IX BOB
BIOLOGIK OKSIDLANISH
Biologik oksidlanish to‘g‘risida tushuncha
Biologik oqsidlanish yoki to‘qima nafas olishi deb to‘qimalarda
organik moddalarni kislorod ishtirokida parchalanishi va karbonat
angidridining ajralishiga aytiladi. Bunday
oksidlanish jarayonida
energiya ajralib chiqadi va o‘z tabiatiga ko‘ra ekzergonik jarayon
hisoblanadi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra biologik oksidlanish va yonish bir xil
jarayondir, chunki 1 molekula
glyukozani yonishida ham, oksidlanishi
ham karbonat angidridi, suv va 686 kkal energiya ajralib chiqadi:
C
6
H
6
O
12
+ 6O
2
= 6CO
2
+ 6H
2
O + 686kkal
Ammo yonish jarayonidan farqli o‘laroq,
biologik oksidlanish past
haroratda, alangasiz va suv ishtirokida yuz beradi. Shuni aytish joizki,
O
2
inert gaz bo‘lib reaksiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishmaydi. Bu jarayon
mexanizmini yoritib berishda bir necha nazariyalar yaratilgan:
1. Baxning perekisli nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra
yengil
oksidlanuvchi moddalar ta’sirida kislorod molekulasining ikkala bog‘i
emas, balki bitta bog‘i uziladi, so‘ngra kislorod molekulasi o‘sha modda
bilan birikib, oraliq mahsulot sifatida peroksid hosil bo‘ladi. Bu esa
peroksidaza fermenti ta’sirida parchalanadi,
ajralib chiqqan kislorod
oksidlanuvchi substrat bilan birikadi va oksidlangan modda hosil
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: