Biokimyo pmd


Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish. Oqsillarni fosforlovchi
fermentlar proteinkinazalar faolligining ingibitorlari bilan
boshqarilishning muhim misollaridan hisoblanadi. Proteinkinaza faol
shaklda bitta polipeptid zanjirdan iborat (C subbirlik). Hujayrada C oqsil
bilan birika oladigan oqsil mavjud (R subbirlik). Hosil bo‘lgan tetramer
R
2
C

kompleks fermentativ faollikka ega emas. Fermentning faollanishi
sAMF ishtirokida boradi. R subbirlik yuzasida sAMFni bog‘lovchi
markaz bor: sAMF bog‘langandan keyin oqsilning konformatsiyasi
o‘zgaradi va R subbirlikning C subbirlikka mos kelishi pasayadi,
kompleks dissotsiatsiyaga uchraydi:
R
2
C
2
 + 2sAMF 
 R
2s
 AMF
2
 + 2C
Bu jarayon qaytar bo‘lganligi sababli, hujayrada sAMF miqdorining
ortishi proteinkinazaning faollanishiga olib keladi. Bu jarayonning
pasayishi esa – ingibirlanishni vujudga keltiradi.
Proteolitik fermentlarning oqsil ingibitorlari keng tarqalgan. Bu
ingibitorlarning funksiyasi – organizm to‘qima va suyuqliklarida
oqsillarning barvaqt parchalanishining oldini olish hisoblanadi.
Xususan, qon plazmasidagi proteinazalarning oqsil ingibitorlari
fiziologik faol peptid, qon ivishi, qon laxtalarining erishi kabi
jarayonlarni boshqarishda qatnashadilar. Oqsil effektorlarining ta’sir
mexanizmi ferment konformatsiyasining o‘zgarishi hamda metabolitlar
bilan allosterik boshqarishdagi kabi bo‘lishi mumkin.
Fermentlar faolligining fosforillanish – defosforillanish yo‘li bilan
boshqarilishi. Proteinkinazalar oqsillarning fosforillanishini
katalizlaydilar. Fosforillanuvchi oqsillar ham ferment bo‘lsalar, unda
fosforillanish natijasida ba’zi fermentlarning faolligi pasayadi, ba’zi
fermentlarning faolligi ortadi. Masalan, yog‘ to‘qimasi hujayralarida ikki
xil shaklda uchraydigan lipaza fermenti bor. Bu shakllar bir-biriga o‘tib
turishi mumkin. Fosfoprotein proteinkinaza ta’siri natijasida hosil bo‘ladi:


128

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling