Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Oziqlantiruvchi quvvat-quvvayi roziyyadan- tashqi va ichki ruhiy quvvatlar paydo bo‘ladi


Download 1.38 Mb.
bet19/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

1.Oziqlantiruvchi quvvat-quvvayi roziyyadan- tashqi va ichki ruhiy quvvatlar paydo bo‘ladi.
2.Tashqi quvvatlar beshta: 1) tuyish-teri sezgisi, 2) ta’m bilish, 3) hid bilish, 4) eshitish sezgisi, tovushni sezish, 5) ko‘rish sezgisi. Bularning hammasi sezuvchi quvvat - quvvai hissiya deb yuritiladi.
3.Ichki ruhiy quvvatlar: 1) Eslovchi va tasavvur qiluvchi quvvat (xotira, tasavvur va hayol) - quvvai mutaxayyila. 2) Intiluvchi quvvat (emotsiyani harakatga keltiruvchi kuch-ehtiros, g‘azab va boshqalar)-quvvai nazihiyya. 3) So‘zlovchi quvvat- quvvai notiqiyya.
4. So‘zlovchi quvvat tarkibida fikrlovchi quvvat - quvvai fikriya.
Forobiyning fikricha organizmda ikkita markaz bo‘lib, ulardan yurak organizmning hayot faoliyatini ta’minlaydi. Miya esa barcha ruhiy quvvatlarni va ongli hayotni boshqaradi Forobiyning inson psixikasi haqidagi bu tasavvurlari hozirgi zamon psixologik bilimlar majmuiga deyarli mos keladi.
Abu Ali Xusayn ibn Abdullox ibn al-Xasan ibn Ali ibn Sino, G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashxur (Buxoro yaqinidagi Afshona, 16 avgust 980 yil — Xamadon, 18 iyun 1037 yil). Ilm ahli Abu Ali Ibn Sinoni jahon fani va madaniyatining yukori cho‘qqisi, mashhur entsiklopedist olim sifatida biladi va yuksak darajada e’zozlaydi. Uning ilmiy merosida falsafiy masalalar muhim o‘rin egallaydi. Ibn Sino qaysi bir aniq ilmiy masala ustida fikr yuritmasin, deb yozgan edi, M.Xayrullaev, uni umumiy falsafiy nuqtai nazardan baholaydi, unga umumiy bilimlar tizimining biri sifatida yondashadi.
Abu Ali Ibn Sino-jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan mashhur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, musiqashunos, huquqshunos, axloqshunos, filolog, yozuvchi va shoir, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri. Evropada Avitsenna nomi bilan mashhur, Ibn Sino O‘rta Osiyo xalqlari orasidan chiqib, jahon fani taraqqiyoti tarixida muhim rol o‘ynagan. Horazmiy, Forobiy, Beruniy, Umar Xayyom, Ulug‘bek kabi olimlar orasida oldingi o‘rinlardan birini egallaydi.
Ibn Sino davrida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta Osiyoda ham ilg‘or ijtimoiy-falsafiy fikr o‘zining ma’lum an’analariga, o‘z masalalari va muammolariga ega edi. Bu ilg‘or fikr o‘zining g‘oyaviy manbalari sifatida Sharqning qadimgi ilg‘or ta’limotlariga, qadimgi Yunonistonning falsafiy merosiga tayanar edi. 9-asrlarga kelib O‘rta va Yaqin Sharqda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan yangi falsafiy oqim vujudga keldi. Uning vakillari Aristotel ta’limotini neoplatonizm ta’siridan tozalashga, uning mazmunini tiklash va so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qildilar va Sharq aristotelizmi oqimini vujudga keltirdilar. Ayniqsa Farobiy bu oqimning muhim masalalari, kategoriyalari, metodlarini ishlab chiqishda, ularni tizimga solishda juda katta rol o‘ynadi va "Sharqning Aristoteli” degan nom oldi.
Ibn Sino dunyoqarashi Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Farobiy ishini davom ettirdi, ilg‘or falsafiy oqimni yangi tabiiy ilmiy fikrlar bilan boyitib tizimlashtirdi va yangi bosqichga ko‘tardi. Ibn Sino fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni-barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishlarini har tomonlama o‘rganishdan iborat. Uningcha, olam yaxlit murakkab borliqdir. U borliqni har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat tamoyillarini asos qilib oladi. Olam - barcha mavjud narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud. Zaruriy vujud hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil qilib, u eng irodali, qudratli, dono tangridir.
Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud-tangridan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin sabab va oqibat munosabatidadir. Bu jarayon emanatsiya tarzida, ya’ni quyoshdan chikayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bog‘liq holda osmon sferalari kelib chiqadi, mavjud narsalarga aylanadi. Bular hammasi substantsiya (javhar)dir. Bundan tashqari borliqda aktsidentsiya (obraz)-narsalarning belgilari, rangi, hajmi, hidi va boshqa hislatlari mavjud. Jism shakl va modda (xayulo) dan tashkil topadi. Imkoniy vujudning zaruriy vujuddan kelib chiqishi bevosita tangrining yaratuvchilik qudrati tufayli bo‘lmay, balki borliq qonuniyatining, zaruriyatning natijasidir. Tangri bilan birga imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan materiya ham zaruriy ravishda voqelikka aylanadi. Xudo va materiya bog‘lanishi sabab va oqibat bog‘lanishi sifatida talqin etiladi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa aniq jismlarning asosidir.
Narsalarning konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi, lekin ularning moddiy asosi yo‘qolmaydi; "materiya doim vujudga kelishi mumkin bo‘lgan narsalardan avval mavjud bo‘lib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi materiyaga muhtojdir". O‘z moddiyligi bir butun bo‘lgan tabiat o‘z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, tabiiy xodisalar sababiy bog‘lanishda. Materiyaning eng sodda bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar o‘zgarib, turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 element yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi. Materiya, harakat, vaqt, fazo bilan uzviy bog‘liqdir, moddasiz fazo va harakat yo‘q. Materiya va u bilan birga mavjud bo‘lgan hislatlarning abadiyligi, tabiatning ichki qonuniyat asosida mavjudligi, moddiy determinizm, Ibn Sino falsafasining eng kuchli, eng progressiv, materialistik tomonlaridan biridir. Moddiy jismlarning taraqqiyotida Ibn Sinoning fikricha, avval tog‘-toshlar, so‘ng o‘simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida inson vujudga kelgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi-tili, aqli va tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Bilish masalasini talqin etishda ham Ibn Sino bir qancha materialistik fikrlarni olg‘a suradi. Inson bilimlari real ob’ektiv narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilim va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. "Sezish-deb yozgan u, - bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni moddiy asossiz inoikos eta olmaydi va jismlarni bilmaydi". Hissiy bilimning ahamiyatini maxsus ko‘rsatib o‘tish bilan birga, bilishda narsa va xodisalarning mohiyati va qonunlarini o‘rgatishda tafakkurning roliga katta e’tibor beradi.
Sezgida narsa-xodisalarning ayrim tashqi belgilari, konkret tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraktsiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi, rivoj topadi. Bunda u xususan, mantiq ilmiga katta e’tibor beradi.
Mantiq Ibn Sino asarlarida ilmiy bilishning metodi sifatida diniy aqidachilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Aql har qanday bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. "Aql tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim, - deb yozadi Ibn Sino, - chin bo‘lolmaydi, demak u haqiqiy bilim emas". O‘rta asrda Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan, O‘rta Osiyo falsafasida aql nazariyasi juda muhim o‘rin egallaydi. Ibn Sino ham bu masalaga katta e’tibor beradi.
Insonning bilimi bir necha darajaga ega bo‘lib, asosan 4 bosqichni bosib o‘tadi, so‘ng etuk haqiqatni egallash, dunyoviy aql bilan bog‘lanib ketishi orqali tugaydi. Ibn Sino mantiq usullari, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi va mantiq fanini Forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi. Mantiqdan tashqari barcha qolgan ilmlarni Ibn Sino tabiat va ijtimoiy xodisalar haqidagi ilmlar sifatida o‘zining "Aqsam ul-umri ul-aqliyya " ("Aqliy bilimlar tasnifi") asarida alohida-alohida sanab va ta’rif berib o‘tadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar. Nazariy ilmlarni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan narsa to‘g‘risidagi haqiqiy ilm deb ta’riflaydi. Amaliy ilmlarning ob’ekti inson faoliyatida. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratiladi. Falsafaning nazariy qismi uchga bo‘linadi:
1) Quyosh darajasidagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik.
2) O‘rta darajadagi ilm- matematika.
3) Oliy darajadagi ilm - metafizika.
Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi:
a) Shaxs haqidagi ilm.
b) Insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm.
v) Davlatni, mamlakatni boshqarish ilmi.
Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajratiladi. Masalan: tabiatshunoslik ilmlari meditsina, alkimyo va etti xil tarmoqni o‘z ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, muzika nomi bilan to‘rt tarmoqqa bo‘linadi. Mantiq ilmini Ibn Sino o‘z tasnifining eng so‘nggida bayon etadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga olinadi. Ibn Sino o‘z dunyoqarashida panteistik tamoyilga asoslanadi: tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil etadi. Abadiylik tangriga ham, materiyaga ham xos. Tangri va tabiat ma’lum pog‘onalar yordamida bog‘lanadi. Uzun va bir butun zanjirning bir tomonida yaratuvchi tangri - zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat yotadi va tabiat tangri ta’siridan shunchalik uzoqdaki, u o‘z qonuniyati yordamida o‘zgaradi, rivojlanadi. Ibn Sino asta-sekin deistik mavqega o‘tib ketadi, ya’ni u qachonlardir tangridan zaruriy ravishda kelib chiqqan moddiy olam mustaqil ravishda rivojlanishini isbotlashga harakat qildi. Panteizm va deizm o‘rta asr sharoitida ilg‘or falsafiy g‘oyalarni, tabiiy-ilmiy va materialistik fikrlarni olg‘a surishning eng muhim shakli edi. Ibn Sino axloqiy fazilatlarni ulug‘laydi va axloqiy illatlarni, yomonlikni keskin qoralaydi. U insonlarning kundalik amaliy ishlaridagi eng zarur axloqiy sifatlarga, kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, to‘g‘rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor beradi. Insonning kishilar orasida o‘zini tutishi, oila a’zolarining o‘zaro aloqalari, jamiyatda turli tabaqalarning munosabatlari Ibn Sino asarlarida maxsus yoritiladi. Ibn Sino ijtimoiy masalalarda Forobiy nazariyasiga asoslandi va uni rivojlantirdi. Ibn Sinoning ijtimoiy xodisalar haqidagi, axloq, adolat, ideal jamoa to‘g‘risidagi fikrlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Tarixiy psixologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha Ibn Sinoda ikkita: tabiiy ilmiy (tibbiy) va metafizik (falsafiy) psixologiya mavjud. Ibn Sino tabib uchun "Haqiqat qidiruvchi" (faylasufning) fikri majburiy emas deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, tabib ham, faylasuf ham o‘z yo‘liga ega bo‘lib, o‘z tushunchalari va izohlari bilan ish ko‘radi.
Ibn Sino o‘z falsafiy va tabiiy-ilmiy ta’limotini shakllantirishda o‘zidan oldingi ilmiy merosdan ko‘ra ko‘proq tajribaga, amaliyotga, Sharq tabobatining real yutuqlariga tayandi.
Ibn Sino psixikaning miyaga bog‘liqligi g‘oyasiga amal qilib tabiblar va faylasuflar uchun alohida-alohida ruhiy quvvatlar klassifikatsiyasini berdi. Hamma quvvatlar "ichdan fahmlanadigan" va "tashqaridan fahmlanadigan" turlarga bo‘linadi. Tabiblar va faylasuflar o‘rtasidagi kelishmovchilik aynan birinchi guruh ruhiy quvvatlariga taalluqli bo‘lib, tabiblar uchun bu quvvatlar a) umumiy hissiyot yoki tasavvur; b) fikrlovchi quvvat; v) sezilayotgan buyumlar mohiyatini (obrazni emas) saqlovchi va qayta tiklovchi quvvatlarga bo‘linadi. Har bir quvvat miyaning u yoki bu qopchig‘ida lokallashgan.
Ibn Sino turli yosh davrlarida organizmning jismoniy taraqqiyoti bilan uning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan. U aynan tarbiya vositasida organizm strukturasiga psixik ta’sir ko‘rsatiladi, deb hisoblagan. Harakter fiziologik jarayonlarning kechishiga ta’sir ko‘rsatish tufayli shakllanadi. Odamlar bolada u yoki bu effektlarni hosil qilib uning psixologik qiyofasini shakllantirishadi.
Ibn Sino fiziologik psixologiyasining asosiy mazmuni shundan iboratki, organizmdagi jarayonlarni uning hissiy, affektiv hayotiga ta’sir ko‘rsatish orqali boshqarish, uni jismonan shakllantirish mumkin. Psixik va fiziologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi ya’ni psixikaning tana holatiga bog‘liqligi va aksincha affekt, psixik jarohat, tasavvur kuchi bilan unga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati Ibn Sino tomonidan tibbiy tajribada isbotlangan. Masalan: u ikkita qo‘yni bir xil ovqat bilan boqib, birining ro‘parasiga bo‘rini bog‘lab qo‘yadi. Biri semiradi, lekin bo‘rining ro‘parasida turgani ozib, halok bo‘ladi. Bu tajriba qarama-qarshi emotsional ustanovkalar chuqur somatik siljishlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu fakt aslida emotsional holatlar eksperimental psixofiziologiyasiga taalluqli dastlabki tajribalardan hisoblanadi.
Ibn Sino mantiq (logika) ilmiga tushunchalar tizimi bilan katta hissa qo‘shdi. Masalan, u olti xil tushunchani sharxlaydi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling