Bino va inshootlar III bob konstruksiyalarini loyihalash ж bobning mazmuni


Download 41.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi41.4 Kb.
#1760911
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 mavzu amaliy

karkassiz binolar o'zaro bog'langan tashqi devorlar va qavatlararo 
yopmalardan iborat. Binoning tashqi va ichki devorlari orayopmalar hamda 
tom og'irligini qabul qiladi. Turar-joylar, maktablar va boshqa jam oat 
binolari qurilishida ana shu konstruktiv tur keng tarqalgan:
— karkasli binolarda ustunlar sistemasi gorizontal to'sinlar bilan 
birgalikda bino skeletini tashkil qiladi. Binoning karkasi binoga ta ’sir 
qiladigan barcha kuch va og'irliklami qabul qiladi. Karkasli bino konstruk­
siyalari vazifasiga ko'ra bir-biridan farq qilib, ko'tarib turuvchi va himoya- 
lovchi guruhlarga bo'linadi. Bu holda tashqi devorlar faqat himoyalovchi 
funksiyani bajarib, ular o 'z-o 'zin i ko'taruvchi yoki ilib qo'yilgan bo'lishi 
mumkin;
— agar ichki bo'ylam a yoki ko'ndalang devorlar o'rniga ustunlar siste- 
masini o'rnashtirib, ularga tayangan gorizontal to'sinlarga qavatlararo 
yopm alar joylashtirilgan bo'lsa, bunday binolar yarim karkasli bino deb 
ataladi. Bu turdagi binolarda ichki karkas bilan birgalikda tashqi devorlar 
ham orayopma va tom dan tushadigan yukni qabul qiladi. Karkaslar ishlash 
xarakteriga ko'ra ramali, bog‘lanishli va ramali-bog‘lanishli bo'ladi. Ramali 
karkasda ustun va to'sin o'zaro bikr tugunli bog'lanib, vertikal va gorizontal 
ta’sir etuvchi hamm a yuklami o'ziga qabul qiluvchi ko'ndalang va bo'ylama 
ram a hosil qiladi.
B og'lanishli karkaslarda ustun va to 'sin orasidagi tugunlar bikr 
bo'lmaganligi uchun gorizontal ta ’sir etuvchi kuchlarni qabul qiluvchi 
qo'shim cha bog'lanishlar o'rnatish talab etiladi. Bunday bog'lanishlar 
vazifasini ko'pincha diafragmani tashkil qiluvchi hamda gorizontal kuchni 
bikr vertikal diafragmaga uzatuvchi qavatlararo yopmalar bajaradi.
Keyingi paytlarda qurilish amaliyotida kombinatsion, ya’ni ramali- 
bog'lanishli karkaslar k o'p ro q uchram oqda. Bunda bir yo'nalishda 
bog'lanishlar o'rnatilsa, ikkinchi yo'nalishda ramalar o'm atiladi.
Shuni aytish kerakki, yirik panelli jamoat va turar-joy binolari qurilishida 
karkasli binolar qo'llash ko'proq foydaUdir. Bulardan tashqari, turar-joy 
binolari qurilishida zavodlarda tayyorlangan yirik hajmiy bloklar keng 
qo'lam da qo'llanilmoqda.
U m um an olganda, bino va inshootlar konstruksiyalari sifatida karkas 
konstruksiyalar bilan bir qatorda panel, yirik panel, monolit, tem ir-beton, 
hamda kombinatsiyalashtirilgan konstmksiyalar qo'llaniladi.


3.3. LOYIHALASHDA KONSTRUKSIYA ASHYOLARIGA
QO'YILADIGAN TALABLAR
Fuqaro va sanoat binolarining qurilish konstniksiyalari ashyolari turlicha 
bo'lib, ular loyihalashda turli mezon va talablarga asoslanib tanlanadi. 
Binolar konstruksiyaiarining asosiy ko'rsatkichlariga ulaming og'irligi, o'tga 
chidamliligi, iqtisodiy ko'rsatkichi, ishonchliligi va uzoqqa chidamliligi, 
shuningdek, mustahkamligi, bikrligi, ustivorligi, zilzilabardoshligi va h.k. lar 
kiradi. Quyida konstruksiya ko'rsatkichlarining eng asosiylariga qisqacha 
ta ’rif berilgan.
Og‘irlik. Barcha shart-sharoitlarda og'irligi eng kam bo'lgan konstruk­
siyalar afzalroqdir. Bu transport sarflarinigina kamaytirib qolmasdan, balki 
ayni konstmksiyaga tushadigan va undan pastda turadigan konstmksiyalarga 
tushadigan yukni kamaytirishga olib keladi.

Download 41.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling