Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet18/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

2. Lafz bu jon (ruh) dir. Jon ko‘zga ko‘rinmas jism bo‘lib, manbai jismoniy dilning g‘ovaklaridir. U erdan urib turuvchi tomirlar orqali butun badanga tarqaydi. Jonni badandagi jarayoni (harakati), dildan badanning barcha a’zolariga sezish, ko‘rish, eshitish, hidlash kabi hayot nurlarining uyning bir burchagidagi chiroqdan taralayotgan nurga o‘xshaydi. Demak, chiroq harakatini badandagi jon harakatida ko‘ramiz. Tabiblar jon deganda dil haroratida pishgan bo‘g‘inni aytganlar. Jon so‘zining ikkinchi ma’nosi quyidagicha: Jon insondagi sezuvchi, idrok qiluvchi ilohiy ne’matdir.
3. Nafs deganda insondagi g‘azab va shaxvat quvvatlarini o‘z ichiga olgan taraf nazarda tutiladi. Nafs bu ilohiy ne’mat bo‘lib u insonning o‘zidir, bu uning ikkinchi ma’nosi. Nafs deganda zo‘ravon kuchni nazarda tutadilar. “Doimo nafsga qarshi kurashish va mudom uni sindirish lozim, zero, payg‘ambar Alayhissalom “Eng qattol dushmaning o‘z ichingdagi nafsingdir” degan hikmatda shunga ishora qilgan edilar. Olloh taolo Qur’onda “Nafsimni oqlamayman, zero, nafs yomonlikka buyuruvchidir” degan Yusuf Alayhis-salom qissasida.
4. Lafz-aqldir.
1. Aql insonning dilidan o‘rin olgan bilishlik sifatidan iborat.
2. Aql deb ilmlarni idrok qiluvchiga aytiladi. Zero, har qanday bilguvchining o‘z holicha turuvchi mustaqil vujudi bo‘lib, bilim shu vujudga tushgan sifatdir. Aql deganda bilguvchining sifati anglanilsa, gohi uning zoti (o‘zi) anglanadi. Payg‘ambar Alayhissalomning “Olloh yaratgan birinchi narsa aqldir” degan so‘zlaridan murod ham shu.
G‘azzoliyning "Din haqidagi fanning vujudga kelishi" (bundan so‘ng biz uni Ixya deb ataymiz) asari o‘rta asr musulmon madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu traktat G‘azzoliyning haqiqiy ta’limotini o‘z ichiga olishi bilan bebahodirki, u bu vaqtda o‘zining munozarali asarlari bilan u yoki bu qarashdagi filosoflarga, ismoiliylarga, xristan va arab liberallariga-ibaxiyalarga va sunnizmning boshqa g‘oyaviy dushmanlariga qarshi chiqadi.
G‘azzoliy traktatining tub mohiyatini muallif yashab ijod etgan davrning sotsial-iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart sharoitlarini bilmasdan turib tushunib bo‘lmaydi. XI asrda o‘rta sharqdagi feodal jamiyat harbiy in tizimi bilan, shaharlarning gurkirab rivojlanishi, qishloq xo‘jaligidan hunarmandchilikning ajralib chiqqanligi, keskin sotsial differentsiallashganligi va yuqori darajada rivojlangan tovar-pul munosabatlari bilan harakterlanadi.
Shuningdek, XI asrda dehqonlar qo‘zg‘olonlari ko‘rsatkichi juda past bo‘lgan. Katta qo‘zg‘olonlarni IX-X asrlarda va keyin XII asrda kuzatish mumkin.
Bu davrda sotsial-iqtisodiy va siyosiy muhim xodisalardan biri Arab Xalifaligida, bu mamlakat territoriyasiga Turk-qovchinlarning kelishi bo‘ldi (XI asr boshlarida). Turkman-o‘g‘uz sulolasidan biri saljuqlar keyinchalik xalifalik xududida o‘z davlatlarini tuzdilar.
G‘azzoliy ijodiyoti saljuqlar davriga (XI asrning 2-chi yarmi va XII asrning boshlari) to‘g‘ri keladi. Bu davr o‘rta asr tarixida kam o‘rganilgan, qiziq davrlardan hisoblanadi.
Saljuqlar davlati harbiy davlat edi. Saljuqlar o‘zlari bosib olgan xalqlardan rivojlanishda ancha past darajada edilar, shunday bo‘lsada, ular o‘zlarining mulkchilik formalarini saqlab qoldilar va iqdisodiy va siyosiy hayotga o‘zgartirishlar kiritishdi. Saljuqlar qobiliyatlar institutini faol rivojlantirganlar.
G‘azzoliyning hayoti izchil-huquqshunos va so‘fiyni birlashtirgani kabi, uning asosiy asari Ixya-ham izchil sunnizm qadriyatlari va so‘fizm g‘oyalarini birlashtiradi. So‘fizm g‘oyalari "Ixya"da birinchi o‘rinda turadi, shuning uchun ko‘pchilik tadqiqotchilar bu traktatni so‘fiy adabiyotiga qo‘shadilar. Asar 4 tomdan iborat bo‘lib, har bir tom 10 tadan kitobni o‘z ichiga oladi.
Birinchi tom (rub) "udumlar" (Ibodin) quyidagi kitoblardan iborat: 1) Bilimlar haqida kitob; 2) Aqidalar asosi haqida kitob; 3) Poklanish sirlari haqida kitob; 4) Namoz o‘qish sirlari haqida kitob; 5) Zakot sirlari haqida kitob; 6) O‘rin sirlari haqida kitob; 7) Xat sirlari haqida kitob; 8) Qur’on o‘qish qoidasi haqida kitob; 9) Ollohga sig‘inish va zikr haqida kitob; 10) Tungi nomoz o‘qish haqida kitob.
Asarda etika muammolariga katta ahamiyat berilgan. Asarning ikkinchi va uchinchi tomlarida musulmonlar hayoti reglamenti (normasi) berilgan.
G‘azzoliy axloqiy - etik normalarni uchinchi tomda ajratib ko‘rsatadi. U odamning axloqini ichki fanga (bu odamning ruhi, joni va yuragining harakati bilan bog‘liq) va tashqi axloq faniga (bu odamning jismoniy harakati bilan bog‘liq) ajratadi.
G‘azzoliyning etik nazariyasi insonning tug‘ma xususiyatlari g‘oyasi bilan bog‘langan.
G‘azzoliy insonda uch xil ruh (jon) borligini tasdiqlaydi: 1. Hayvoniy (yovuzlikni buyuruvchi) 2. Insoniy (tergab turuvchi), 3. Ilohiy (xotirjamlik). Insondagi birinchi ruh yomonlik va yovuzlikni keltirib chiqaradi, bunga qarshi kurashish zarur. Ikkinchi va uchinchi ruh hayvoniy ruhga xalaqit beradi, unga qarshi kurashadi.
Tavba qilish kitobida G‘azzoliy odamning gunohlarini klassifikatsiyalaydi. G‘azzoliy odamzodning barcha yomon sifatlarini: ochko‘zlikdan boshlab to jinoyatlargacha, dinga oid eng og‘ir ayblar (ishonmaslik, ko‘p xudolik) va boshqalarni ko‘rib chiqadi
G‘azzoliy gunoh xoh kichik bo‘lsin xoh katta bo‘lsin odamdagi 4 sifatga bog‘liq deydi: 1. (baximiyna) - hayvoniylik instinkti; 2. (babuiya) -yovvoyilik instinkti; 3. (shaytoniya) - dinsizlik, taxqirlangan mag‘rurlik, 4. (rububiya) o‘zini ilohiy kuch egasi deb ko‘rsatish. Hayvoniylikdan - ochko‘zlik, o‘g‘rilik, mastlik, boylik to‘plash kelib chiqadi. Yovvoyilikdan - johillik, odamni urish, o‘ldirish, so‘kish va boshqalar kelib chiqadi. Shaytoniylikdan - sotqinlik dinsizlik, ikkiyuzlamachilik, gunoh va boshqalar kelib chiqadi. Rububiya - mag‘rurlik, ishonchsizlik, o‘z - o‘zini ko‘rsatish kabi gunohlar sababi bo‘ladi.
Asarning 3 tomi "Halokat" "Odamni o‘limga, halokatga" olib keluvchi yomon sifatlarga bag‘ishlangan. Bu sifatlardan: ochko‘zlik, hasad, yomonlik, qizg‘anchiqlik va boshqalar. Bu kitoblar axloqiy etik muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, u asarning boshqa traktatlaridan farq qilib, falsafiy-teologik uslubda emas, didaktik uslubda yozilgan. Bu erda ko‘plab masallardan, ibratli, tarixiy xikoyalardan foydalanilgan.
G‘azzoliyda bilish katta o‘rin tutadi. “Narsalarning haqiqiy tabiatini bilishga intilish mening xususiyatim va har kungi istagim edi. Bu mening yoshligimdan va mustaqil qo‘ygan qadamlarimdan boshlangan. Menga shubhasiz (ishonchli) bilim-shunday bilim bo‘lib tuyuldiki, unda o‘rganilayotgan narsa shunday aniqlanadiki, shubhaga o‘rin qolmaydi, u hech qanday hayol va xatolar bilan bog‘lanmagan”.
Shubha G‘azzoliy uchun "haqiqatni izlashiga" turtki bo‘lib xizmat qiladi. G‘azzoliy o‘sha davrdagi barcha asosiy islom guruhlarining: mutakolimlar, filosoflar, ismoiliylar va so‘fiylarning qarashlarining to‘g‘ri ekanligiga shubha bilan qaraydi. Unga tanish bo‘lgan qarashlarga ishonchsizlik munosabatida bo‘lish G‘azzoliyni falsafa, mantiq, so‘fizm, ismoiliylar dogmatik ilohiyotini haqiqatni topish maqsadida chuqur o‘rganishga olib keldi. Dunyo haqidagi bilimni bilishga va musulmonlar kim bilan birga bo‘lishini aniqlashga majbur qildi.
Biz G‘azzoliy qarashlarining ikki yo‘nalishini ko‘rib o‘tamiz. Birinchisi ratsional yo‘nalish va ikkinchisi mistik (g‘ayri tabiiy) yo‘nalish.
G‘azzoliyning skeptitsizmi (ishonchsizligi) o‘rta asr musulmonlari fikriga nisbatan boshqacha, o‘ziga xosdir. G‘azzoliy islomda birinchi va buyuk mutafakkir edi, chunki uning shubhalari va dunyo haqidagi haqiqatni bilish imkoniyatlari to‘liq tamomlangan falsafiy ifodasini topdi. U haqiqat faqat ilmiy kashfiyotlar orqali qo‘lga kiritiladi deb hisoblaydi. Shubha bunga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
U to‘rtinchi tomdagi bir bobda bir necha harakatlar zanjirini kuzatadi. Bunda oldingisi keyingisining yuz berishiga sabab bo‘ladi. G‘azzoliy buni shart deb hisoblaydi, chunki G‘azzoliyning fikricha, ikkita xodisa orasida sabablar zvenosi bo‘lishi mumkin emas. Masalan: yozuv (xat)ning jarayonini ko‘rib chiqsak, harakat yozuv zanjirining zvenosi hisoblanmaydi, bu jarayonning zanjiri aql-bilim- xohish- kuch-harakatdan iborat. G‘azzoliy aql zanjirning birinchi o‘rnida turganligi uchun sabab bo‘ladi degan kishini nodon deb hisoblaydi.
G‘azzoliyning fikricha yuqorida aytib o‘tilgan har bir xodisaning yaratuvchisi va sababchisi Ollohdir. Olloh-har qanday xodisaning yagona sababchisidir. U bir xodisaning boshqa bir xodisa tufayli kelib chiqish tartibini yaratdi.
G‘azzoliy nazariyasi ikkita g‘oyaga olib keladi, birinchidan xodisalarning aniq ketma-ketligi mavjud, masalan: oila-hayot-aql-xohish-kuch-harakat. Bu zvenodan hech biri o‘zidan oldingi keladigan zvenolardan ilgari kelmaydi.
Ikkinchidan, bu zanjir zvenolarining har bir sharti Olloh tomonidan yaratiladi va buning sababi hech qanday boshqa xodisa emas.
G‘azzoliy tizimining gnoseologik (bilimga oid) tomoni ratsionallilik va mistika bilan bog‘langan. Bilim va aql tushunchasi, mistik bilim tajribasi har xil kontekst (asarning tugal fikrini anglatuvchi parchasi) larda, Ixyaning har xil bo‘limlarida turlicha talqin etiladi. Shuning uchun traktatda qarab o‘tilgan savollarning ikki guruhini ko‘rib chiqish mumkin. Birinchi guruh, bu inson haqiqatni anglab eta oladimi va haqiqat o‘zi nima? Ikkinchi guruh bilish yo‘llari bilan bog‘liqdir: bilishning qaysi yo‘li ishonchliroq, aqlning roli qanday, odam aqldan ham yuqori qobiliyatga egami?, Xudoni qanday qilib bilib bo‘ladi va hokazo.
G‘azzoliy uchun reallik (haqiqat) ikki ko‘rinishga ega - moddiy va ruhiy (ilohiy) va insonning maqsadi ilohiy haqiqatni bilish-xudoni tan olishdan iborat. Odam haqiqatni bila olishiga Ixya bir xil javob bermaydi.
Asosiysi - xudoni "bilishga" intilish - bunga inson erishadimi yo‘qmi, farqi yo‘q. "Bilishga erishmaganlik bu bilishdir" - deydi G‘azzoliy. Ollohni bilish-bu uni ko‘rishdan iborat emas, balki - uni bilish mumkin yoki bilish mumkin emasligini tushunishdan iboratdir. G‘azzoliyning bilishga oid qarashlarini yig‘ib odamning besh xil sifatini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Bilimini idrok qilish qobiliyati uni hayvondan ajratadi, yana odam nimanidir bilishini anglatadi.
2. Ba’zi bir tug‘ma ma’lumotlar yig‘indisi. Buni bola ham biladiki, bu ma’lumotlar odamni axloqiy yo‘naltirish harakteriga egaki, ularning yordami bilan odam nima mumkin, nima mumkin emasligini bilib oladi.
3. Odamni tajriba orqali orttirgan bilimi, yoki tajribasi.
4. Qilayotgan harakatining natijasini olgan bilimlari orqali oldindan ko‘ra bilish va shu asosida kelajakda o‘zini qanday tutishni rajalashtirish.
5. Bilim mohiyati (bilayotgan va bilgani) bu ilohiy in’om bo‘ladi.
3 va 4 bandlarda aytilganlar oddiy ma’nodagi bilim, bilish imkoniyatining xususiyati hisoblanadi va aql, yurak, ko‘ngil yoki ruh deb nomlanadi.
Bu xususiyat (substantsiya) odamning yuragida joylashadi va tug‘ma bo‘ladi. Sevgi kitobida G‘azzoliy bu xususiyatni eshitish va ko‘rish bilan..., solishtiradi: Yurakda shunday qobiliyat borki, uni,"ilohiy nur" (nuri ilohiy) deb nomlanadi. Uni yana "aql", "ichki ko‘z" (basira botiniya), "ishonch nuri" (nur al-imom) yoki "haqiqiy bilim" (yoqim) deb nomlash mumkin.
G‘azzoliy tizimi o‘rta asr musulmon mutafakkirlari: Al-Forobiy, Ibn Sinolarning qarashlari elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, G‘azzoliy ijodida neoplatonizm, Platon va Aristotelning qarashlari elementlari va boshqa antik dunyo, Sharq falsafiy fikrining elementlari bor.
Ixyada G‘azzoliy tomonidan ishlab chiqilgan ta’limotda musulmon qarashlaridagi asosiy uch yo‘nalishning birlashtirilishini ko‘rsatish mumkin: traditsionalizm (an’anaviylik), ratsionalizm va mistizm. Bularning hammasi mutafakkir tizimidan chiqariladigan xulosalarning turli tumanligini tushuntiradi. G‘azzoliy doktrinasi va xulosalarning tahlili musulmon madaniyati va ideologiyasini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn Uzlog‘ al-Forobiy, (lotincha shakli — Alpharabius; 872, Forob —14 dekabr 950 va 12 yanvar 951, Damashq). Abu Nasr Forobiy - "Sharq Aristoteli" deb tanilgan O‘rta Osiyolik faylasuf va entsiklopedik olim. Qadimgi yunon fanining yutuqlarini o‘rta asr Sharqida targ‘ib qilishda va tarqatishda muhim rol o‘ynadi, yunon mutafakkirlari - Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga sharxlar yozdi, ularning ilmiy fikrlarini rivojlantirdi. Aristotel ta’limotini chuqur o‘rganib, uning barcha asarlarini izohlab berdi, xatolarini ko‘rsatishga harakat qildi. Forobiyning bu faoliyati faqat Sharqninggina emas o‘rta asr Evropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Farobiy o‘rta asr fanining barcha muhim sohalari - meditsina, matematika, astronomiya, filologiya, musiqashunoslik, logika, harbiy hunar, axloqshunoslik, davlatshunoslik va ayniqsa falsafa bo‘yicha 160 dan ortiq asar yozib qoldirdi. U birinchi bo‘lib " Iqso al ulum " asarida ilmlar klassifikatsiyasini yaratdi. Bunda o‘rta asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Barcha fanlar beshta guruhga-til, mantiq, matematika, tabiiy va ilohiy va shahar haqidagi fanlarga bo‘linadi. Bu klassifikatsiya o‘rta asr ilmiy yutuqlarini umumlashtirish va ilmiy bilimlarning rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Farobiy Aristotel logikasiga asoslanib, o‘rta asr uchun mantiqiy qomus yaratdi, bu qomus logikaning barcha qismlarini: kategoriyalar, hukmlar, sillogizm, isbot va uning turlarini, shuningdek, poetika, ritorika, sofistikaga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Forobiy logikasi Sharqda va so‘ngroq G‘arbda ham mashhur bo‘lgan. Forobiy nazariy meditsina, uning vazifasi, inson organlarining xizmati va o‘zaro aloqasiga oid ham muhim risolalar yozib qoldirdi. Uning algebra, geometriyaga oid risolalari yaxshi matematik bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qomusiy bilimi va yunon ilmini yaxshi bilganligi uchun Farobiy "Sharq Aristoteli" - "Ikkinchi muallim" nomini oldi. Forobiy falsafasi qadimgi yunon, xususan Aristotel ta’limoti hamda o‘z davri ilmiy yutuqlari ta’sirida shakllandi. Forobiy falsafasida olam yagona mavjudotdan iborat, Olloh hamma narsaning boshlang‘ichi, barcha vujudlar undan emanatsiya asosida kelib chiqadi, materiya hammasining yakuni, hech qachon yo‘q bo‘lmaydi, abadiy, zamonda cheksiz, o‘zgarib turadi. Narsalar yangilanadi, lekin moddiylik yo‘qolmaydi. Forobiy falsafasi panteistik bo‘lib, materializm elementlariga boydir. Forobiy tabiiy xodisalarga, sababiy bog‘lanishga katta e’tibor beradi. Materiya turli hislatlarga boy, bu hislatlar qator kategoriyalarda ifodalanadi. Inson vujud va jonning birligidan iborat, vujudsiz jon yo‘q, lekin vujudning o‘limidan so‘ng jon saqlanib, dunyoviy jonga qo‘shiladi va insoniyatning ma’naviy yutuqlarini o‘zida saqlab qoladi. Inson materiyaning eng oliy formasi, o‘z aqli, nutqi bilan hayvonotdan farq qiladi. Forobiy inson tafakkurining bilish qobiliyati cheksiz ekanligini, fanning muhim rolini, aql haqiqatning mezoni ekanini qayd qiladi. Forobiy ratsionalizmni asoslashga va targ‘ib etishga harakat qildi. Forobiy "Fozil shahar axolisi qarashlari asoslari", "Baxtu-saodatga erishuv haqida" kabi asarlarida ijtimoiy hayot haqida o‘z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. Inson jamoasi insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishi asosida vujudga keluvchi o‘zaro yordam, birlashuv natijasida paydo bo‘lgan. Bunday jamoaning eng etuk shakli shahardir.
Forobiy insonlarni o‘zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona, bir butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir-bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritiladi. Forobiy davlatni boshqarishning turli shakllarini, har tomonlama etuk shaxs, etuk hislatlarga ega bo‘lgan bir necha shaxslar va demokratiya yordamida boshqarish shakllarini qayd qiladi. Forobiy har tomonlama etuk, barcha aholini, ilm ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi g‘oyani olg‘a suradi. Forobiyning ideal jamoa, umumiy baxt-saodat haqidagi fikrlari gumanizmning rivoji uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Forobiy fatalizmni, astrologiyani, mistik fikrlarni tanqid qildi, falsafiy, ilmiy bilimlarni dindan mustaqil ajratishga urindi, ularning fazilatlarini ko‘rsatdi. Forobiy o‘rta asr Sharqida ilg‘or ijtimoiy falsafiy fikrlarning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi: ayrim asarlari XII-asrdayoq lotin tiliga, so‘ng Evropa tillariga tarjima qilindi.
Forobiy asarlarida insonning ruhiy quvvatlari va ularning klasifikatsiyasiga katta o‘rin berilgan. U barcha ruhiy quvvatlarni harakatlantiruvchi va biluvchi guruhlarga ajratadi. Harakatlantiruvchi butun tabiatga xos, biluvchi quvvat esa tirik jonivorlarning psixikada tashqi predmetlarni aks ettirishini anglatadi.
Forobiy fikriga ko‘ra inson tug‘ilganda paydo bo‘ladigan birinchi quvvat oziqlantiruvchi quvvat bo‘lib, u oziqlanish jarayonini boshqaradi. Keyin so‘zlovchi quvvat, intiluvchi quvvat, tasavvur quvvati va sezuvchi quvvat paydo bo‘ladi.
Odam so‘zlovchi quvvat yordamida bilim va hunarlarni egallaydi. Harakat va xulqda go‘zallik va rasvolikni ajratadi, foyda bilan zararni farqlaydi.
Intiluvchi (ehtiros va g‘azab) quvvat yordamida inson xohlaydi yoki yuz o‘giradi. Natijada odamda nafrat yoki muhabbat, do‘stlik yoki dushmanlik, qo‘rqoqlik yoki mardlik kabi emotsiyalar paydo bo‘ladi.
Tasavvur quvvati insonga predmetlar yo‘qolgandan keyin ham ularning obrazini qayta tiklash imkonini beradi.
Sezuvchi quvvat besh xil ko‘rinishga ega. Ular yordamida inson ta’sirni farqlay oladi. Forobiy "Fozil shahar axolisi qarashlari" asarida yozadi: inson tug‘ilganida unda oziqlanuvchi quvvat paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng tuyuvchi quvvat paydo bo‘ladi bu yordamida u sovuq, issiqni sezadi. Keyin unda hidni biluvchi so‘ngra rang va yorug‘likni sezuvchi quvvatlar paydo bo‘ladi. Hissiy quvvatlar bilan birga unda o‘zi sezayotgan narsaga tortuvchi yoki undan itaruvchi quvvat paydo bo‘ladi, natijada unda o‘zi sezayotgan narsaga simpatiya yoki antipatiya paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng odamda tasavvur quvvati paydo bo‘ladi. Nihoyat unda aql quvvati paydo bo‘ladiki, uning yordamida inson aqliy va mavhum fikr yuritadi, go‘zallik va badbasharalikni farqiga boradi, ilm, san’at va fanni egallaydi.
Shundan so‘ng Forobiy bilish-psixik jarayonlarning klassifikatsiyasini beradi:

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling