Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 2.3. Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 2.3. Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish
Chastotalari 20 kGs dan yuqori bo’lgan elastik to’lqinlarga ultra-tovushlar deyiladi (10 9 -10 13 Gs tovushlar gipertovushlar). Ultratovushlar asosan ikki yo’l bilan hosil qilinadi – teskari pyezoeffekt hodisasi, magnitostriksiya hodisasi. Ultratovushdan lokasiya, ya’ni kemalarda dengiz chuqurligini, baliqlar to’dasini (suvda ultratovush kam yutiladi) aniqlashda foydalaniladi. Ultratovush defektoskopiyasi, ya’ni metallarda nuqsonlarni topishda qo’llaniladi. Detal qalinligi va tovush tezligi ma’lum bo’lsa, u holda o’tish vaqtini o’lchab nuqsonni aniqlash mumkin. Tabiatda ko’rshapalaklar va delfinlar ham ultratovush chiqarib o’zining yo’lini topib oladi, ya’ni chiqargan to’lqinlarning to’siqlardan qaytishiga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 44 qarab yo’lni topadi. Ultratovush yordamida bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikni aralashtirish mumkin. Ultratovushning Dopler effekti yordamida yurak klapanlari harakatining xarakterini o’rganadilar. Bu usulda qon oqimi tezligini o’lchash mumkin. Terapiya maqsadlarida 800 kGs chastotali ultratovushlar ishlatiladi. Ularning o’rtacha intensivligi 1 Vt/sm 2 . nurlovchi qism va teri orasiga biror suyuqlik (masalan: yog’) qo’yiladi, chunki hatto yupqa havo qatlami ultratovushning organizmga o’tishiga to’sqinlik qiladi. To’qimaga qilinadigan mexanikaviy va issiqlik ta’siri ultratovush terapiyasi asosida yotgan birlamchi mexanizmdir. Ultratovush jarroxlikda “skalpel” vazifasini bajaradi. Oddiy skalpeldan farqli o’laroq ultratovush skalpeli juda ingichka qirqsa, ikkinchidan ma’lum energiyali tovush qonsiz kesadi. Bir vaqtning o’zida ultratovush tikib (payvandlab) ketadi. Farmasevtikada dorilar tayyorlashda ishlatiladi, ya’ni suyuqliklar ichidagi jismlarni parchalab emulsiya hosil qiladi. Ultratovush ishtiro- kida tayyorlangan turli xil dorivorlar emulsiyalari o’pka kasali, yuqori nafas yo’llari katari, bronxial astma kabi kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda shikastlangan yoki transplantasiyalangan suyak to’qimalarini “payvandlash” ning yangi usuli (ultratovush ostiosintezi) yaratildi. Ultratovushning mikroorganizmlarga halokatli ta’siridan moddalarni sterilizasiya qilishda foydalanilmoqda. Ko’rlar uchun “Oriyentir” asbobi yaratilgan bo’lib u 10 metrgacha uzoqlikdagi jismlarni bilib olish va ularni qanday xarakterda ekanini aniqlash mumkin. Ultratovushning issiqlik ta’siridan o’simtalarni yemirishda ishlatiladi. Kichik intensivli ultratovushlar (1,5-3 Vt/sm 2 ) o’simliklarning o’sishiga yordam beradi, bronxial astma, radikulitni davolashda qo’llaniladi, katta intensivlikli ultratovush (30 Vt/sm 2 ) organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Veterinariya tibbiyotida ultratovush fonoforez usuli qo’llaniladi, ya’ni ultratovush yordamida qoramollarga terisi orqali ba’zi dorilarni kiritish (m: gidrokartizon, tetrosiklin va boshqalar) mumkin. Bu elektro-forrezga o’xshash, lekin elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan zarrachalar harakatlansa, ultratovush yordamida zaryadsiz zarrachalar ham harakatla-nadi. Ultratovush nurlantirishi fonoforez bilan birgalikda qoramol, echki, qo’ylardagi mastitni davolashda ishlatiladi. Tashxisda qoramol va otlarning homiladorligini aniqlash mumkin. Hattoki 25 kunligini aniqlash mumkin, 65 – 70 kunligini 100 foiz aniqlikda aytish mumkin. 1 soatda 200 qo’yning homiladorligini aniqlasa bo’ladi. Infratovush – bu chastotasi 16 Gs dan kichik bo’lgan elastik to’lqinlar-dan iborat. Lotinchadan infro- kichik ma’noni anglatadi. Infratovush atmosfera va dengiz shovqinlari tarkibida bo’ladi. Chaqmoq vaqtida, portlashda, to’plar otilganda, Yer qimirlashda paydo bo’ladi. Infratovush juda kam yutiladi, shu sababli u ancha uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Atmosferaning yuqori qatlamlarini o’rganish mumkin. Infratovush organizmning bir qator tizimlari funksional holatlariga yomon ta’sir ko’rsatadi. Masalan: charchash, bosh og’rig’i, uyquchanlik, jahl chiqishi va boshqalar paydo bo’ladi. Infratovushning organizmga birlamchi ta’sir ko’rsatish mexanizmi rezonans xarakterga ega. Xususiy tebranishlar chastotasi bilan tebranishga majbur etuvchi kuchlarning chastotasi bir- biriga yaqin bo’lganda rezonans hodisasi yuz beradi. Odam gavdasining xususiy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 45 tebranishlar chastotasi, gavdaning yotgan holatida 3 Gs, qorin bo’shlig’i uchun 3 – 4 Gs, turgan holda 5 -12 Gs, ko’krak qafasiniki 5 – 8 Gs bo’lib, bu infratovush chastotalariga mos keladi. Normal faoliyat ko’rsatish uchun shovqin ma’lum darajagacha bo’lishi kerak. Masalan: normal uxlash va aqliy mehnat uchun shovqin 30 dB dan past, ko’pchilik korxonalarda 55 dB dan yuqori bo’lmasligi kerak. Qishloq xo’jaligida mexanizasiya darajasining oshishi bilan shovqin ham ko’paydi. Masalan: MTZ – 50 traktori 5 m masofada 80 – 90 dB, KTU – 10 bilan birga 100 dB dan oshadi. Chorva binolarida ventilyatorlar ham kuchli shovqin chiqaradi. Masalan: SCh – 70 ventilyator 5 m masofada 85 dB shovqin hosil qiladi. Shovqinlar ko’plab jonivorlarning to’planishida ham yuzaga keladi. Masalan: parrandachilik fermalarida 95 dB gacha normadagi shovqin foydali hamdir, chunki juda sukunatda odam hatto o’zining yurak urishini ham eshitishi mumkin (kosmonavtlar). 110 dB shovqin vaqtincha eshitishni 10 – 15 % ga pasaytiradi. Infratovush, ultratovush va tovush intensivligi darajasini yashash joylarida, ishlab chiqarish va transportda kamaytirish gigiyenaning asosiy vazifasidir. Ba’zi moddalarda tovush tezligi quyidagicha; havoda 331m/s, suvda 1497 m/s, silliq to’qimada 1550 m/s, yog’ to’qimasida 1460 m/s, miyada 1520 m/s, suyagida 3660 m/s, jigar 1570 m/s, shishasimon jism 1530 m/s. Chastota qancha katta bo’lsa, tovush shuncha yuqori tonlarda qabul qilinadi. Masalan, ho’kizning marashi 50 Gs bo’lsa, pashshaning tovushi 10 kGs chastotaga mos keladi. Tovush to’lqinlari ikki muhit chegarasiga tushganda uning bir qismi qaytadi, ikkinchi qismi esa sinib, ikkinchi muhitga o’tadi. Masalan, suvga tushgan tovush to’lqinning atiga 0,12 foiz intensivligi suvga o’tadi, qolgan 99,88% esa qaytadi. Ilgarilari dengiz hayvonlari akustik signalizasiyaga ega emas deb qaralar edi. Keyingi tadqiqotlar dengiz hayvonlari o’zidan tovush to’lqinlari chiqarishi aniqlandi. Masalan, ular ov payti, xavf to’g’ilganda, urchish paytlarida akustik signallar chiqarishadi. Hozirgi davrda dengiz hayvonlari tovushlarning fonetikasi tuzilgan. Bu fonetika yordamida dengiz hayvonlari biologiyasini o’rganishda, baliqlar to’plamini topishda foydalaniladi. Demak, dengiz ham hayvonlarning tovush to’lqinlari bilan to’lgan, lekin odam uning tubiga tushib ham bu tovushlarni eshita olmaydi. Chunki odam qulog’i havoda eshitishga muljallangan. Suvning zichligi havonikidan 750 marta katta. Shunga qaramasdan baliqlar tovushlarni yaxshi eshitishadi. Bunga sabab suv zichligining va unda tovush tezligining kattaligidir. To’lqin moddada tarqalishida uning energiyasi modda zarralarini tebratishga sarf bo’ladi. Shu sababli to’lqin energiyasi masofa o’tishi bilan kamayadi, ya’ni so’nadi. Bu esa Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling