Bino va inshootlar qurilishi


Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 1.84 Mb.
bet36/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
БИР қўлланма

Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar. Turar joy jamg’armasi rekonstruktsiyasining samaradorligini baholashda hamda avval qurilgan turar joy binolariga nisbatan yuqoriroq darajadagi qulaylik (komfort)ni ta’minlashda zamonaviy mezonlarni hisobga olgan holda rekonstruktsiyaga sarflangan kapital qo’yilmalarning bosh samaradorlik mezoni turar joylarning maksimum qulayligi bilan belgilanadi. Bunda turar joy binosi rekonstruktsiyasining sotsial-iqtisodiy samarasi hali yaxshi o’zlashtirilmagan territoriyada qurilgan yangi namunaviy (tipovoy) binoning alьternativ varianti bo’yicha belgilanadi.
j-nchi turar joy binosi i-nchi loyihaviy yechimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonini umumiy holatda quyidagicha ifodalash mumkin:

Eser, ij = Sserij / Prij ≥ Senφ / P


bu yerda Sij - j-nchi turar joy binosi rekonstruktsiyasining i – loyiha yechimining kompleks ijtimoiy natijasi;


Przij – loyihaviy yechimning j-nchi varianti bo’yicha turar joy uyi rekonstruktsiyasiga ketadigan sarf-harajatlar;
Senφ – namunaviy turar joy uyi qurilishidan kutiladigan ijtimoiy iqtisodiy natija;
Pn,φ – namunaviy turar joy uyi qurilishiga ketadigan sarf-harajatlar.
Loyihaviy yechimlar variantlari bo’yicha keltirilgan sarf-harajatlar quyidagicha ifodalanadi:
Pri = Epi + Yen (Cp + Clik - Skr) → min

bu yerda Epi–i - rekonstruktsiya varianti bo’yicha joriy ekspluatatsion sarflar;


Yen = 0,12 – kapital qo’yilmalarning me’yoriy samaradorlik koeffitsienti;
Srrekonstruktsiya bahosi;
Slikqayta foydalanish bahosi;
Skr – qaytarilish bahosi.
Turar joy binolari rekonstruktsiyasi paytida loyihaviy yechimlarning tejamkorligini belgilashda ta’mirlab bo’lingan 1 m2 maydonning qiymati natijaviy ko’rsatkich sifatida xizmat qilishi mumkin. Rekonstruktsiya natijasida yangi uy-joy qurilishining zamonaviy me’yorlarini qoniqtiradigan qulaylik darajasiga erishilsa, mana shu bosh baholash ko’rsatkichi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Korxonalar rekonstruktsiyasidan kutilgan natijalarning soni va turli-tumanligi amal qilayotgan korxonalarning asosiy jamg’armalarini yangilashdan kutiladigan iqtisodiy samaradorlikni belgilashda alohida yondoshuvni talab qiladi. Bu o’rinda ob’ekt rekonstruktsiyasi samaradorligining asosiy mezoni sifatida solishtirma kapital qo’yilmalar qabul qilinadi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling