabbat va adovat ta’sirida doimiy munosabatga kirishadi va turli birikmalarga birikishadi. Vujudning hamma sanoqsiz xususiyatlari, shu jumladan psixik xususiyatlar ham ana shu to‘rt elementning turlicha miqdorda aralashishidan shakllanadi. Anaksagor olamni sanoqsiz, sifat jihatidan turli tuman zarralar (gomeomeriylar)dan tashkil topgan va ularning harakati aql (nus) tufayli tartibga solinadi, deydi. Aql (nus) qadimgi grek falsafasining asosiy kategoriyalaridan hisoblanadi. U tabiat jarayonlari va inson xulqi (shu jumladan tafakkuri) ga qonuniylik harakterini beradi. Falsafiy-psixologik bilimlar tarixida Anaksagor birinchi marta tashkiliylik, tartiblilik, zarraning butunga tobeligi tamoyilini yaratdi. Anaksagor bo‘yicha vujud qanchalik mukammal bo‘lsa, ya’ni unda tartiblilik, tashkiliylik qancha yuqori bo‘lsa “aql” shuncha ko‘p bo‘ladi. U yozadi “Inson - qo‘llari bo‘lganligi uchun eng aqlli jonzotdir”. Bu fikr Anaksagor tafakkuri yo‘nalishini yaqqol ifodalaydi. Anaksagor aqllilikning ob’ektiv me’yorlarini tirik jonivorning mukammalliligi darajasidan qidirgan edi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling