Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Bino va inshootlarning texnik holati bo’yicha xulosa tuzish


Download 1.84 Mb.
bet34/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
БИР қўлланма

16-amaliy mashg’ulot. Bino va inshootlarning texnik holati bo’yicha xulosa tuzish.
Tekshirish bo’yicha qilingan ishlarning to’la tsikli tugagandan so’ng ko’rilayotgan ob’ekt bino va inshootlarning texnik holati haqida xulosa tuziladi. Xulosa quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:

  1. Vazifa-mazkur ishning bajarilishiga bo’lgan asos;

  2. Foydalanilgan boshlang’ich manbalar (texnik xujjatlar);

  3. Ob’ektga xizmat ko’rsatish va tekshirish kim tomonidan va qachon bajarilgan?

  4. Ob’ektning me’moriy-rejaviy yechimi, texnikaviy vazifasi va ekspluatatsiya qilish sharoitining qisqacha tavsifi.

  5. Zamin, poydevor va yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarning fizik-mexanik tavsiflari haqidagi ma’lumotlar berilgan asliy tekshiruvning natijalari. Binoning mustahkamligi va bikrligini pasaytiruvchi topilgan tavsifli nuqsonlar.

  6. Tekshiruv hisoblashlarining natijalari.

  7. Zamin, poydevor va yerosti konstruktsiyalarining yuk ko’tarish qobiliyati haqida xulosalar.

  8. Kuchaytirish bo’yicha (extiyoj bo’lganda) birinchi navbatdagi tadbirlar.

  9. Texnika xavfsizligi bo’yicha tadbirlar.

Konstruktsiyaning xususiy og’irligidan tushadigan haqiqiy doimiy yuklar, elementning zichligi va haqiqiy o’lchamlarini aniqlash asosida o’rnatilishi lozim. Po’lat va og’ir beton uchun zichlik ma’lumotnomalar yordamida o’rnatiladi. Namunalarning zichligi orqali xususiy og’irlikni topib yukni aniqlash usuli va hajmini hisoblab haqiqiy zichlik aniqlanadi. Bu esa, dastlabki ma’lumot bo’lib, haqiqiy yukni shu orqali topiladi. Vaqtinchalik, uzoq muddatli yuklarni me’yorlar va pasport ma’lumotlarida yoki ishchi chizmalarda, ular bo’lmaganda esa o’lchamli chizmalardan foydalanib topiladi. Ekspluatatsiya qilinayotgan ob’ektlardagi vaqtinchalik va qisqa muddatli ta’sir etuvchi yuklarni aniqlash uchun me’yoriy yoki pasportdagi ma’lumotlardan foydalanish lozim, ammo bunda haqiqiy tavsiflar va kattaliklarni hisobga olishga yo’l qo’yiladi. Bino va inshootlarning tekshirilayotgan qurilish konstruktsiyalarini tekshiruv hisoblashini 2 bosqichga bo’lish mumkin.
- ayrim elementlarning yuk ko’tarish qobiliyati (1-guruh chegaraviy holatlar bo’yicha hisoblash).
- konstruktsiyalarda tashqi yuklardan bo’ladigan kuchlanishni va rekonstruktsiyalash uchun bo’lgan loyiha vazifasiga tegishli ta’sirlarni aniqlash.
Konstruktsiyalarni hisoblab tekshirishga molik bo’lganlar ichida ikki guruhni ajratish maqsadga muvofiqdir:
- nuqsonlarga ega bo’lmagan;
- nuqsonlar bilan.
Tekshiruv natijalarini qayta ishlash jarayonida konstruktsiya materiallarining loyihada berilgan va sinov vaqtida olingan mustaxkamlik tavsiflari natijalarning haqiqiylarini tashkil etadi.
Bino va inshootlarning texnik xolati haqidagi xulosa ob’ektning qurilish qismini rekonstruktsiyalashning maqsadga muvofiqligi haqidagi dastlabki qaror uchun asos bo’lib xizmat qiladi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling