Biokimyo pmd
Tripsinogen———————- → tripsin
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik enzimologiya Klinik enzimologiya quyidagi 3 yo‘nalishda rivojlanadi: 1. Enzimopatologiya. 2. Enzimodiagnostika. 3. Enzimoterapiya. Enzimopatologiya.
Tripsinogen———————-
→ tripsin + geksapeptid 229 aminokislota qoldig‘i 223 aminokislota qoldig‘i Polipeptid zanjirning ma’lum qismi ajratilgandan keyin uning fazoviy strukturasi o‘zgaradi va faol markazi shakllanadi, ya’ni faol bo‘lmagan o‘tmishdosh faol tripsin fermentiga aylanadi. Ba’zi holatlarda qisman proteolizning ketma-ket ketuvchi shalola reaksiyalari sodir bo‘ladi. Faollashgan ferment o‘z navbatida keyingi fermentning faolligini oshiradi va hk. Masalan: qon ivishi bir qator fermentlarning faollanishi shalola mexanizmi asosida sodir bo‘ladi, oxirgi ferment qon plazmasining eruvchi oqsili fibrinogenni erimaydigan oqsil fibringa aylantiradi. 129 Qisman proteoliz orqali ferment faolligining boshqarilishi proteolitik fermentlar (peptidgidrolaza) uchun xosdir. Peptidgidrolazalarning substratlari bo‘lgan oqsillar faollanib ketsa hujayraga zarar keltirishlari mumkin. Shuning uchun, evolyutsiya davomida proteolitik fermentlarni faol bo‘lmagan holda bo‘lishi, hujayrada saqlanishi va kerak bo‘lgan holda faollanish mexanizmi ishlab chiqilgan. Klinik enzimologiya Klinik enzimologiya quyidagi 3 yo‘nalishda rivojlanadi: 1. Enzimopatologiya. 2. Enzimodiagnostika. 3. Enzimoterapiya. Enzimopatologiya. Ko‘pchilik kasalliklarning rivojlanish mexanizmi to‘qima va a’zolarda fermentlar faolligining o‘zgarishiga asoslangandir. Ma’lum guruh kasalliklar borki, ularda organizmning normal ferment statusi o‘zgargan bo‘ladi. Kasalliklarda fermentlar faolligining o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 1. Fermentativ jarayon ayrim zvenolarining konstitutsional pasayishi (irsiy enzimopatiyalar) natijasida fermentlar sintezining yo‘qolishi. 2. Fermentlar biosintezini pasaytiruvchi toksik omillar. 3. Alimentar omillar (vitamin, oqsil, mikroelementlarning yetishmasligi, ovqat ratsionida o‘zgarishlar). 4. Fermentativ jarayonlarning hujayra ichida sodir bo‘lishining buzilishi. Enzimopatologiya o‘z ichiga inson patologiyalarining deyarli barchasini oladi, chunki fermentativ o‘zgarishlar bo‘lmagan kasalliklarni mumkinligini tasavvur etish qiyin. Enzimopatologiya nuqtai nazaridan patologik jarayonning kelib chiqishini quyidagicha tasavvur etish mumkin: kasallikni vujudga keltiruvchi etiologik omil, bir yoki bir necha ferment sistemalarining ishini izdan chiqaradi. Tegishli modda almashinuv jarayonlarining kechishi to‘xtaydi, natijada o‘ziga xos simptomga ega bo‘lgan kasallik vujudga keladi. Yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik patologiya, diabet, homiladorlar toksikozi, asab kasalliklari patogenezida a’zo va to‘qimalardagi oqsil, nuklein kislota, uglevod, lipid, aminokislotalar 130 biokimyoviy o‘zgarishlarining yemirilib borishi isbotlangan. Pankreatit, kuyish travmasi, nefroz, allergik va boshqa kasalliklarda kallikrein – kinin sistemasi funksiyasining buzilishi aniqlangan. Enzimopatologiyani tekshirish bo‘yicha ishlar kengaymoqda, xususan patologik holatlarda fermentlar faolligi va sintezini boshqarishning o‘ziga xos tomonlari o‘rganilmoqda: Etiologik omil ↓ Ferment sistemalari ishining buzilishi ↓ Metabolik yo‘llarning bloklanishi ↓ Kasallikning rivojlanishi Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling