Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Birinchi - haqiqatda reallikdagi biron bir predmet tushunchaga mos kelmaydi va uning paydo bo‘lishi ham mumkin emas. Bu xudoning sherigi. Ikkinchi


Download 1.38 Mb.
bet20/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Birinchi - haqiqatda reallikdagi biron bir predmet tushunchaga mos kelmaydi va uning paydo bo‘lishi ham mumkin emas. Bu xudoning sherigi.
Ikkinchi - haqiqatda reallikdagi biror bir yagona predmet tushunchaga mos kelmaydi, lekin uning paydo bo‘lishi istisno qilinmaydi. Masalan: oltin tog‘, sharbat daryosi va h.z.
Uchinchi - umumiy tushunchaga bitta individual predmet mos keladi, lekin raellikda u mavjud bo‘lmaydi. Bu xudo.
To‘rtinchi - tushunchaga reallikdagi yagona predmet mos keladi. Lekin yana shunday yagona predmetning paydo bo‘lishi istisno qilinmaydi. Masalan; oy, quyosh.
Beshinchi - tushunchaga reallikda sanash mumkin bo‘lgan predmetlar mos keladi. Masalan; daraxtlar, o‘simliklar, kitoblar...
Oltinchi - tushunchaga reallikdagi sanash mumkin bo‘lmagan predmetlar mos keladi. Masalan; chang, yulduzlar, qum ...
Ibn Sino emanatsiya nazariyasini talqin qilib, quyidagicha bayon qiladi. Xudo- absolyut birlik, nuqta, nuqtaning esa tomonlari yo‘q, demak, xudo faqat bitta narsani yarata olishi mumkin. "Birlikdan faqat birlik paydo bo‘lishi mumkin". Ana shu yaratilgan birlik umumdunyoviy aql hisoblanadi. Bu birinchi aql. Umumdunyoviy aqlni xudo zarurat tufayli, tanilishni xohlaganligi uchun yaratgan.
Umumdunyoviy aqlning uchta tomoni bor. Bitta tomoni xudoning o‘ziga qaratilib, uning o‘zini anglaydi, chunki umumdunyoviy aql xudoning o‘zi haqidagi bilimdir. Ikkinchi tomoni ikkinchi aql va uning sohasini (sferasini) yaratadi. Uchinchi tomoni ana shu sohaning ruhini, ya’ni uning ijodiy mohiyatini yaratadi.
Ikkinchi aql uchinchi aqlni, uchinchi aql to‘rtinchi aqlni va x.z. o‘ninchi aqlgacha yaratadi. Har bir aqlning o‘z sohasi va o‘z ruhi bor. Aqllar mana shu tarzda yuqoridan quyiga taralib oy sohasigacha tushadi. Shu erdan olov, tuproq, havo, suvdan tashkil topgan bizning er dunyomiz boshlanadi. Materiya ana shu to‘rt asos birikmalarini takomillashtiradi, o‘simliklar dunyosini, hayvonlar dunyosini va, nihoyat, odamlar dunyosini yaratadi.
Demak, xudoning hukmi faqat o‘zi yaratgan umumdunyoviy aqlgagina ta’sir ko‘rsatadi, xolos. Undan nari har bir aql o‘zidan quyidagi aqlnigina boshqaradi, ya’ni hukm faqat bitta quyidagi pog‘onaga o‘tadi, xolos.
Ibn Sinoning bu fikri materiyaning evolyutsion taraqqiyotini asoslashga bo‘lgan fandagi dastlabki harakatlardan biri edi.
Ibn Sinoning mashhur aks ettirish nazariyasi, ya’ni olamning inson hissiyotlari, aqli va ruhida aks ettirilishi haqidagi nazariya haqiqatda olamni inson tomonidan bilish mumkinligi haqidagi nazariya hisoblanadi.
Sezgilar xilma-xil bo‘ladi. Turii-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami bilan hosil qilsak, ularni sha organlarga qarab odatda, quyidagi turlarga, ya'ni kirish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, ta'm (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi organlari qayerda ekanligiga va qayerdan q z alishiga qarab, ularni uch guruhga ajratish mumkin: eksteroretsep- torlar, proprioretseptorlar va interoretseptorlar.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling