Biokimyo pmd


Oqsillarning tasnifi va nomenklaturasi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Oqsillarning tasnifi va nomenklaturasi
Oqsillarning tarkibi va strukturasi yetarli o‘rganilmaganligi sababli
ularning ayrim belgilariga qarab, ajratib olingan manbaiga qarab
nomlangan. Fizik-kimyoviy xossalariga, struktura va funksiyasiga qarab
oqsillar sinflanadi.
Oqsillar kimyoviy tarkibiga qarab ikki katta guruhga bo‘linadi:
Oddiy oqsillar.
Murakkab oqsillar.
Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tuzilgan bo‘ladi. Murakkab
oqsillar oqsil va oqsil bo‘lmagan qismlardan tashkil topgandir. Oqsil
bo‘lmagan qismini tuzilishiga qarab murakkab oqsillar nukleoproteinlar,
glikoproteinlar, lipoproteinlar, xromoproteinlar, metallproteinlarga
bo‘linadi. 
Oddiy oqsillarga gistonlar, prota’minlar, glyutelinlar,
albuminlar misol bo‘ladi.


35
Hozirgi vaqtda oqsillar biologik funksiyasiga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1. Katalitik funksiya. Barcha biologik katalizatorlar – fermentlar
– oqsil tabiatiga egadirlar. Hozirgi vaqtda 2100 dan ortiq fermentlar
ma’lumdir. Oqsillarning bu funksiyasi noyob bo‘lib, biologik
sistemalardagi kimyoviy reaksiyalar tezligini aniqlab beradi.
2. Ozuqa (rezerv) funksiya. Bu funksiyani rezerv oqsillar amalga
oshiradi, ular homilaning rivojlanishi uchun ozuqa manbai bo‘ladilar,
masalan tuxum oqsili (ovalbumin) bunga misol bo‘ladi. Sutning asosiy
oqsili kazein ham ozuqa vazifasini bajaradi. Boshqa qator oqsillardan,
shubhasiz, organizm aminokislota manbai sifatida foydalanadi, ular o‘z
navbatida modda almashinish jarayonini boshqaruvchi biologik faol
moddalarning o‘tmishdoshi hisoblanadilar.
3. Transport funksiyasi. Qonning nafas funksiyasi, xususan
kislorodning tashilishi eritrotsitlar oqsili gemoglobin molekulasi
yordamida amalga oshiriladi. Lipidlarning tashilishida qon zardobining
albumin oqsillari ishtirok etadilar. Boshqa qon zardobi oqsillari yog‘lar,
mis, temir, tiroksin, vitamin A bilan kompleks hosil qiladilar va ularni
nishon-a’zolarga yetkazib berilishlarini ta’minlaydilar.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling