Bino va inshootlar III bob konstruksiyalarini loyihalash ж bobning mazmuni


Download 41.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.11.2023
Hajmi41.4 Kb.
#1760911
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 mavzu amaliy

Ikki bosqichli loyihalash namunaviy loyihalami, murakkab b olgan
individual bino va inshootlam i loyihalashda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda binoning loyihasi tugallangan smeta hujjati bilan 
birgalikda ishlab chiqiladi. U binoning m e’moriy-rejaviy va konstruktiv 
yechimlarini, binoning smeta qiymatini, asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkich- 
larini ko'zdan kechirish va baho berish uchun xizmat qiladi.
Bino loyihasi tarkibiga quyidagilar kiradi: izohnoma, loyihalashtiri- 
layotgan va mavjud binolar aks ettirilgan bosh reja sxemasi, holat (situatsion) 
reja, binoning asosiy chizmalari - yerto'la, tipik va takrorlanmaydigan 
qavatlar rejalari, fasad, xarakterli qirqimlar, qurilishni tashkil etish va 
texnologiyasi bo'yicha zarur materiallar.
Ikkinchi bosqichda tasdiqlangan loyiha asosida butun qurilish-montaj 
ishlarini olib borish uchun asos bo'ladigan ishchi hujjatlar smetasi bilan 
birgalikda ishlab chiqiladi. Ishchi hujjatlar tarkibiga binoning kompleks 
ishchi chizmalari batafsil yoritilgan smeta hisob-kitoblari bilan konstruksiya 
va elementlarning montaj sxemalari, tugun va detallaming, sanitar-texnik 
qurilm alarning, obodonlashtirish va hududni muhandislik tayyorlash 
bo'yicha chizm alar kiradi.
Bir bosqichli loyihalashdan texnik yechimlari murakkab bo'lm agan 
binolarni loyihalashda va tipik loyihalami qurilish maydoni sharoitiga 
bog'lash ishlarida qo'llaniladi. Bunda loyiha uchun topshiriq asosida ishchi 
loyiha smeta bilan birgalikda tuziladi. Ikki bosqichli loyihalash jarayonidan 
farqli o'laroq, ishchi loyiha tasdiqlash uchun mo'ljallanib, uning asosida 
barcha qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
3.2. BINONING KONSTRUKTIV YECHIMLARI
Binoni ko'tarib turuvchi konstruksiyalar, ya’ni poydevorlar, devorlar, 
alohida tayanchlar, qavatlararo yopm alar fazoda bir-biri bilan bog'lanib, 
bino negizini tashkil etadi.
3 — N.J.To'ychiyev
<11


Bino negizi — ko 'tarib turuvchi elem entlarining fazoda qanday 
joylashtirilganiga qarab, binolarni quyidagi konstruktiv turlarga ajratish 
m um kin:

Download 41.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling