Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermentodiagnostika.
Irsiy enzimopatiyalar. Hozirgi vaqtda 500 dan ortiq ferment yoki
izofermentlarning genetik sintezlanishi buzilishi natijasida vujudga kelgan modda almashinuvining buzilishi bilan boradigan kasalliklar ma’lumdir. Bularga qon kasalliklari, gemolitik anemiya, koagulyatsiya va fibrinolizning buzilishi, uglevod, oqsil, aminokislota almashinuvining buzilishi kiradi. Enzimopatiyalar ichida asosiy o‘rinni to‘planish kasalliklari egallaydi, ular lizosomal fermentlarning yetishmasligi yoki kam sintezlanishi natijasida vujudga keladi (masalan: glikogenoz 1.4 – glyukozidaza fermentining yetishmasligi sababli, Farbi kasalligi – α- galaktozidaza fermentining yo‘qligidan va boshqalar). Bu kasalliklar umumlashtirilib, lizosomal kasalliklar deb ataladi. Fermentodiagnostika. Qonni plazmasida kasalliklarni tashxis qilish maqsadida fermentlarni aniqlash. Qon plazmasining ferment tarkibi sog‘lom organizmda doimiy bo‘lib, ayrim patologik holatlarning vujudga kelishida sezgir va nozik indikator hisoblanadi. Turli holatlarda kuzatiladi: · Giperfermentemiya. · Gipofermentemiya. · Disfermentemiya. Tashxisning fermentativ usullari tibbiyotda ishonchli vositalardan hisoblanadi va shifokorga, qiyin holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi. 131 Fermentativ tahlil o‘ta nozik jarayon bo‘lib, boshqa diagnostik testlardan qolishmaydi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda qon plazmasidagi fermentlarning faolligini aniqlashda, kasalliklarga tashxis qo‘yishda keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda fermentativ tahlil avtomatlashtirilgan va maxsus apparatlarda o‘tkaziladi. Bunday apparatlarga «Texnikon», «Lab – sistema» va boshqalar kirib, ular orqali bir ish kuni davomida ikki yuzga yaqin kasallikni aniqlash mumkin. Tashxisning fermentativ usullari boshqa tashxis usullaridan farqli ravishda spetsifik bo‘lib, kasallikning turli bosqichlarida foydalaniladi. Bu usullar quyidagi afzalliklarga egadirlar: qondagi ferment spektorlarining yuqori darajadagi a’zoga nisbatan spetsifikligi. Qonda qator fermentlar faolligining ortishi hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarning og‘ir jarohatlanishi, hujayralarning halok bo‘lishi, membranalar o‘tkazuvchanligining buzilishi haqida xabar berishi mumkin. Bunday fermentlarga kiradi: LDG, β-oksibutiratDG, izotsitratDG, MDG, α-glitseratdegidrogenaza, fosfogeksoizomeraza, 1,6 – fruktozodifosfataza, AST, ALT va boshqalar. Hozirgi vaqtda ayrim kasalliklarning ishonchli ferment simptomlarini aniqlashga keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: o‘tkir gepatitlar AST va ALTlarnin faolligi oshishi bilan xarakterlanadi. Mexanik (obturatsion) sariqlik uchun ishqoriy fosfataza, aminotransferazalar faolligining oshishi xosdir. Qonda fermentlar faolligini aniqlash differensial-diagnostik ahamiyatga egadir. Fermentodiagnostika yordamida infarkt miokard yurak faoliyati funksional o‘zgarishlaridan farqlanadi. Yurak infarkt miokardi uchun LDG, AST, izotsitrat–DG, 1,6 – fruktozo–difosfataldolaza va kreatinkinazalar faolligining oshishi xarakterlidir. Ferment testlarining izofermentlarini aniqlash orqali tashxis qiymatini oshirish mumkin. Qon va orqa miya suyuqligida glikoliz, aminokislota almashinuvi fermentlarini aniqlash, o‘simtalar bilan jarohatlanishning tashxis imkoniyatlarini kengaytiradi va biopsiya materialida biokimyoviy o‘zgarishlarni topish morfologik o‘zgarishlardan avval vujudga kelishini hisobga olganda bu kasalliklarga barvaqt tashxis qilishga imkoni tug‘iladi. Turli kelib chiqish sabablariga ega bo‘lgan leykozlarni tashxis qilishda purin nukleotidlari almashinuvida ishtirok etadigan adenaza fermentining faolligi trombotsitlarda aniqlanadi. Ushbu ferment sog‘lom odamlar trombotsitida bo‘lmaydi va faqat leykozdagina mavjuddir. Bu test kasallikni boshlang‘ich davrida aniqlashga imkon beradi va o‘z 132 vaqtida davolashni o‘tkazish mumkin. Davolashning samaradorligini ham trombotsitlarda adenazaning faolligini aniqlash orqali ko‘rish mumkin. Davolash yaxshi natija bersa fermentning faolligi sezilarli darajada pasayadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling