Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Bino va inshoot elementlarining korroziya va temperaturadan shikastlanish darajasini o’rnatish


Download 1.84 Mb.
bet30/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

14-amaliy mashg’ulot. Bino va inshoot elementlarining korroziya va temperaturadan shikastlanish darajasini o’rnatish.
Temirbeton konstruktsiyalarga tajavvuzkor muhitning ta’siri beton, armatura va detallarning korroziyasini keltirib chiqarishi va umuman konstruktsiyaning yuk ko’tarish qobiliyatini kamaytirishi mumkin. Bu xatarni to’xtatish va bartaraf etish uchun betonning korroziyaga uchragan qismini yaxshilab aniqlash lozim. Korroziyadan shikastning darajasi va chuqurligini beton va po’lat armaturadan olingan namunani fizik-ximiyaviy tahlil qilish orqali aniqlash mumkin.
Betonning neytrallovchi qatlami chuqurligini fenoftaleinning spirtli eritmasini betonning himoya qatlamida yangi hosil bo’lgan sinikdagi reaktsiyasini tahlil qilish yo’li bilan aniqlanadi. Korroziyaning intensivligi, ko’rinishi va nisbiy miqdorini differentsial, termik va fazali rentgen tahlillari asosida tadqiq qilinadi, tsement toshining miqdori va sifat tizimsini optik mikroskopik tadqiqodlar va MPB-6, MI-8 mikroskop orqali tadqiq qilinadi. Tekshirish jarayonida metallni korroziya bilan zararlanganlik darajasi va turini o’rnatish lozim.
Korroziyaning turi: umumiy (bir tekis) va mahalliy (yazvali).
Materiallarning umumiy korroziyadan zararlanish darajasi zararlangan uchastka ko’ndalang kesimini loyihaviy kesim bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Mahalliy korroziyada yazvaning o’lchami va uning maydon birligidagi miqdori o’rnatiladi. Ko’pincha armatura korroziyasini beton himoya qatlami yuzasidagi bo’ylama darzlar va zang paydo bo’lishi bo’yicha ko’rish orqali aniqlanadi.
Temirbeton konstruktsiyalarni tekshirishda yuqori va past temperaturaning maxsus ta’siriga duchor bo’luvchi elementlarga alohida diqqat qaratish lozim bo’ladi. Betonning oshirilgan va yuqori temperaturaga bardoshi olovdagi kirishish va issiqqa bardoshlilikni sinovda qoldiq mustahkamlikni topish yo’li bilan aniqlanadi. Qisqa muddatli temperatura ta’sirida (yong’inga xos bo’lgan): og’ir beton 60-900S da o’zining 35-21% prizmaviy mustahkamligini yo’qotadi, 200-4000S da mustahkamlik 5-10% ga oshadi, 6000 gacha qizitishda mustahkamlik 35% ga kamayadi, 7000S da mustahkamlik 52% ga kamayadi. Temirbeton konstruktsiyalarga yuqori temperaturaning ta’siri armaturaning beton bilan bo’lgan tarmashuvini keskin kamaytirishiga olib keladi. 1000S da tarmashish 25% ga, 4500S da esa butunlay buziladi. Betonning sovuqbardoshliligi konstruktsiyadan kesib olingan namunalarni RST Uz 10060-95 va boshqa laboratoriya usullari bo’yicha sinash orqali aniqlanadi.
Asliy sinov. Ekspluatatsiya qilinayotgan bino va inshootlarni tekshirishda qurilish konstruktsiyalarining yuk ko’tarish qobiliyatini materiallarning mustahkamligi haqidagi ma’lumotdan, haqiqiy hisobiy sxema asosida o’rnatiladi. Ammo ba’zan bu ko’rsatkichni mavjud konstruktsiya, uning fragmenti yoki uzellarini bevosita sinash orqali aniqlash ehtiyoji tug’ilib qoladi. Konstruktsiyani oddiy holatda yoki demontajdan keyin sinash mumkin. Birinchi holatda, odatda, konstruktsiyani buzulishgacha olib borilmaydi., solqiligini, og’ish burchaklarini, darz hosil bo’lishini hisobiy yuklar bilan nazorat qilib va olingan ma’lumotlarga asoslangan holda konstruktsiyaning yuk ko’tarish qobiliyati aniqlanadi. Konstruktsiyani demontaj qilish, rekonstruktsiya jarayonida, bino qismlarini ajratish vaqtida shunday ehtiyoj tug’iladi. Bunday hollarda sinovni maxsus sinov laboratoriyalarida stendlarda yoki dala sharoitida o’tkaziladi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling