Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


MAVZU. QADIMGI ShARQ: MISR, HINDISTON VA XITOYDA PSIXOLOGIK QARAShLARNING PAYDO BO‘LISHI


Download 1.38 Mb.
bet7/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

2 MAVZU. QADIMGI ShARQ: MISR, HINDISTON VA XITOYDA PSIXOLOGIK QARAShLARNING PAYDO BO‘LISHI
Reja:

  1. Qadimgi sharq mamlakatlarida jon haqidagi ta’limotlar.

  2. Muqaddas kitoblarda jon haqidagi ta’limotlar.

  3. Misr, Xind va Xitoy tabiblari temperament haqida



Qadimgi Grek faylasuflarining ta’limotiga ko‘ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson dunyoning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi.
Masalan, Falesning (624-547) yillar ta’lim berishicha, butun mavjudotning shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug‘) shaklida tasavvur qilingan. Anaksimen (e.a. 588-525y) butun mavjudot zichlashish va siyraqlashish qobiliyatiga ega bo‘lgan havodan tashqil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh bu juda siyraklashgan havodir deydi u.
Geraklit- Tyomniy (e.a. 544-483y) tabiatning asosi o‘t (olov)dir deb hisoblagan .“Hamma narsa olovdan paydo bo‘ladi va yana hamma narsa olovga aylanadi”. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u.
Geraklitning fikricha, ruh- bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o‘zgarib turadigan asosining - olovning o‘tkinchi holatlarining biridir. Hamma narsaning asosi tuproq- uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham bo‘lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483-423y) “Tabiat haqida” degan poyemaning avtori bo‘lib bu dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to‘rttala stixiyaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq yoki olov yotadi deb ta’lim bergan.
Falsafa fanida ruh haqidagi ilk nazariy qarashlar. Platonning idealistik qarashlari. Arastu qalb to‘g‘risida. Antik psixologiyaning rivojlanish bosqichlari.
Ong psixikaning asosiy kriteriyasi ekanligi to‘g‘risida. Dekartning ilmiy qarashlari. Qalb va ruh, tana to‘girisidagi ta'limot. Tafakkur substantsiyasi. Spinoza psixologiyasi. Effekt holatlar. Insonning individual farqlanishlari.
Platonning ruh va qalb haqidagi qarashlari, Platon (427-347) bilan Demokritlar deyarli bir vaqtda yashaydilar va ijod etdilar. Bular quldorlik aristokratiyasi mafkurasining namoyondalari edilar. Platon jon va tan mutlaqo har xil, hatto qarama-qarshi bo‘lgan ikkita mohiyatidir, deb ta’lim berganlar. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi organlari bilan idrok qilish mumkin: uni ko‘rish va sezish mumkin, u fizik jismdir.
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo‘lib, fizik jism emas, balki metafizik, sezib bo‘lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyoga emas, balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatdan yashayotgan ideallar (g‘oyalar), “obrazlar” dunyosiga taaluqlidir. Jon inson tanasiga o‘sha dunyodan kelib qo‘shiladi. Uning tana bilan birga bo‘lishi vaqtinchalikdir, tana o‘lishi bilan jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi.
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindondagi narsa kabi, doimo ideallar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo‘lib, intilib turadi. O‘z ongini oshirish yo‘li bilan shu dunyo haqidagi eslash insonga haqiqiy demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir manbai-ideallar dunyosidir. Bizning atrofimiz dunyosini sezishimiz va idrok qilishimiz esa, faqatgina o‘zgarib turadigan beqaror hodisalar haqida bilim beradi, holos. Biroq jonning (ruhning) ideal holda namoyon bo‘lishi ko‘pchilik kishilarda to‘silib turilishi va moddiy tanaga bo‘ysundirilishi mumkin. Oqibatda, jon ideallar dunyosini go‘yo esdan chiqarib, materiyaga farq bo‘lmog‘i mumkin.
Shuning uchun ham yer yo‘zidagi hayot sharoitlarida inson joni, materiyaga qanchalik farq bo‘lishi darajasiga qarab, go‘yoki 3 qismga bo‘linadi. Har bir kishida ularning har biri har xil darajada namoyon bo‘ladi .
Jonning qaysi qismi ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual xususiyatlari hayotining yo‘nalishi, harakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo‘ladi.
Qadimgi grek materialistlari, shuningdek idealist Suqrot va Platonlar ham o‘zlarining psixologik qarashlarini yozib sistemali bayon qilingan mukammal asar sifatida qoldirmaganlar.
Ularning bu fikrlari asosan ayrim-ayrim mulohazalar tariqasida saqlanib qolgan. Platonning psixologik fikrlari esa har xil falsafiy asarlarida- diologlarida saqlangan.
Grek faylasuflaridan birinchi bo‘lib ruh va ruhiy faoliyat haqida sistemali ta’limot yaratgan kishi Aristotel (384- 322y) bo‘lgan. Aristotel Platonning shogirdi bo‘lib uning ta’limotiga tanqidiy yondashgan ta’rifiga ko‘ra, Aristotel o‘z falsafiy ta’limotida idealizm bilan materializm o‘rtasida ikkilanib qolgan.
Aristotel ruh tana bilan uzviy bog‘langan, deb hisoblaydi. Lekin uning fikricha ruh moddiy, jismiy har bir narsa emas.
Aristotel jon (ruh)ning uch qismi haqida Platon ta’limotidan farq qilib, uch xil jon (ruh) haqida vegetativ, sezuvchi va aqilli ruh turlari haqida ta’limot yaratdi. Vegitativ ruhning faoliyati ovqatlanishda va ko‘payishda ifodalanadi. Ruhning bu turi o‘simliklarda, hayvonlarda, insonlarda ham bo‘ladi. Hayvonlarda ham insonlarda ham bo‘ladi. Sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va hislarda xotira va tasavvurlar sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va hislarida, xotira va tasavvurlarda namoyon bo‘ladi. Ruhning bu turi hayvonlarda ham insonlarda ham bo‘ladi. Aqlli ruhning faoliyati tafakkurda, bilimda va ixtiyoriy harakatlarda yo‘zaga chiqadi.
Aqlli ruh faqatgina insonlarga hosdir. Shu aqliy insonning ruh va uni faoliyati haqidagi mulohazalar Aristotel psixologiyasida asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha bu ruhiyatning mohiyati yashirin, ilmiy yo‘l bilan bilib bo‘lmaydigan botir kuchdan iborat. “Ruh haqida aniq tushuncha berish-deydi Aristotel,-har jihatdan haddan tashqari kiyinish, ruh bu jism emas, balki o‘shanga xos bir narsadir. U mavhum tushunchadir”. Aristotelning fikricha aqlli ruh ilohiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan: u tanadan tashqarida ham yashay oladi. Tana o‘lgandan keyin “ Aqlli ruh ilohiy ruh bilan qo‘shilib ketadi”.
Aristotel ruh va tananing o‘zaro munosabati masalasiga katta e’tibor bergan. “Ruh deydi u o‘z tabiatiga ko‘ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir”. Forma materiyaga nisbatan qanday bo‘lsa, ruh ham tanaga nisbatan xuddi shunday. U hayotga ma’no va yo‘nalish beradi. Ruh ta’sir qiladi va harakatlantiradi, tana esa ta’sirlanadi va harakatga keladi. U ruhning birlamchiligi haqidagi umumiy tezisni quyidagi so‘zlarda ifodalagan : “ruh tirik tananing sababi va manbaidir”.
Aristotel ruhning mohiyati va uning tana bilan o‘zaro munosabati haqida bu o‘ziga xos fikrlar bilan birga berdik birinchi bo‘lib, o‘z-o‘zidan ko‘zatish mumkin bo‘lgan ruhiy hodisalarni tasvirlab yozgan va klassifikatsiyalashtirilgan. Uning psixologiyasida hozirgi zamon psixologiyasiga asos bo‘lgan ko‘pchilik tushunchalarni uchratish mumkin, Chunonchi: tashqi beshta sezgi va sezgilar haqidagi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz protsesslar haqidagi, tasavvur assotsiatsiyalar haqidagi, tafakkur haqidagi , tushunchalar va xulosa chiqarishlar va hakozalar haqidagi ta’limot yaratdi.
Aristotel, inson sezgilari tashqi moddiy qo‘zg‘ovchilar ta’siri tufayli hosil bo‘ladi degan fikrni takidlagan. Tafakkur haqidagi ta’limotda u Platonning umumiy va mavhum tushuncha-ideal narigi dunyodan kelib chiqqan degan ta’limotini inkor qildi.
Aristotel tushunchalarida ifodalangan umumiylik yakka narsalardan tashqarida yoki yakka narsalardan avval o‘zi bor bo‘lgan emas, ba’lki yakka narsalarni o‘zida bo‘ladi, degan ta’limotni ilgari surdi.
Qadimgi Grek filiasoflari birinchi bo‘lib mantiqiy tafakkur formalarini mukammal sistemasini ishlab chiqdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Aristotel psixik xodisalarni tasvirlar va analiz qilar ekan, organizmdagi ruhiy va fizik (fizioloogik) hodisalar o‘rtasidagi boqlanishlarni izladi. Uni psixologiya masalalarni hal qilishdagi materialistik tendensiyallari mana shunda ko‘rinadi.
Platon bilan Aristotel yaratgan ruh haqidagigi talimot o‘rta asrlarda- Sharqda ham, g‘arbda ham hukmron bo‘lib qoldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVIII asrda) metofizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oldi.
Bu psixologiya shuning uchun ham metofizik deb ataladiki, uning tekshirish predmeti bo‘lgan ruh, psixik protseslar-fizik hissiy dunyo chegarasidan tashkil qilgan mavjud mohiyati, ayrim jismiy bir narsa deb tushuntiriladi.: shuning uchun ham ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish tajribadan ajratilgan faqat guruh mulohazadan iborat edi.
O‘rta asr mutafakkirlarning ruh va ruhiy hayot haqidagigi masalalarga qaratilgan edi. Shuningdek o‘rta asr mutafakkirlari iroda masalasiga alohida e’tibor berdilar.
Masalan: Avgustin Iponniskiy (353-430y) birinchi bo‘lib kishining boshqa ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikr yuritilgan. Irodaning ta’limoti juda yaqqoldir. Uning aytishicha, iroda aqldan ham yuqori turadi. Butun o‘rta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqtlarda ham filosofiya va psixologiyada irda erkinligi haqidagi tortishiv juda katta o‘rin egalladi. Bu masala bo‘yicha V-asrdayoq ikkita oqim - indeterminizm paydo bo‘lgan.
Diterministlar (lat, diterminare-belgilamoq) inson irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga bo‘ysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy qarakatlari ham erkin emas, balki zarurat bilan o‘z sabablari bilan belgilanada deb ta’lim beradilar.
Imdeterminislar, aksincha, inson irodasi va uning katta harakatlari har qanday sababiyatdan holi erkin hamda zaruriyatga bog‘liq emas, deb ta’lim berdilar.
Realistlar umumiy tushunchalar (“Universalilar” o‘sha vaqtda shunday deb atalardi) real, ob’yektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda aks etadi, deb davo qiladilar.
Anzel’m Kenterberiyskiy (1033-1109y) va shompalik Vilgelm (1121-1170y) lar realizmni eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi.
Naminalistlari (lat. nominale-nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat yakka predmetlarning normallaridir, deb hisoblar edilar. Naminalistlarning ta’limotida ba’zi bir o‘rta asr mutafakkirlarining materialistik tendensiyallari ham ifodalangan.
Eramizgacha bir necha ming yillar oldin Sharqda Misr, Xindiston, Xitoy kabi buyuk tsivilizatsiyalar paydo bo‘ldi va aynan shu erlarda boshlangan g‘oyalar taraqqiyoti, xozirgi zamon ilmiy tizimining shaqllanishiga olib keldi. Aynan shu mamlakatlarda jonning o‘lmasligi, vujudni tashlab xohlagan tomonga yo‘l olishi haqiidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keldi.
Dastavval vujudga kelgan rux haqidagi tasavvurlardan biri tirik vujud tashkil muhitga bog‘liqdir, jonning faoliyati esa o‘z navbatida vujudning hayoti bilan bog‘liq degan tasavvurlar edi. Eramizgacha IV ming yillikning ohirida Misrda yaratilgan "Memfis teologiyasi yodgorliklari"da psixik faoliyat mexanizmlari qo‘yidagicha tasvirlanadi. Butun dunyoning yaratuvchisi xudo PTAX odamlar nimani o‘ylashmasin va nimani so‘zlashmasin, ularning yuraklari va tillarini u idora qiladi. Lekin U bunday boshqarishni vujuddagi organlar tizimi orqali amalga oshiradi. Sezgi organlarining ahamiiyati shuki "Xudolar ko‘zning ko‘rishini, quloqning eshitishini, burunning nafas olishini yurakka xabar yuborishlari uchun yaratishgan". Yurak esa ongning xar qanday turini paydo qiladi. Boshqacha aytganda aynan shu davrdan boshlab ongli faoliyatning markazi yurak degan dastlabki tasavvurlar paydo bo‘la boshladi.
Odamlarning bilish faoliyati markazini aniqlash uchun yukori darajadagi empirik tadqiqotlar kerak bo‘lgan. Shu bilan birga "Yodgorliklar"da so‘z haqiida aytilgan fikrlar ham diqqatga sazovordir. Ma’lumki, qadimda so‘z buyumning egizagi sifatida tasavvur qil ingan, so‘zga ega bo‘lish, buyumga ega bo‘lish bilan tenglashtirilgan, so‘zning ilohiy qudrati borligi haqiida tasavvurlar mavjud bo‘lgan.
Lekin "Yodgorliklar..."da "til - yurak o‘ylagan narsani takrorlaydi" deyiladi. Bundan shunday mazmun chiqadiki, til so‘z orkali yurakka xabar beradi, yurakning o‘ylagan narsasini takrorlaydi. Bunday sababiy bo‘lanish "periferik- markaz" tushunchasini aslida orga-nizmning ichki to‘zilishi bilangina izohlaydi. Izohlashning ushbu shaqli esa qadimgi sharq meditsinasi yutuqlari bilan bog‘liqdir.
Ozgina oldinga ketib, shuni aytamizki, so‘zning ilohiy qudrati haqiidagi fikrlar keyinchalik turli diniy tasavvurlar doirasida yanada kengaydi. Masalan; nasroniylarning muqaddas kitobi "Injil", musulmonlarning mukaddas kitobi “burooni Karimda” Tarik surasining 13-oyatida. "Shak-shubhasiz u (quron xaq bilan botilni) ajratuvchi so‘zdir" deyiladi. hech kimga sir emaski, ijtimoiy muhitning shaqllanayotgan inson shaxsiga ta’siri, tashkkilashgan ta’lim-tarbiya tizimi ham asosan so‘z yordamida amalga oshiriladi.
Hamma Qadimgi Sharq mamlakatlarida, keyinchalik qadimgi Gretsiyada ham hatto faoliyatining asosi sifatida kon aylanishi va ondagi xavo tarkibiga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi Misr meditsinasida odam jon ato qil uvchi pnevmadan quvvat oluvchi jonzot deb ta’riflanadi.
Xitoy meditsinasining manbai hisoblanadigan "Ichki a’zolar haqida" deb nomlanuvchi kitobda aytiladiki, vujudning xokimi mutlaq yurak bo‘lib, xayot faoliyatini, shuningdek psixik faoliyatni ham ta’minlovchi quvvat xavosimon birikma TSI hisoblanadi. TSI insonga o‘ylash qobiliyatini va xissiyotni ato qiladi. O‘ylash yurak funktsiyasi, hissiyot esa jigarda joylashgandir.
Hind va Xitoy tabiblari temperamentni uchta asosga ko‘ra farqlaganlar: xavosimon birikma (pnevma yoki TsI), safro (baozan %on) va shillik modda. Xitoy meditsinasida shunga ko‘ra uchta tipdagi odamlarni ajratishgan:

  1. Safro yoki qoni ko‘p odamlar - kuchli va jasur.

  2. TsI ko‘p odamlar-xarakatchan, tez yig‘lab, tez kuladigan o‘zini tuta

olmaydigan, xulq chegarasi bo‘yicha maymunga o‘xshaydigan.

  1. Shillik moddasi ko‘p odamlar - kam xarakatli, jur’atsiz.

Hindiston va Xitoyda falsafiy yo‘nalishlar eramizgacha birinchi ming yillikning o‘rtalarida paydo bo‘la boshlagan.
Hindiston uchun falsafiy fikrlarning asosi sifatida Vedalar xizmat qil di. Vedalarda jon muammosi birinchi navbatda Axloq nuktai-nazaridan muxokama qil inadi. Insonning o‘z-o‘zini kamolotga etkazib, to‘g‘ri xulq orqali komillikka yetishishi jon muammosining asosiy mag‘zini tashkil qiladi. Jonning ko‘chishi haqida Vedalarda atroflicha fikr yuritiladi.
Hindistonda Jaynizm va Buddizm kabi diniy taolimotlar shu yo‘sinda shaqllandi. Jaynizm vujudni jon erksizligining manbai deb bilsa, Buddizm jonni alohida mavjudlik deb tan olmaydi. Ularning ta’limotiga ko‘ra psixik holat bu bir- birini takrorlamaydigan daqiqalar oqimi, bir-birini almashtiruvchi holatlardan iboratdir.
Keyinchalik paydo bo‘lgan Sankxaya, Vedanta, Yoga, Mimansa, Vaysheshika kabi falsafiy maktablarda hami jonni o‘rganish asosan metafizik - Axloqiy masalalarga bo‘lanadi.
Vedanta taolimoti bo‘yicha "men"- alohiida intuitiv ongdir, unda ob’ekt va subekt yo‘q, u cheksiz kosmik ong, dunyoning asosidir.
Yoga maktabi esa ilohiyot bilan bevosita muloqotda bo‘lish uchun psixik faoliyatning hamma shakllaridan foydalanish kerak deb ta’lim beradi. Yoga ichki psixik aktlarni va vujud funktsiyasi (vujudning fazodagi holati, nafas va boshqalarni) boshqarishni o‘z ichiga oluvchi usullar tizimini ishlab chiqdi.
Psixik faoliyatni talqin qilishdagi Axloqiy yo‘nalish Xitoy falsafiy maktablari: Daosizm asoschisi Lao-tszi (eramizgacha asr) va Konfutsiychilik asoschisi Konfutsiy (eramizgacha 451-479 y.) maktablarida hami yaqqol ko‘rinadi.
Daosizm inson o‘z xulq atvorini dao postulatlari asosida qurishi kerak deb ta’lim bersa, Konfutsiychilik - urf-odat, an’ana, Axloqiy tushunchalarga e’tibor beradi. Konfutsiy birinchi marta inson psixologiyasidagi tug‘ma va o‘zlashtirilgan xususiyatlar muammosini ko‘tardi. Uning fikricha bilim va psixik sifatlar tug‘ma bo‘ladi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra mehr - shafqatli, uni tashqi muhit buzadi. Demak muxitning zararli ta’sirini yo‘qotish uchun inson fikrini o‘ziga qaratishi, o‘z-o‘zini takomillashtirishi kerak. Shu fikrni Konfutsiyning izdoshi Min-Tszi (eramizgacha 372-289Y.) hami himoya qil gan. Lekin keyinchalik boshqa shu yo‘nalish vakili Sun-Tszi (eramizgacha 298-238 y.) kamtarlik mexr-shafqatlilik kabi ijobiy Axloqiy sifatlarning tug‘maligini rad etib, inson o‘z tabiatiga ko‘ra shafqatsiz, fakat tarbiyagina uni mehr-shafqatli qila oladi deydi. Uning fikricha, agar inson tabiatan xushfe’l bo‘lsa, unda tarbiyaning nima keragi bor.
Axloqiy masalalardan tashqari Hind va Xitoy falsafiy ta’limotlarida bilish faoliyati haqida ham e’tiborga sazovor fikrlar shakllangan.
Hind falsafiy adabiyotida idrokning noaniq (narvikalpa) va anik (savikalpa) turlari ajratiladi. Birinchisi predmetning organga bevosita tegishi natijasida yuzaga keladigan sensor-idrok bo‘lsa, ikkinchisi so‘zda ifodalangan, bo‘laklarga bo‘lingan idrokdir.
Buddistlar aniq idrok aql ta’siri bilan buzilganligi, substantsiya, tur kategoriyalariga amaliy maqsad ko‘zlab kiritilganligi tufayli hami endi idrok bo‘lmay qoladi, deb hisoblashgan.
Hind psixologik taolimotlarida idrok illyuziyasi, gallyutsinatsiyalar, tush ko‘rish, shuningdek alohida, yuqori sezuvchi idrok masalalari alohida o‘rin egallagan. Mimansa maktabining vakili Bxatta ta’limoticha, obraz reallligi va illyuziyasi tashqi ob’ekt bilan sezgi organi o‘rtasidagi munosabatlar xarakteridan kelib chiqadi. Agar munosabat buzilsa illyuziya paydo bo‘ladi. Buzilish periferik (sezgi organida) bo‘lsa illyuziya, markaziy (manas) bo‘lsa, gallyutsinatsiya paydo bo‘ladi. Tush esa ong ostidagi xotiralarning jonlanishidir.
Qadim zamonlardan beri turli madaniyatlar o‘rtasida g‘oyalar ayirboshlash mavjud bo‘lgan, shuning uchun u yoki bu ilmiy tasavvur aynan qaysi xalq tomonidan yaratilganini aniq tasavvur etish qiyin. Psixologik g‘oyalar taraqqiyoti qonuniyatlari Sharqda ham, g‘arbda hami bir xil hamma yerda ilmiy tasavvurlarning tuzilishi va evolyutsiyasi organizmni tabiatning bir bo‘lagi sifatida, tajriba yo‘li bilan o‘rganishdan boshlangan. hamma yerda bu tasavvurlar g‘oyaviy kurashning qiyin bosqichlarini bosib o‘tgan.
Eramizgacha bir necha ming yillar oldin Sharqda Misr, Hindiston, Xitoy kabi buyuk sivilizatsiyalar paydo bo‘ldi va aynan shu erlarda boshlangan g‘oyalar taraqqiyoti hozirgi zamon ilmiy tizimining shakllanishiga olib keldi. Aynan shu mamlakatlarda jonning o‘lmasligi, vujudni tashlab xohlagan tomonga yo‘l olishi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keldi.
Dastavval vujudga kelgan ruh haqidagi tasavvurlardan biri tirik vujud tashqi muhitga bog‘liqdir, jonning faoliyati esa o‘z navbatida vujudning hayoti bilan bog‘liq degan tasavvurlar edi. Eramizgacha IV ming yillikning oxirida Misrda yaratilgan “Memfis teologiyasi yodgorliklari”da psixik faoliyat mexanizmlari quyidagicha tasvirlanadi. Butun dunyoning yaratuvchisi xudo PTAX, odamlar nimani o‘ylashmasin va nimani so‘zlashmasin, ularning yuraklari va tillarini U idora qiladi. Lekin U bunday boshqarishni vujuddagi organlar tizimi orqali amalga oshiradi. Sezgi organlarining ahamiyati shuki “Xudolar ko‘zning ko‘rishini, quloqning eshitishini, burunning nafas olishini yurakka habar yuborishlari uchun yaratishgan”. Yurak esa ongning har qanday turini paydo qiladi. Boshqacha aytganda aynan shu davrdan boshlab ongli faoliyatning markazi yurak degan dastlabki tasavvurlar paydo bo‘la boshladi.
Odamlarning bilish faoliyati markazini aniqlash uchun yuqori darajadagi empirik tadqiqotlar kerak bo‘lgan. Shu bilan birga “Memfis teologiyasi yodgorliklari”da so‘z haqida aytilgan fikrlar ham diqqatga sazovordir. Ma’lumki, qadimda so‘z buyumning egizagi sifatida tasavvur qilingan, so‘zga ega bo‘lish, buyumga ega bo‘lish bilan tenglashtirilgan, so‘zning ilohiy qudrati borligi haqida tasavvurlar mavjud bo‘lgan.
“Memfis teologiyasi yodgorliklari”da “til - yurak o‘ylagan narsani takrorlaydi” deyiladi. Bundan shunday mazmun chiqadiki, til so‘z orqali yurakka habar beradi, yurakning o‘ylagan narsasini takrorlaydi. Bunday sababiy bog‘lanish “periferiya-markaz” tushunchasini aslida organizmning ichki tuzilishi bilangina izohlaydi. Izohlashning ushbu shakli esa qadimgi sharq meditsinasi yutuqlari bilan bog‘liqdir.
Ozgina oldinga ketib, shuni aytamizki, so‘zning ilohiy qudrati haqidagi fikrlar keyinchalik turli diniy tasavvurlar doirasida yanada kengaydi. Masalan, nasroniylarning muqaddas kitobi “Injil” “Boshlanishida so‘z bo‘lgan edi” degan so‘zlar bilan boshlanadi. Qur’oni Karimda Toriq surasining 13-oyatida. “Shak-shubhasiz u (Qur’on haq bilan botilni) ajratuvchi so‘zdir” deyiladi. Hech kimga sir emaski, ijtimoiy muhitning shakllanayotgan inson shaxsiga ta’siri, tashkillashgan ta’lim-tarbiya tizimi ham asosan so‘z yordamida amalga oshiriladi.
Hamma qadimgi Sharq mamlakatlarida, keyinchalik qadimgi Gretsiyada ham hayot faoliyatining asosi sifatida qon aylanishi va qondagi havo tarkibiga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi Misr meditsinasida odam jon ato qiluvchi pnevmadan quvvat oluvchi jonzot deb ta’riflanadi.
Xitoy medisinasining manbai hisoblanadigan “Ichki a’zolar haqida” deb nomlanuvchi kitobda aytiladiki, vujudning hokimi mutlaqi yurak bo‘lib, hayot faoliyatini, shuningdek psixik faoliyatni ham ta’minlovchi quvvat havosimon birikma TsI hisoblanadi. TsI insonga o‘ylash qobiliyatini va hissiyotni ato qiladi. O‘ylash yurak funktsiyasi, hissiyot esa jigarda joylashgandir.
Hind va Xitoy tabiblari temperamentni uchta asosga ko‘ra farqlaganlar: Havosimon birikma (pnevma yoki TsI), safro (ba’zan qon) va shilliq modda.
Xitoy meditsinasida shunga ko‘ra uchta tipdagi odamlarni ajratishgan:
1. Safro yoki qoni ko‘p odamlar - kuchli va jasur.
2. TsI ko‘p odamlar - harakatchan, tez yig‘lab, tez kuladigan o‘zini tuta olmaydigan, xulq chegarasi bo‘yicha maymunga o‘xshaydigan.
3. Shilliq moddasi ko‘p odamlar - kam harakatli, jur’atsiz.
Hindiston va Xitoyda falsafiy yo‘nalishlar eramizgacha birinchi ming yillikning o‘rtalarida paydo bo‘la boshlagan.
Hindiston uchun falsafiy fikrlarning asosi sifatida Vedalar xizmat qildi. Vedalarda jon muammosi birinchi navbatda axloq nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi. Insonning o‘z-o‘zini kamolotga etkazib, to‘g‘ri xulq orqali ilohiylikka etishishi jon muammosining asosiy mag‘zini tashkil qiladi. Jonning ko‘chishi haqida Vedalarda atroflicha fikr yuritiladi.
Hindistonda Jaynizm va Buddizm kabi diniy ta’limotlar shu yo‘sinda shakllandi. Jaynizm vujudni jon erksizligining manbai deb bilsa, Buddizm jonni alohida mavjudlik deb tan olmaydi. Ularning ta’limotiga ko‘ra psixik holat bu bir-birini takrorlamaydigan daqiqalar oqimi, bir-birini almashtiruvchi holatlardan iboratdir. Keyinchalik paydo bo‘lgan Sankxhya, Vedanta, Yoga, Mimansa, Vaysheshika kabi falsafiy maktablarda ham jonni o‘rganish asosan metafizik - axloqiy masalalarga bog‘lanadi.
Vedanta ta’limoti bo‘yicha “men”- alohida intuitiv ongdir, unda ob’ekt va sub’ekt yo‘q, u cheksiz kosmik ong, dunyoning asosidir.
Yoga maktabi esa ilohiyot bilan bevosita muloqotda bo‘lish uchun psixik faoliyatning hamma shakllaridan foydalanish kerak deb ta’lim beradi. Yoga ichki psixik aktlarni va vujud funktsiyasi (vujudning fazodagi holati, nafas va boshqalarni) boshqarishni o‘z ichiga oluvchi usullar tizimini ishlab chiqdi.
Psixik faoliyatni talqin qilishdagi axloqiy yo‘nalish Xitoy falsafiy maktablari: Daosizm (asoschisi Lao-tszi (eramizgacha Vasr) va Konfutsiychilik (asoschisi Konfutsiy (eramizgacha 451-479 y.) maktablarida ham yaqqol ko‘rinadi.
Daosizm inson o‘z xulq atvorini dao postulatlari asosida qurishi kerak deb ta’lim bersa, Konfutsiychilik - urf-odat, an’ana, axloqiy tushunchalarga e’tibor beradi. Konfutsiy birinchi marta inson psixologiyasidagi tug‘ma va o‘zlashtirilgan xususiyatlar muammosini ko‘tardi. Uning fikricha bilim va psixik sifatlar tug‘ma bo‘ladi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra mehr – shafqatli, uni tashqi muhit buzadi. Demak, muhitning zararli ta’sirini yo‘qotish uchun inson fikrini o‘ziga qaratishi, o‘z-o‘zini takomillashtirishi kerak. Shu fikrni Konfutsiyning izdoshi Min-Tszi (eramizgacha 372-289y.) ham himoya qilgan. Lekin keyinchalik boshqa shu yo‘nalish vakili Sun-Tszi (eramizgacha 298-238 y.) kamtarlik, mehr-shafqatlilik kabi ijobiy axloqiy sifatlarning tug‘maligini rad etib, inson o‘z tabiatiga ko‘ra shafqatsiz, faqat tarbiyagina uni mehr-shafqatli qila oladi deydi. Uning fikricha, agar inson tabiatan xushfe’l bo‘lsa, unda tarbiyaning nima keragi bor.
Axloqiy masalalardan tashqari Hind va Xitoy falsafiy ta’limotlarida bilish faoliyati haqida ham e’tiborga sazovor fikrlar shakllangan.
Hind falsafiy adabiyotida idrokning noaniq (narvikalpa) va aniq (savikalpa) turlari ajratiladi. Birinchisi predmetning organga bevosita tegishi natijasida yuzaga keladigan sensor-idrok bo‘lsa, ikkinchisi so‘zda ifodalangan, bo‘laklarga bo‘lingan idrokdir.
Buddistlar aniq idrok aql ta’siri bilan buzilganligi, substantsiya, tur kategoriyalariga amaliy maqsad ko‘zlab kiritilganligi tufayli ham endi idrok bo‘lmay qoladi, deb hisoblashgan.
Hind psixologik ta’limotlarida idrok illyuziyasi, gallyutsinatsiyalar, tush ko‘rish, shuningdek alohida, yuqori sezuvchi idrok masalalari alohida o‘rin egallagan. Mimansa maktabining vakili Bxatta ta’limoticha, obraz reallligi va illyuziyasi tashqi ob’ekt bilan sezgi organi o‘rtasidagi munosabatlar harakteridan kelib chiqadi. Agar munosabat buzilsa illyuziya paydo bo‘ladi. Buzilish periferik (sezgi organida) bo‘lsa illyuziya, markaziy (manas) bo‘lsa, gallyutsinatsiya paydo bo‘ladi. Tush esa ong ostidagi xotiralarning jonlanishidir.
Qadim zamonlardan beri turli madaniyatlar o‘rtasida g‘oyalar ayirboshlash mavjud bo‘lgan, shuning uchun u yoki bu ilmiy tasavvur aynan qaysi xalq tomonidan yaratilganini aniq tasavvur etish qiyin. Psixologik g‘oyalar taraqqiyoti qonuniyatlari Sharqda ham, G‘arbda ham bir xil. Hamma erda ilmiy tasavvurlarning tug‘ilishi va evolyutsiyasi organizmni tabiatning bir bo‘lagi sifatida, tajriba yo‘li bilan o‘rganishdan boshlangan. Hamma erda bu tasavvurlar g‘oyaviy kurashning qiyin bosqichlarini bosib o‘tgan.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling