Bino va inshootlar III bob konstruksiyalarini loyihalash ж bobning mazmuni


Download 41.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.11.2023
Hajmi41.4 Kb.
#1760911
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6 mavzu amaliy



BINO VA INSHOOTLAR 
III BOB 
KONSTRUKSIYALARINI 
LOYIHALASH
Ж
Bobning mazmuni. Ushbu bobda bino va inshootlar konstruksiya- 
larining xillari, ashyolari, ularga loyihalashda qo yiladigan talablar, 
ularning vazifalari va xususiyatlari to'g'risida tegishli axborotlar 
berilgan. Imoratlaming texnik, iqtisodiy va sifat k o ‘rsatkichlarini 
aniqlashga doir bilimlar keltirilgan.
3.1. BINO VA INSHOOTLARNI LOYIHALASH 
TEXNOLOGIYASI
Loyiha 
— bino, inshoot yoki ular majmuasini qurishda bajariladigan 
barcha ishlami o'zida jamlagan texnik hujjatlar majmuasi. Bino va inshootlar 
namunaviy (tipovoy), xususiy va eksperimental loyihalar asosida qurilishi 
m umkin.
Namunaviy loyiha 
— ko‘p marta qayta foydalanish uchun m o‘ljallanadi. 
Uni ishlab chiqishda iqtisodiy va ekspluatatsion talablar, qurilish rayonining 
tabiiy-iqlim sharoitlari, shu bilan birga yuksak darajadagi hajmiy-rejaviy 
va konstruktiv talablar to ‘liq inobatga olingan bo'lishi lozim.
Namunaviy loyihalar asosida ommaviy qurilishlar quriladi (turar-joylar, 
maktablar, bolalar bog'chasi, kasalxonalar va h.k.). Namunaviy loyihalarni 
qo‘Hash jarayonida qurilish joyi uchun boglovchi (ya’ni, namunaviy loyiha- 
ning aniq joyi uchun relyef, gruntlarni shaharsozlik vaziyatidan kelib 
chiqqan holda) loyiha ishlab chiqiladi. Bunday bog'lovchi ishchi loyiha 
tarkibiga poydevor, yerto'la, sokol qismi qayta aniqlangan loyihalar, bino 
m uhandislik tarm oqlarining tashqi tarm oqqa ulanish chizm alari kiradi.
Xususiy loyiha 
- nodir va murakkab bo'lgan, m uhim shaharsozlik 
ahamiyatiga ega binolar va ulam ing majmuasini loyihalashtirishda ishlab 
chiqiladi.
Eksperimental loyihalar 
keyinchalik ommaviylashtirish maqsadida yangi 
turdagi binolami loyihalash va turli sharoitlarga tekshirish maqsadida joriy 
etiladi.
Loyihalar loyihalash tashkilotlarida, loyihalash institutlarida ishlab 
chiqiladi.
Loyihalashtirishni boshlash uchun dastlabki hujjat — loyiha uchun 
topshiriq hisoblanadi. Uni buyurtmachi loyihalash tashkiloti bilan biigalikda 
tuzadi. Loyihalash uchun topshiriq loyihalanayotgan bino vazifasi, quw ati


(kattaligi) haqidagi ham da qurilish rayonining tafsilotlari, maydonning 
geodezik loyihasi, obyekt qurilishining boshlanishi va tugallanish muddati, 
ishlatiladigan qurilish konstruksiyalari va materiallari haqida zarur bo'lgan 
barcha m a’lumotlarni o ‘z ichiga oladi.
Topshiriq va qurilish m e’yorlari va qoidalari asosida xonalar tarkibi, 
ulam ing m aydoni va ularga ham da butunlay binoga hajmiy-rejaviy
konstruktiv va m e’moriy-badiiy yechimlar nuqtayi nazaridan qo'yiladigan 
asosiy talablami o'zida mujassamlashtirgan loyihalash dasturi ishlab chiqiladi.
Fuqaro va sanoat binolarini loyihalash ikki va bir bosqichli bo'lishi 
mumkin.

Download 41.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling