Biokimyo pmd


Piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar. NAD va NADF
ularning kofermenti hisoblanadi. Bu kofermentlar tarkibiga vitamin PP
hosilasi – nikotinamid kiradi. Tuzilishi jihatdan NAD va NADF


185
dinukleotid hisoblanadi. Ular nikotianamid va adenilat kislotadan tashkil
topgan. NADF, NADdan farqli ravishda adeninnukleotid ribozasining
uchinchi uglerod atomida qo‘shimcha fosfat kislota qoldig‘ini oladi.
Bu kofermentlar ko‘pchilik oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda
ishtirok etadi. Bunda substratdan ajralib chiqayotgan 2 ta vodorod
atomining bittasi to‘liq nikotinamid tarkibiga kirib, ikkinchisi esa
vodorod ioni sifatida muhitga o‘tadi.
Hujayrada NAD miqdori NADFga nisbatan ko‘pdir. Uning taxminan
60% mitoxondriyada, 40% esa sitoplazmadadir. NADga bog‘liq bo‘lgan
degidrogenazalar asosan mitoxondriyalardagi nafas olish zanjirida
proton va elektronlar tashilishida ishtirok etadi va aerob
degidrogenazalar hisoblanadi. NADF ko‘proq sitoplazmadadir va unga
bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar proton va elektronlarni biosintetik
reaksiyalarda tashiydi hamda anaerob degidrogenazalar hisoblanadi.
Ko‘pchilik piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar ikki valentli
metall ionlari bilan kuchli bog‘langandirlar. Ular kofermentni
apoferment bilan bog‘lanishini ta’minlaydilar.
Flavinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar prostetik gruppa sifatida
FAD yoki FMN tutishadi. Ularning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib vitamin
B
2
– riboflavin hisoblanadi. Piridinga bog‘liq bo‘lgan
degidrogenazalardan farqli o‘laroq, flavinga bog‘liq bo‘lgan
degidrogenazalar bir va undan ko‘p FAD va FMN tutadilar, oqsil qismi
bilan kuchli bog‘langandir va murakkab oqsil – flavoproteidni hosil
qiladi.
Ubixinon yoki koenzim Q mitoxondriyalarning lipid qismidan ajratib
olingan bo‘lib xinon halqasi va uzun izoprenoid zanjiridan iborat. FAD
va FMNdan proton va elektronlar oldin semixinon radikalini hosil qiladi,
so‘ng esa ikkinchi elektronni qo‘shib olib to‘liq qaytarilgan shaklga
o‘tadi. Ubixinondan elektronlar sitoxromlarga o‘tkaziladi, protonlar esa
tashqi muhitga o‘tadi.
Sitoxromlar. Hayvonlar va o‘simliklar mitoxondriyalarining ichki
membranasida 5 xil sitoxromlar bor: b, c, c
1
, a
1
va a
3
, tashqi
membranasida - b5, endoplazmatik to‘rda esa b
5
va P
450
. Barcha
sitoxromlar gemoglobin va mioglobinga o‘xshash temir-porfirin
prostetik gruppasini tutadi. Ammo ulardan farqli sitoxromlarning
funksional faol holati, temir valentligining qaytar o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir. Shu asosda ular nafas olish zanjirida elektronlar tashiydilar.
Boshqa sitoxromlardan farqli ravishda sitoxrom C mitoxondriyalar ichki


186
membranasining tashqi tomonida joylashgan. Sitoxromoksidaza 2
molekula sitoxrom a1, 4 molekula sitoxrom a3 va 2 atom mis tutadi.
Sitoxromoksidaza yog‘ tutuvchi gemoproteid hisoblanadi va
elektronlarni kislorodga uzatadi hamda o‘z-o‘zini oksidlash xususiyatiga
egadir.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling