Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet3/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

83-100

9

Psixologiyada gumanistik yo‘nalish . Frantsuz sotsial psixologiyasi.Individual va analitik psixologiya. Ekzistensial va gumanistik psixologiya.

101-112

10

O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi va hozirgi ahvoli

113-142

II

SEMINAR MASHG‘ULOTLAR
BO‘YICHA O‘QUV MATERIALLAR:

143-147

III

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

148-150

IV

MUSTAQIL TA’LIM

151

V

GLOSSARIY

152-167

VI

ILOVALAR

168-235


O‘QUV MATERIALLARI:


1 MAVZU. PSIXOLOGIYA TARIXI FANINING PREDMETI VAZIFALARI, PRINTSIPLARI VA METODLARI
Reja:

  1. Psixologiya tarixi faning vazifasi.

  2. Psixologiya tarixini davrlarga bo‘lish.

  3. Tarixiy psixologik jarayon qonuniyatlari.

  4. Psixologik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotini xarakatga keltiruvchi kuchlari va sabablari.

  5. Tarixiy psixologik tahlil printsiplari.

  6. Psixologiya tarixi metodlari.

  7. Psixologiya tarixi manbalari.

  8. Psixologik sistemalar «superteoriya» sifatida.

Har bir fan o‘zining tarixiga egadir. O‘rgatilayotgan har bir nazariy qarashlarni o‘ziga xos bo‘lgan tarixini o‘rganish zarur.
Fanning tarixini bilish hozirda oldinga qo‘yilgan maqsadini to‘la yechishga imkon beradi va katta ahamiyatni kasb etadi. Faylasuf Arastu “eksperimental va nazariy psixologiyani talqin qilish uchun, shunday qiyoslash o‘tkazish zarurki, bu yerda hozirgi kun muammolarini ko‘raylik va tarix bilan muloqatga kirishaylik” deb takidlaydi. Tarixga nazar solib yangilik yaratish psixologiya fanini yangi qirralarini ochib beradi. Psixik xususiyatlar va jarayonlar to‘g‘risida barcha ilmiy qarashlarni o‘rganishda empirik ma’lumotlarni shartli ravishda yo‘nalishlarga ajratish lozim.
Psixologiya tarixi shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan psixik xususiyatlari, g‘oyalari, dunyoqarashi, rivojlanishi va takomillashish qonuniyatlarining psixik mexanizmlarini o‘rganadi. ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib buyuk allomalar, faylasuflar, olimlar va shaxslarning hayoti, qarashlari, ilmiy yo‘nalishlarni, g‘oyalari o‘rganiladi.
Psixologiya tarixi fanini o‘rganishda psixik haqiyqiylik emas, balki tasavvurlar o‘rganilgan har bir davrda o‘ziga mos bo‘lgan.
Psixologiya tarixi fani psixologiya predmeti va metodlaridan farq qilib, psixologiya tarixi psixik voqelikni emas, uning haqidagi tasavvurlarning aniqlanish boksichlarni o‘rganadi.
Psixologiya tarixining vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi va keyingi taraqqiyotini taolil qilishdan iboratdir.
Psixologiya bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining uchta ta’rifi mavjud; rux (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruxni ilohiy printsip deb, uning faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo‘ygan. Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talkin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot obektiga aylantirib, bir vaqtning o‘zida ong, ong hami predmet, hami ilohiy printsip bo‘lib xizmat qilgan. Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi subekt tizimini yengib, psixologiyani ob’ektiv tadqiqot yuliga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya psixika va ongni o‘z tadqiqot predmeti sifatida yukotdi. Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda bo‘lgan idek psixologiya hami murakkab, karama-qarshiliklarga tula, ba’zan, turg‘unlik, ba’zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib utgan.
Psixologiya haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar eramizgacha VI asrlarda paydo bo‘lgan. Taraqqiyotning shu katta davrini o‘rganish uchun kismlarga ajratish, bosqichlarga bo‘lish va xar bir davrning mazmunini belgilash kerak bo‘ladi.
Psixologiya tarixida ikkita katta davr ajratiladi. Birinchisi - psixologiyaning falsafa, boshqa tibbiy, ilmiy fanlar tarkibidagi taraqqiyoti, ikkinchisi - taraqqiyoti psixologiyani ilmiy asoslarini psixologiyaning mustaqil fan sifatidagi vaqt bo‘yicha olganda birinchisi eramizgacha VI asrdan eramizning XIX asrining o‘rtalarigacha davom etib 2,5 ming yildan ortik vaktni o‘z ichiga olsa, ikkinchi davr 1,5 asr mobaynida davom etib kelmokda. har ikkala katta davrning haqiqatga yaqin ekanligiga shubxa qilmagan holda, xar bir davrni yana mayda davrlarga bo‘lib chikish mumkin.
Xronologiyaga ko‘ral XVIII asr, XIX asr va XX asrlar psixologiyasi, geografik joy o‘rniga ko‘ral Masalan: Meksika, Angliya, Frantsiya psixologiyalari kabi.
Boshqa fanlarda ham bo‘lganidek psixologiya tarixi fanlari hami shartli bo‘lib, u ba’zan o‘rganilayotgan muammoga, tadqiqotchining shaxsiy yondoshishiga va hakozo sabablarga bog‘liq bo‘lgan. Shartli ravishda psixologiya tarixining quyidagi davrlarini belgilash mumkin:
Psixologiyaning falsafa tarkibidagi taraqqiyoti:

  • Eramizgacha VI asrdan eramizning V asrigacha. Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlarining paydo bo‘lishi va ularning dastlabki taraqqiyoti.

  • V-VIII asrlar, Rux(jon) haqidagi ta’limotning falsafiy ta’limotlar va tibbiy bilimlar bazasida rivojlanishi.

  • XIV-XVI asrlar. Rux(jon) haqidagi ta’limotning anatomo-fiziologik bilimlar va XIV-XVI asrlardagi buyuk kashfiyotlar ta’sirida rivojlanishi.

  • XVII-XIX asrlar o‘rtalarida ongning psixologiya predmeti sifatida ajratilishi, psixologiya nazariy asoslarini shaqllanishi. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida taraqqiyoti.

  • XIX asrning boshidan XIX asrning 60-yillarigacha. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida tabiiy shakllanishi.

  • XIX asrning 60-yillaridan XIX asrning o‘rtlarigacha. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida paydo bo‘lishi va dastlabki taraqqiyoti.

  • XX asrning 10 va 30-yillari o‘rtalarida. Psixologiyada ochiq krizis.

  • XX asrning 20 - 30 yillari. Sobiq sovet psixologiyasining shakllanishi.

  • 30-yillar ohiri 50-yillar. Psixologiyada krizisning pasayishi. Sobiq sovet psixologiyasi nazariy sohasi taraqqiyoti. O‘zbekistonda psixologiya fanining shakllanishi.

  • 60-yillardan shu davrgacha psixologiyada yangi nazariy yondoshishlarni qidirish davri.

Ilmiy psixologik bilimlar taraqqiyotining umumiy va asosiy qonuniyati bu g‘oyalar ko‘tarilshidir. Bu ko‘tarilish uzoq vaqt materializm va idealizm o‘rtasidagi kurash ko‘rinishida talqin qilinib kelindi.
Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning yagona nazariyani ishlab chiqishiga yo‘nalganligidir. Bu tendentsiya psixologiyadagi ochiq krizis davrida yanada yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun yagona ilohiy printsipning topilishi uning fan sifatida saqlanib qolishini taxminlar edi. Shu davrda paydo bo‘lgan barcha maktablar: psixoanaliz, geshtaltp psixologiya, bixeviorizm va boshqalar hammasi ana shu yagona nazariya o‘rniga davogarlik qildilar. L.S.Vigotokiy bu holatni shunday ta’riflaydi: «Aniq sohalardagi hususiy kashfiyotlardan umumiy printsiplarning paydo bo‘lishiga va ularning butun psixologiyaga yoyilishiga va nihoyat falsafiy sistemaga, xatto dunyoqarashga aylanishga davo qilingan bu g‘oyalar psixologiyada yagona nazariya maqomiga juda mos kelmaydi. Psixologik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuchlari va sabablari. Hozirgi paytda ilmiy g‘oyalar u yoki bu fan taraqqiyotini belgilovchi omillar, ilmiy bilimlar determinatsiyasi haqida juda ko‘p munozaralar mavjud.
I.Lakotos fanning «ichki» va «tashqi» tarixi atamasini qo‘llashni taklif qilgan. Bunga ko‘ra fan faqat o‘zining ichki standartlari, ilmiylik mezonlari asosida rivojlanib boradi. Boshqacha aytganda fanning rivojlanishiga faqat kognitiv faktorlargina ta’sir ko‘rsata oladi. Bunday internalistik yondoshishga eksternalistik - yondoshish qarama - qarshi qo‘yilib, unga ko‘ra fan tarixini ijtimoiy faktorlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi, ijtimoiy faktorlar fan tarixini nazariy qayta tiklashda foydalanilishi lozim. Shunga ko‘ra psixologik bilimlar tarqqiyoti tarixini taxlil qilish birinchidan tarixiy fan - holatni yaxshi bilishni, ikkinchidan - o‘rganilayotgan davrda fandagi alohida holatni hisobga olishni talab qiladi. Boshqa fanlar; matematika, fizika, astranomiya, tilshunoslik, fiziologiya, biologiya, etnografiya, logikaning psixologiya taraqqiyotiga ta’siri turlicha. Birinchidan shu fanlar doirasida psixik hodisalar haqidagi bilimlar to‘plangan, ikkinchidan psixologiyada shu fanlarning metodlaridan foydalaniladi. Uchinchidan ilmiy metodologiyadan ham foydalanish hollari bo‘ladi. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan bunday aloqasi psixologiya hech qachon to‘la ajralgan holda rivojlana olmasligini ko‘rsatadi. Lekin ayni paytda J.Piaje aytganidek, «psixologiyaning kelajagi birinchi navbatda uning o‘z taraqqiyotiga bog‘liqdir».
Tarixiy psixologik tadqiqotning bitta vazifasi dialektik bilan to‘la bo‘lmagan bilimni to‘la bilimga aylanish jarayonini ochib berishdan iboratdir. M.T.Yaroshevakiy tarixiy psixologik metod sifatida kotegorial yondoshish printsipini ishlab chiqdi. U fanda uch qator kontseptual birlik - empirik ma’lumotlar (faktlar), nazariy va amaliy kotegoriyalarni farqlab psixik voqelikning har xil tomonlarini qayta tiklaydigan konkret - ilmiy kategoriyalarni ajratadi. Bular; obraz, harakat, motiv, ruhiy-jtimoiy munosabat, shaxs. Shu kategoriyalar majmuining transformatsiya qilishini, psixologik bilimlar bosqichma - bosqich taraqqiyotni aks ettiradi.
Fanini ruvojlanish jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi aniqlangan va ular 319 yo‘nalishga ajratilgan. Birinchi, qalb haqida fan ekanligi, ikkinchisi-ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir
Psixologiya to‘g‘risida ta’limotlarni haqiqiylik darajasini belgilaydigan mezon ilmiy qarashlarni bir-biridan farqlari bo‘lib, ular ba’zida umuman tan olinmas edi. Psixologiya fani rivojlanishida ahamiyati kasb etadigan yutuq va kamchiliklari yangi haqqoniy psixologiya qarashlarni keltirib chiqarar va shu davrga mos ravishda tahlil qilingan.
Psixologiya tarixini o‘rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi.
Barcha qo‘llaniladigan tarixi fanini o‘rganishda qo‘llaniladigan arxiv materiallari, intervyu, suhbatlar, biografik, avtobiografik uslublar keng qo‘llaniladi. Har bir uslubning o‘ziga xos tomonlari tahlil qilinganida har bir darslik o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi va tarixan baho berish shartlariga bo‘ysunadi.
Psixologiya tarixi faning vazifalari. Psixologiya fanini paydo bo‘lishida hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar nazariy qarashlar, faylasuflar va psixologlar asarlari asosiy manbaa hisoblanadi .
Psixologiya rivojlanishda- tibbiyot, ta’lim, tarbiya, yuridik amaliyot, amaliyot katta o‘rin egallaydi. Psixologiya fani rivojlanishida boshqa fanlarning ahamiyati katta bo‘lib ular bir -biriga bog‘liqdir. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, va ma’zmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi - u avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlaga hos bo‘lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarni asta -sekin to‘planib borish tarixidir.
Insonning o‘z-o‘zi haqidagi bilimlarni to‘plab hamda chuqurlashtirib borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o‘rganishga bo‘lgan intilish kishilar hayotining har -xil tarixiy bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo qilganligini, ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bundan tashqari psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakkayu-yagona bo‘lgan psixologiya qay tarzda taraqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko‘tarilganligi haqida kam ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi va yaratilishi katta o‘rin tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo‘lmagan : u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bog‘liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti tarixida u bog‘lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatganligini bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo‘lganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari praktikada qanday tadbiq qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi ( shuningdek, filosofiya tarixi ) davomida idializm bilan materializm o‘rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya predmetini tushinishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasini o‘zi ham, uning metodlari, ma’zmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, bu fanining predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o‘rganish predmeti emas, balki shu predmetni tununish, psixik hayot mohiyatini tushunish o‘zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o‘zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tadbiq qilinishi, ilmiy falsafiy tafakkurining umumiy yo‘nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini belgilab berdi.
Tarixiy tadqiqotlardagi eng muhim printsip - tarixiylik printsipidir. Bu printsip tadqiqotchidan o‘rganilayotgan xodisaning shu davrning hamima o‘ziga xosliklari, ijtimoiy madaniy aloqalari, uning butun konkret mazmuni bilan birga o‘rganib, o‘rganiladigan hodisaning qaytarilmasligi va noyobligini kursata olishni talab qiladi.
Tarixiylik printsipining tuzilishi prezentizm va antikvarizmdah. Prezentizm - tarixiy tadqiqotni o‘rganilayotgan davrdan faqatgina hozirgi zamon tasavvurlariga mos bo‘lgan ko‘rinishlarigina ajratib olib o‘rganish bilan cheklab qo‘yiladi. Antikvarizm - aksincha tarixiy o‘tmishni xozirgi zamon talablariga bog‘liq bo‘lmagan , qotib qolgan xodisa sifatida o‘rganadi. II timsoli hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik printsipidan chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o‘rganilayotgan xodisalarning umumiy qonuniyatlarini topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va tarixiylikning birligiga tayanish ta’minlaydi. Bu printsipga ko‘ra tarixchi o‘tmish xodisasini shunchaki tasvirlab qo‘ymay, balki uni nazariy jihatdan tasavvur eta olishi kerak, ya’ni bu xodisalarda qandaydir doimiylikni topa olishi kerak. Tarixiy psixologik g‘oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo‘nalishni g‘oyaviy mohiyatini aniqlashni talab qiladi. Bunday yondoshish ilmiy kontseptsiyalarning jamiyatdagi ijtimoiy rolidan ajratib o‘rganuvchi ob’ektivizm va subektivizmdan farq qiladi.
Tarixiy psixologik tadqiqotlarda M.G.Yaroshevskiy ta’kidlaganidek determinizm - sababiylik printsipi katta ahamiyatga ega. Tarixda uning fikricha determinizmning kuplab turlari paydo bo‘lgan . Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodetermi-izm, sotsiodeterminizm. Bularning xar biri psixik xodisalar o‘z - o‘zidan paydo bo‘ladi deb talkin qiluvchi indeterminizmga qarshi turadi.
Psixologiya tarixidagi eng katta xavf bu tarixiy materialni tasvirlash bilan cheklanadigan empirizmdir. Tarixdagi empirizm faktorlarga murojaat qilinganligi bilan emas, balki faktlar oldida ojizlik qilib, ularni sistemaga sololmaganligi, tushuntira olmaganligi, tekshira olmaganligi tufayli ularning o‘z sifati, ilmiy qiymatini yuqotib qo‘yishi bilan xavflidir. Tarixiy tadqiqot metod va metodikalarining asosiy vazifasi manbalari qidirib topish, tadqiqot mazmunini belgilash, fakt, nazariya, qonun tushunchalaridan iborat o‘rganilayotgan materiallarni sistemalashtirishdan iboratdir.
Psixologiya tarixining asosiy metodi o‘tmish ilmiy sistemalarini ta’svirlar va ularni taxlil qiluvchi nazariy rekonstruktsiya metodidir. Nazariy rekonstruktsiya ilmiy kontseptsiyalar, muammolar, tadqiqot metodlarini predmet mantiqiga mos ravishda tarixiy ketma-ketlikda reprospektiv qayta tiklash imkonini beradi. Tarixiy tadqiqot yo‘nalishining bitta turi ilmiy maktablar hisoblanadi. Arxiv materiallarini o‘rganish, izlanish, sharxlash, izoh berish, yo‘naltirishni talab qiladi.
Psixologiya tarixida intervyu metodidan foydalaniladi. Biografik va avtobiografik metodlar ham psixologiya tarixida ko‘p qo‘llaniladi. Ilmiy ishlardan tsitatalar keltirish chastotasini taxlil qilish ham tarixiy psixologik metodlardan hisoblanadi. Tarixiy psixologik faktorga munosabatini aniqlash va ularga baho berish uchun anketa metodidan foydalaniladi.
Psixologik bilimlar to‘planishini tarixiy jarayonini o‘zida aks ettirgan har qanday material psixologiya tarixi manbai bo‘la oladi. Bular o‘tmish faylasuflari va psixologlarining ilmiy ishlari bo‘lishi mumkin. Psixologiya tarixining muhim manbai ijtimoiy praktika, ya’ni tibbiyot, ta’lim va tarbiya, huquqiy praktika, moddiy ishlab chiqarish va xokazo hisoblanadi. Yana bir manbaa boshqa fanlar tabiatshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, antropologiya va boshqalar hisoblanadi. Bundan tashqari xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyot, diniy falsafiy oqim va maktablar ham tarixiy psixologik faktorlarni aniqlashda, psixologik bilimlar tarixiy taraqqiyotini qayta tiklashda manba bo‘lib xizmat qila oladi. Psixologik ta’limot insonga o‘xshab qadimdan ma’lum. Inson o‘z yakinlarining xarakter va xulqiga moslashmay yashay olmas edi. Empirik anglashdan teoretik anglashga o‘tish tabiiy sabablarga hamma nazorat qilingan holatlar tobeligi bilan bog‘langan. Bu printsip determinizm deb ataladi va psixikani tushuntirishda ilmiy xarakter bergan. Psixologik tushunchalarni birinchi sistemasi Aristotelni «qalb to‘g‘risida» degan traktatida tasvirlangan. Ammo mustaqil fan bo‘lib psixologiya yuz yil ilgari shakllandi, Ilgari psixologiya fani filosofiya deb o‘rganilar edi. Unga boshqa nomlar ham berilgan:


  1. Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling