Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Konstruktsiyalarning nuqsonini topish (defektoskopiya). Bino elementlarida darz hosil bo’lish tavsifini o’rnatish


Download 1.84 Mb.
bet27/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

12-amaliy mashg’ulot. Konstruktsiyalarning nuqsonini topish (defektoskopiya). Bino elementlarida darz hosil bo’lish tavsifini o’rnatish.
Qurilish materiallari va konstruktsiyalarning nuqsonini topish masalasiga turli nuqsonlarni aniqlash kiradi: mikro va makrodarzlar, g’ovaklar, nojins qo’shilmalar va boshqalar.
Bundan tashqari defektoskopiya yordamida temir beton konstruktsiyalarda betonni ochmasdan turib armaturaning joylanishini topish mumkin, shu bilan birga beton tanasida joylashgan metal konstruktsiyaning kesimini aniqlash uchun ulьratovushli defektoskopiya (impulьsli va beto’xtov nurlanuvchi) va POISK-2,5 usullari qo’llanilmoqda. Bunda «aks-sado» ulьtra tovushning qaytishi va butunlay o’tish usullari farqlanadi.
Bu usullarning birgalikda qo’llanishi nuqsonlarning mavjudligi va joylanishini yetarli darajada aniqlik bilan topish imkonini beradi (UKB-1 asbobi). Darz ochilishi kengligi mikroskop yordamida va MIR-2 asbobi yordamida aniqlanadi. Darzlarning chuqurligini igna yoki simni ulьtratovush usulini birgalikda qo’llash orqali aniqlanadi.

10-rasm. Nishonlarning turlari.


a-gipsli; b-shishali; v-metalli; 1-darz; 2-suvalgan yuza; 3-devor; 4-alebastr qorishma.
Darzlarning vaqt mobaynida rivojlanish dinamikasini turli xildagi nishonlar yordamida o’rnatiladi. Masalan, g’isht termasidagi darzlarni kuzatish uchun ularga gipsli, shishali yoki metaldan nishonlar o’rnatiladi (rasm 10). Gipsli va shisha nishonlarni oldindan suvoqlardan tozalangan devorga alebastrli yoki tsementli qorishmada o’rnatiladi.
Metal nishonlarni odatdagi tunikalardan tayyorlab, devorga mix bilan yoki yelimlab mahkamlanadi va bo’yoq bilan bo’yaladi. Nishonlarga tartib nomer va sana qo’yiladi, ma’lumotlarni maxsus jurnalga qayd etiladi. 7,5 metrgacha bo’lgan yetish qiyin bo’lgan joylardagi qurilish konstruktsiyalarining yuza qatlamini baholash RVP-451 optik jihoz yordamida amalga oshiriladi.
Orayopmalarda, devorlarda va boshqa konstruktsiyalarda metall borligini MI-1 metal qidiruvchi yordamida aniqlash mumkin.
Temirbeton konstruktsiyalardagi armaturaning diametrini, himoya qatlami qalinligini va orayopma, devor va boshqa konstruktiv elementlardagi metal qismlarning kesim yuzasini aniqlash uchun VIM, IZS, TZS, ISM, POISK-2,5 turdagi jihozlar qo’llaniladi. Ularni qo’llash tamoyili materiallarning magnit o’tkazuvchanligi yoki radiatsiya usullariga asoslangan. Metalda, payvandlash natijasida yuzaga keladigan mexanik kuchlanishni o’lchash va darzlarni aniqlash uchun INT-M2 asbob VD-1 va VD-2 olinadigan datchiklari bilan birga qo’llanishi mumkin.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling